Vatan Sarhadlar-Dars Ishanmasi

You might also like

Download as docx, pdf, or txt
Download as docx, pdf, or txt
You are on page 1of 4

Zarafshon shahar

1-XTChO`I maktabi
O`zbek tili fani o`qituvchisi
Rahmatova Gavhar Abdullayevnaning
7-,,B”sinf uchun ,,Vatan sarhadlari”
(Qo‘shma va juft ravishlarning yasalishi va imlosi)
mavzusidagi bir soatlik
ochiq dars ishlanmasi.
Sinf: 7-,,B” Sana: __________________________
Mavzu: ,,Vatan sarhadlari”
(Qo`shma va juft ravishlarning yasalishi va imlosi)
Dars maqsadi: O’quvchilarga bilim berish
a) ta’limiy: o`quvchilarga qo`shma va juft ravishlari, ulаrning yasаlishi vа imlоsi
haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy: O’quvchilarni ona Vatanga bo`lgan mehrini oshirish, ularga turli
maskanlar haqida tushunchalar berib qiziqishlarini oshirish, ilm-fanga bo`lgan
intilishlarini shakllantirish:
s) rivojlantiruvchi: O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish, fikrlash
doirasini kengaytirish,o`zbek tilida sof va ravon gapirishga o`rgatish;
Tayanch kompetensiyalar: O`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi:o`zini jismoniy va
ma’naviy,ruhiy rivojlantirish, o`qib o`rganishda turli to`garaklarga
qatnashishi,qiziqishiga ko`ra o`zini namoyon qila olishi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab
topa olish,saralash,qayta ishlash,saqlash,ulardan samaralifoydalana olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:jamiyatda bo`layotgan voqea hodisalarga
dahldorlikni his qilish va ularda faol ishtirok etish;
Dars turi; yangi bilim beruvchi.
Dars jihozi:darslik,mavzuga oid plakatlar,slayd,tarqatma materiallar,rasmlar,
Darsning uslubi: Interfaol usullar, “aqliy hujum”, “guruhlarda ishlash”.
Darsdan kutiladigan BKM natijalari.O’quvchilar qo`shma va juft ravishlari, ulаrning
yasаlishi vа imlоsi haqida nazariy ma’lumotga ega bo’ladi;ularni qo’llash ko’nikmalari
hosil bo’ladi;ularda ona Vatanni sevish va mehr uyg’onadi;ularning ilmga intilishi
oshadi, qo`shma va juft ravishlarini turli nutqiy vaziyatlarda ifodalash malakasi
shakllanadi.
1 Tashkiliy qism.Uyga vazifa so`rash 15 daqiqa

