Download as pdf or txt
Download as pdf or txt
You are on page 1of 11

снетакчш

FARZANDGA
MAKTUBLAR

TO SH K EN T
«O'ZBEK ISTON »
2016
UO‘K: 821.512.133
КВК 87.7
Ch-48

Ruschadan Qodirjon Nosirov tarjimasi

Taqrizchilar:
S. S aydaliyev — Namangan davlat universiteti
nemis va fransuz tillari kafedrasi dotsenti;
S. M isirov — Namangan davlat universiteti ingliz tili
kafedrasi dotsenti, filologiya fakulteti dekani.

C h este rfild
Ch-48 Farzandga m aktublar. Adabiy-badiiy nashr /
Chesterfild. - Toshkent: «O'zbekiston» NMIU,
2016. - 112 b.
ISBN 978-9943-28-567-5
Chesterfild (Filip Dormer Stenxop) 1694—1773-yil-
larda yashagan taniqli ingliz davlat arbobi, diplomat,
ayni paytda, o'tkirqalam yozuvchi bo‘lgan. Uning axloq-
odobga oid satirik ruhda yozilgan esselari XVIII asr
o'rtalarida jurnallarda tez-tez chop etilib turgan. Ches-
terfildning «Farzandga maktublar»i zamon kishisining
qiyofasini ochib berish bilan bir qatorda, haqiqiy vatan
o‘g‘loni, davlat xizmatiga, chunonchi, diplomatiyaga
o'zini tayyorlamoqchi bo'lgan yosh inson qanday xis-
latlarni o'zida mujassamlashtirishi kerak, degan savolga
javob berishga qaratilgan.
U O ‘K: 821.512.133
KBK 87.7

ISBN 978-9943-28-567-5
© Q. Nosirov (tarj.), 2016
© «O'ZBEKISTON» NMIU, 2016
C H E S T E R F IL D V A U N IN G A D A B IY
M E R O SI H A Q ID A

«Maktublar» muallifning o‘z fikr-g‘oyalarini ifo-


da etishi uchun qo'llanilgan an’anaviy adabiy usul
emas. Ular Chesterfildning uzoq o‘lkada yashayot-
gan o‘g‘liga yo'llagan haqiqiy maktublari bo'lib,
qariyb 30 yillik davrni o‘z ichiga qamrab oladi.
Zamonasining yetuk ziyolisi, faylasuf olim va siyo-
siy arbob o‘z jigarbandiga uning tarbiyasi, kelajagi
haqida qayg'urib yo'llab kelgan 400 dan ortiq
sermazmun noma bitib yo‘llaganki, ular, shubha-
siz, umuminsoniy qadriyatlarning yorqin ifodasidir.
Nomalar muallifning nozik did, yuksak badiiy
iste’dod sohibi, teran bilim va boy hayotiy tajriba
egasi ekanligidan darak beradi.
Aytish lozimki, dastlabki maktublar bitilgan payt-
da uning farzandi sakkiz yoshda bo'lgan. Otaning,
bizning nazarimizda, hali bu qadar yosh bo'lgan
o‘g ‘ilga shu paytdan uqtira boshlagan hayot o'gitlari
va ko‘hna tarixga murojaatlari m a’rifatparvar inson
o‘z zurriyodi taqdiriga naqadar jiddiy qaraganidan
dalolatdir.
O lz farzandlarining tarbiyasiga atab risolalar bi-
tish an’anasi M ag‘rib-u Mashriqda azaldan ma’lum,
bu holatni yangi davrda ham uchratishimiz mumkin.
Jumladan, Vladimir Monomax, Abdurahmon Jomiy,
Javaxarla’l Neru asarlari buning yorqin namunalari-
dir. Chesterfildning maktublari ham jahon adabiyoti
tarixida o‘z o‘rniga ega. Ular Yevropaning deyarli
barcha tillarida qayta-qayta nashr etilgan. Muallif
3
esa nafaqat zabardast yozuvchi, balki, ayni payt-
da, buyuk pedagog deb ham e’tirof etiladi. Buyuk
yozuvchi Volterning e ’tiroficha, tarbiya mavzusida
Chesterfildning «Maktublar»iga teng keladigan asar
yo‘q-
«Farzandga maktublar» ruscha nashrdan Qo-
dirjon Nosirov tomonidan o'zbek tiliga o'girildi
(Честерфилд. Письма к сыну. Серия «Литера­
турные памятники». Издательство «Наука», Ле­
нинград, 1971.). Tarjimalar 1994-yildan boshlab
turli gazetalarda e ’lon qilina boshlagan; keyinchalik
«Jahon adabiyoti» jurnalida chop etilgan (2004,
№3); 2008-yilda Cho'lpon nomidagi nashriyot-mat-
baa ijodiy uyida alohida kitob shaklida chop etilgan
va undan 29 noma o‘rin olgan. Navbatdagi nashr
uchun esa maktublar soni 40 taga yetkazildi.
I
Tenbridj, 1739-yil 15-iyul
Aziz bolajonim.
Mening sog‘lig‘im haqida qayg'urayotganingdan
minnatdorman. Anchadan beri o‘zim haqimda darak
bermaganim sababi - muolajalarning ko'pligidan
vaqt topolmadim. Salomatligim hozir ancha durust,
shuning uchun yana bir oy shu suvda qolmoqchiman.
Janob Zamboni bu yerda seni shunchalar maqtay-
diki, azbaroyi xudo, men o‘zimni ba’zan noqulay
his etaman. Senga maslahatim: doimo shunday
maqtovlarga loyiq bo'lishga harakat qil. Ammo
yodingda bo'lsin, ortiqcha noo‘rin maqtov - bu odam
ustidan kulishning bir usuliki, buning otini kinoya
deydilar. Bunda gapiruvchi doimo maqtovning bu-
tunlay aksini nazarda tutadi. Ayni paytda uni yolg'on
gapiryapti, deb ham bo'lmaydi, chunki sen haqingda
aytayotgan fikrlarining aksini o'ylayotgani aniq. Ay-
taylik, bir qallob, firibgar odamni vijdonli, andishali
yoki g‘irt nodonni aqlli, qobiliyatli deb maqtasa, bu
bilan mazax qilinayotganini tushunib olish qiyin
emas. Bordi-yu, men seni: «O'qiyotgan kitoblarini
doimo miyasiga jo qilib oladi, aytganlarni darrov
ilib oladi», deb maqtagudek bo'lsam, nahotki, sen
shu bilan ustingdan kulayotganimni fahmlamasang?
Shuning uchun doimo seni maqtay boshlashsa,
darrov o‘ylab ko'rgin: sen shu maqtovga loyiqmisan
yoki yo‘q? Bundan buyon yurish-turishingni tuzatib
olishga, hech qanday kinoyaga o‘rin qoldirmaslikka
harakat qil. Xayr.
7
II
1739-yil 20-noyabr
Aziz bolajonim.
Sen Rim tarixini o'rganyapsan; bunga jiddiy
yondashayotgan bo‘lsang kerak, deb umid qila-
man. Tarixni o‘rganishdan maqsad nima, dersan?
Maqsad - o‘tmish kishilarining yaxshi fazilatlari-
yu kamchiliklarini bilib o‘rganib, bundan o‘zimiz
uchun tegishli xulosa chiqarishdir. Tarix bizni ezgu-
likka chorlaydi, savob ishlarga undaydi. Tarixni
o'rganar ekanmiz, buyuk insonlar yaxshi fazilatlari
tufayli hayotliklaridayoq xalqning yuksak hurmati-
ga sazovor bo‘lganliklari, keyingi avlodlar esa bun-
day insonlar xotirasini e’zozlaganliklarining shohidi
bo'lamiz. El nazari tushgan insonlarninggina yodi
bizgacha yetib kelgan.
Ayniqsa, Rim tarixida oliyjanoblik, ulug'vorlik,
qalbi poklikka misollar ko‘p. U o‘lkada konsullar
va diktatorlar (ular oliy hukmdorlarini shunday deb
ataganlarini sen yaxshi bilasan) yer haydab tirik-
chilik qilishni o'zlariga or bilmasdilar va bu hech
kimni ajablantirmasdi. Omochni qo‘yib, qo‘lga
shamshir olib, dushman ustiga qo'shin tortishgan,
g'alabadan so‘ng esa yana zaminni ishlagani qay-
tib, kamtarona hayot kechiraverishgan. Va bu ish-
lari ularga jangovar g ‘alabalardan ziyoda shuhrat
keltirgan. Ko'plab buyuklar shunaqa oddiy tur-
mush kechirishganki, vafotlaridan so‘ng ularni
davlat hisobidan dafn etishga to‘g ‘ri kelardi. O lta
muhtojlikda yashayotgan bo'lishiga qaramay, Kuriy
samnit qabilasi vakillari unga in’om qilmoqchi
bo'lgan katta miqdordagi pulni olishdan bosh tortadi.
Chunki puldan ko‘ra puldorlar ustidan hukmdor
bo'lishni afzalroq ko'radi. Bu haqda Sitseron ham
hikoya qiladi: «O'choq oldida o'tirgan Kuriyga sam-
nitlar talay oltin tortiq qilmoqchi bo'lishganda u
rad etgan, chunki uning ta ’biricha, katta oltinga
ega bo'lishdan oltini borlar ustidan hukm surish
huzurliroqdir».
8
Rim qo'shinlarini ko‘p marotaba zafarli yurishlarga
olib borgan Fabritsiyning huzuriga kelgan kishilar bu
buyuk inson o‘zi tomorqasida yetishtirgan ko'katlar
va ildizlar bilan tamaddi qilib o'tirganini ко‘rib, lol
qolishgan ekan. Seneka bu haqda shunday yozadi:
«Shavkatli qariya Fabritsiy o‘chog‘i oldida o'tirib, o‘z
qo‘li bilan kavlab olgan ildizlarni yeb o'tirardi».
Ssipion Ispaniyada g‘alaba qozongan paytda unga
qo‘lga tushgan asirlar orasida go'zallikda benazir
malika ham borligini va u bir aslzoda vatandoshiga
unashtirib q o ‘y i l g a n ekanligini aytishadi. Ssipion
asiraga xuddi o‘z uyidagiday sharoitlarni yaratib
beradi, so‘ng uning qallig'ini toptirib kelib, malikani
unga to‘y qilib uzatadi. Qizning otasi farzandini
qutqarish evaziga jo'natgan pulni esa kelin sepiga
qo'shib q o 'y a d i . Bu haqda Valeriy Maksim shunday
deb yozgan: «Olzi ham hali yosh, bo‘ydoq, buning
ustiga g'olib bo‘la turib, go'zallikda tanho qizning
sha’niga dog‘ tushirmagan holda uni ota-onasiga va
qallig‘i qo‘liga topshirdi».
Shu emasmi o'zini tuta bilishlik, beqiyos
oliyjanoblik belgisi? Bu bilan u butun ispan xalqining
mehrini qozongan. Liviyning yozishicha, Ssipion
haqida ispaniyaliklar shunday deyishgan ekan: «U
yigit tangrining o‘zi-ya. U bizni qurol kuchi bilan-
gina emas, o‘zining saxovatliligi, oliyhimmatliligi
bilan ham zabt etdi».
Mana senga ezgulik uchun mukofot. Obro‘-
e ’tiborli bo‘lmoqchi bo‘lsang, mana shunday in-
sonlarga, ularning ishlariga taqlid qilishing lozim.
Va bu baxtli bo'lishning birdan bir yo‘li! Xayr.