2 Yangi mavzu bayoni.Nutqiy va grammatik mavzuni 5 daqiqa


tushuntirish.
3 Mustahkamlash. 20 daqiqa
4 Baholash. 3 daqiqa
5 Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:o`quvchilar bilan salomlashish ,sinf tozaligiga e’tibor berish,davomatni
aniqlash:o`quvchilarni guruhlarda ishlashga moslash.(o`quvchilarni ikki guruhga ajratish)
Guruhlarni ,,Ona yurt” va ,,Ona Vatan” deb nomlab olamiz.
Uyga vazifa so`rash ,,Vatan”she’ri
Vatan, sensiz netardim men? Onam, dedim, bolang bo‘ldim,
Devonaday ketardim men. Ko‘ksingda oh, nolang bo‘ldim.
Gulzoridan ayro bulbul Muhabbating tuyib jondan
Kabi faryod etardim men. Bu dunyoda odam bo‘ldim.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Vatan tuyg‘usi nimalarda namоyon bo‘ladi?
2. Nima uchun Vatanni „Ona-Vatan“ deb ataymiz?
3. Vatan himoyasi yo‘lida jasorat ko‘rsatgan qaysi qahramonlarni bilasiz?
Yangi nutqiy mavzu bayoni
O‘zbekiston sarhadlari
O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyoning markaziy qismida, asosan, Amudaryo
va Sirdaryo oralig‘idagi keng maydonni egallagan. O‘zbekiston beshta qo‘shni davlat —
shimoli sharqda Qirg‘iziston, shimolda va shimoli g‘arbda Qozog‘iston, janubi g‘arbda
Turkmaniston, janubi sharqda Tojikiston, janubda ozroq masofada Afg‘oniston bilan
chegaradosh. Chegaralarimizning umumiy uzunligi 6221 km. Mamlakatning eng chekka
joylari: shimolda — Ustyurt va Orol dengizining g‘arbiy qirg‘og‘i, janubda — Termiz
shahri, sharqda — Farg‘ona vodiysi. Respublika hududi janubi sharqdan shimoli g‘arbga
cho‘zilgan va Orol dengizi tomon nishablashib borgan.
2- topshiriq. Savollarga javob bering.
1. O‘zbekiston qayerda joylashgan?
2. Qadimda Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i qanday atalgan?
3. Mamlakatimiz hududida qanday daryolar, cho‘llar va tog‘lar bor?
4. Respublikamizda nechta viloyat va qanday vodiylar bor?
Grammatik mavzu bayoni:
BILIB OLING. Ravishlar birdan ortiq asosdan tuzilib, qo‘shma, juft va takroriy
bo‘lishi mumkin. Qo‘shma ravishlar, asosan, ikki so‘zdan yasaladi va qo‘shib yoki
ajratib yoziladi.
Qo‘shib yoziladigan ravishlar Ajratib yoziladigan ravishlar
allaqachon har doim
biryo‘la hamma yoq
qaytarzda o‘sha yer
Mustahkamlash: 2- mashq. Berilgan ravishlarni qo‘shib yoki ajratib yozilishiga ko‘ra
guruhlariga bo‘lib ko‘chiring.Guruhlarda ishlash.
Qo‘shib yoziladigan ravishlar: Ajratib yoziladigan ravishlar:
Bugun, mardona, qo‘qqisdan, ertalab, bu yoqqa, o‘sha joy, hamma yoq,
nihoyatda, qahramonlarcha, ozgina, o‘tgan yili,
ertaga, ohista, ataylab, birdaniga,
uzoq, keyin, piyoda, yuqorida.
3- mashq. Birinchi qatorda berilgan so‘zlarga ikkinchi qatordagi so‘zlardan mosini
qo‘shib, qo‘shma ravishlar hosil qiling.Guruhlarda ishlash.
1. alla, o‘sha, hamma, bir, bir, hech, shu, har.
2. yoqda, pas, kuni, yerda, qachon, darajada, doim, oz.
Masalan: allaqachon, o`shayoqda, hammayoqda, bir kuni, bir pas, hechqachon, har
doim, shu darajada, biroz, har qachon
4- mashq. Nuqtalar o‘rniga foydalanish uchun berilgan ravishlardan mosini qo‘ying va
imlo qoidalari asosida yozing. Taxtada ishlash.
1. Feruza ... ozoda yuradi. 2. Qish keldi, ... oppoq qorga burkandi. 3. ...ni qilma orzu, ...da
bor tosh-u tarozi. 4 . Do‘stlarim bilan ... uchrashishga kelishib oldik. 5. Maktabda ...
darslar boshlangan. 6. ... qushning sayrog‘i eshitiladi. 7. ... ozoda, saranjom-sarishta.
8. Kelishingda ... yuklaringni ham olib kel. 9. ... musiqa sadolari eshitiladi.
Foydalanish uchun so‘zlar: allaqachon, hamma yer, shu joy, allaqayerdan, har yoqdan,
hamma vaqt, hamma yoq, biryo‘la, har yer.
Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni va guruhni baholash:
Uyga vazifa: Adabiy o`qish. Movarounnahr matnini o`qib gapirib berish.
Vatan haqidagi maqollardan 3 tasini yozing, ma’nosini tushuntiring.

You might also like