I ll
Chorshanba (sana ko‘rsatilmagan)
Aziz bolajonim.
Yakshanba kuni janob Bodennikida sen o'zingni
shunday yaxshi tutdingki, buning uchun seni
9
maqtab q o 'y i s h n i lozim topdim. Ayni paytda senga
xushmuomalalik haqida bir-ikkita saboq berib
qo'yrnoqchiman, sen ularga rioya qilishing kerak.
Yodingda bo'lsin, o'qimishli bo‘lish bilan bir paytda
lutfkorlik, ulug‘vorlik ham hurmat-e’tibor qozonish
borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Oliyjanoblik,
iqtidorlilik, albatta, eng muhim fazilatlardir. Afsus,
o'zlarida bunday xislatlar yo‘q kimsalar buning
qadriga yetishmaydi. Hamma-hamma insondagi ik-
kinchi darajali xislatlarni, chunonchi, shirinsuxan-
lik, iltifotlilik, hozirjavoblik va gapining uddasidan
chiqa bilish kabilarni so'zsiz qadrlaydi, chunki bun­
day odamlar bilan bir davrada hamsuhbat bo'lish
ham qulay, ham yoqimli. Ammo xushmuomalalikni
ham barcha barobar qabul qilavermaydi. Bir joyda
yaxshi, o'rinli hisoblangan muomala tarzi ikkinchi
joyda butunlay o‘zgacha talqin qilinishi mumkin.
Shunday bo‘lsa-da, har qanday vaziyatda so'zsiz
kerak bo'ladigan, o'rinli hisoblanadigan muomala
qoidalarini yaxshi bilib olmoq darkor. Masalan, gap
so'raganda quruqqina «ha», «yo‘q» deb javob berish
qo'pollik hisoblanadi. Bunga, albatta, «ser», «milord»
yoki «madam» va «mademuazel» so'zlarini qo'shib
ishlatmoq darkor. Fransuzcha gaplashganingda ham
«mesye», «milord», «madam» va «mademuazel»
murojaat so'zlarini ishlatishing kerak. Sen, albatta,
fransuzlar turmushli ayolga «madam», turmush-
ga chiqmagan barchasiga esa «mademuazel» deb
murojaat etishlarini yaxshi bilasan.
Kimdir senga gapirganda, nimanidir so'raganda
mensimay, dimog‘ bilan javob qilish yoki murojaatni
umuman e’tiborsiz qoldirish, teskari qarab ketib, boshqa
narsalar bilan kuymanib turish ham odobsizlik belgisidir.
Shu bilan sen o‘sha odamni mensimaganligingni
bildirgan, unga javob tugul, gapini eshitishni ham
o'zingga nomunosib deb bilgan bo'lasan.
Xonadagi eng qulay joyga o'tirib olib, yoqib
qolgan taomni atrofingdagilarga qaramay olaverish
10
Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/4568 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси


https://kitobxon.com/uz/asar/4568 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную


версию можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/4568

You might also like