Download as pdf or txt
Download as pdf or txt
You are on page 1of 4

G`arb mutafakkirlarining borliq haqidagi ta`limotlari

G‟arb falsafasi miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar


(«Polislar») da avval Kichik Osiyoning G‘arbiy qirg‘og‘ida (Ioniyada), so‘ngra –
Sitsiliya orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va nihoyat, Yunonistonda –
Afinada (miloddan avvalgi V asr) vujudga kelgan va qadimgi dunyo madaniyati
ravnaq to‘ishi uchun shart-sharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining vujudga
kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni
bemalol suhbat qurish va istalgan savolga javob olish imkoni bo`lgan donishmandlar,
hayot murabbiylari sifatida bilishgan. Yunon mutafakkirlari Olam tuzilishi va inson
hayoti ma'nosini tushuntirishga
harakat qilib ko`rishgan. Ular o`simliklar, hayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzl
arni o`rganishgan. Mashhur yunon faylasufi Geraklit yer yuzidagi hamma narsa
olovdan kelib chiqqan deya uqtirar edi. Geraklit fikriga ko‘ra, tabiat (olov) uzluksiz
o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi. U rivojlanish va o‘zgarishlar
manbaini ko‘radi: «Hamma narsa kurash orqali va zaruriyat tufayli yuz beradi. Har qa
nday hodisa o‘zining qarama-
qarshiligiga o‘tadi: sovuq narsa issiq narsaga aylanadi, issiq narsa sovuq narsaga ayla
nadi, ho‘l narsa quruq narsaga aylanadi, quruq narsa ho‘l narsaga aylanadi». Quyosh
har lahzada yangilangani kabi, barcha hodisalar ham o‘zgaradi. «Ayni bir daryoga
ikki marta tushish mumkin emas: ikkinchi marta suvga tushayotgan odamga yangi
suvlar oqadi». Geraklit sifat jihatidan bir-biriga zid bo‘lgan hodisalar va jarayonlarni
ko‘radi: hayot va o‘lim, uyg‘oqlik va uyqu, yoshlik va qarilik va sh.k. «Eng toza va
eng iflos dengiz suvi: baliqlar uchun u to‘yimli va
xaloskor, odamlar uchun esa u ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko‘rib tur
ganimizdek, qadimgi yunon faylasufi o‘zgarishning umumiyligi va har bir xossaning
qarama-qarshi holatga o‘tishi narsalarning barcha
sifatlariga nisbiy tus berishini, ya‘ni muayyan holatlarga bog‘liq qilib qo‘yishini
qayd etadi. Frakiyalik Demokrit degan faylasuf Geraklit fikriga e'tiroz bildirgan, bizni
qurshab turgan hamma narsa
ko`zga ko'rinmaydigan maydamayda zarralar — atomlardan tashkil
topgan degan ma'nodagi fikrni bayon etgan edi.
Yunon faylasufi Diogen Insonda hech qanday ehtiyojlar bo`lmasligi shart degan fikrni
o`z ta'limotiga asos qilib oldi. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan Diogen
bir bochkada kun kechirgan. Makedoniyalik Aleksandr undan: "Senga qanday yordam
berishim mjimkin?" deb so`raganida, Diogen: "Nariroq tursang-chi, quyoshni
to`sib qo`yding!" deya kinoya qilgan ekan. Qadimgi yunon olimi Aristotel to`plangan
bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar
sifatida ta'riflab berdi. Aristotelni
Sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan. Barcha zamonlarda
olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fizigi va matematigi
Arximedning "Evrika!" (Topdim, topdim!") qiyqirig`ini takrorlab yurishadi. Ehtimol,
bu bir afsonadir, ammo yunonlar to`la
ishonch bilan Arximed ko`zgular tizimidan foydalanib yorug`likni bitta yo`nalishga ja
mlagani va yunonlar ustiga
hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya qil
ib berishadi. Arximed richag
qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo`lib ketgan bir iborani aytdi: "Menga tayanch nu
qtasini topib bering, Yerni o`z o`qidan chiqarib yuboraman!" Arximed boshi bilan ilm
dengiziga sho`ng`igan olim timsoliga aylangan. Rimliklar uning jonajon shahri
Sirakuzni bosib olganlarida qumda chizmalar chizgancha matematikaga oid bir
masalani yechishga urinib o`tirgan
ekan. Rimlik askar yetib kelganida: "Mening chizmalarimga qo'1 tekkizmagin!" deyis
hga ulgurdi, xolos: Arximedga nayza sanchilgan edi. Platon ham ijtimoiy
muammolarni tahlil qilgan. U davlatning mohiyati va shakllarini shaxs,
ayniqsa podshoning shaxsi nuqtayi nazaridan o‘rgangan. Uning fikricha, podsho
haqiqatparvarlik, oqillik, mardlik, adolatparvarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim;
umuman olganda, odshoda inson barcha
qobiliyatlarining oqilona mushtarakligi mavjud bo‘lishi darkor. Platon insoniyat tarixi
da birinchi ideal davlat nazariyasini yaratadi. U davlatning uch shaklini tan oladi: mon
arxiya, aristokratiya va demokratiya. Bu shakllarning har biriikki ko‘rinishda: qonuni
y va noqonuniy yoki zo‘rlik ishlatishga asoslangan ko‘rinishlarda amal qiladi. Platon
davlatning qonuniy
shaklini ma‘qul ko‘radi. Uning fikricha, davlatni faylasuflar hammadan yaxshiroq bos
hqara oladilar. Plaon o‘zining «Davlat» asarida bu haqda shunday deb yozadi: «Agar
qashshoq va yo‘qsillar o‘z shaxsiy manfaatlarini qondirishni ko‘zlab, jamiyatni
boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, bundan yaxshi ish chiqmaydi:
hokimiyat bellashuv maydoniga aylanadi va bunday ichki urush uning ishtirokchilarin
i ham, qolgan fuqarolarni ham halokatga mahkum etadi. Hokimiyat uni sevguvchi
kishilar qo‘liga o‘tishi ham yaramaydi. Aks holda ular bilan bu sevgida
raqiblar bellashadi.Aristotel ham o‘zining «Siyosat» asarida o‘z davlat nazariyasini ba
yon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga
kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi
bor?», degan savolni o‘rtaga tashlaydi va o‘zining bu savoliga shunday javob beradi:
«Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli
yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o‘rtasida yaxshi hayot kechirish
uchun aloqalar o‘rnatilganda, farovon va o‘ziga to‘q mavjudlik maqsadida vujudga
keladi»

Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel uning «uch yaxshi» va «uch yomon»
shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u jamiyatga
xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya‘ni o‘rta
sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga
Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi. Aristotel sababiy
bog‘lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani yanada
rivojlantirgan. Uning to‘rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo‘naltiruvchi
sabablar haqidagi ta‘limoti ma‘lum. «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab
bo‘luvchi omil (materiya, substrat) – moddiy sabab»;
«narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – harakatlanti
ruvchi sabab»; «biror narsani
amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – yo‘naltiruvchi sabab». Aristotel shakl va ma
zmun (materiya) dialektikasini tahlil qilishning o‘z usulini taklif qildi. Narsa
– bu shakl va materiyaning birligi. Narsalarning vujudga kelishi va ularning
takomillashuvi shaklga bog‘liqdir. SHakl o‘z mohiyatiga ko‘ra faol, materiya esa
passivdir. SHakl – narsaning tashqi ko‘rinishi, u dunyoning rang-
barangligi va borlig‘ini belgilaydi.

G‘arb falsafasida Pifagor va


Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot,
Platon falsafasi va sh.klarda o‘z ifodasini to‘adi. Jumladan, miloddan avvalgi IV asrd
a yashab ijod qilgan qadimgi yunon faylasufi Platon ikki dunyo ―g‘oyalar dunyosi va
―narsalar dunyosi mavjudligi haqida saboq beradi. ―G‘oyalar dunyosi umumiy
tushunchalardan iborat, ―narsalar dunyosi esa ―g‘oyalar dunyosining
in‘ikosidir: ―g‘oyalar dunyosida ideal mohiyatlar mavjud, ―narsalar dunyosi esa bu
mohiyatlar mahsuli bo‘lgan
ayrim narsalardan iborat. Platonning g‘oyalar haqidagi ta‘limoti uning ―Bazm, ―Fe
don, ―Fedr, ―Davlat asarlarida o‘z aksini topgan, mutafakkirning ―Teatet,
―Parmenid, ―Sofist, ―Kritiy asarlari esa g‘oyalarning moddiy dunyoga bo‘lgan
munosabati muammosiga bag‘ishlangan. Platon fikriga ko‘ra, materiya - g‘oyaning
sof ―aksi, uning
―aksilmohiyati. Materiyaning mohiyati esa - g‘oya. Haqiqiy borliq - bu iramidani esl
atadigan ideal borliq. Uning zamirida ―bilish va harakat asosining mohiyati‖ sifatida
amal qiluvchi go‘zallik g‘oyasi yotadi. Uning yonidan yaxshilik g‘oyasi va oqillik
(haqiqat) g‘oyasi o‘rin oladi. SHunday qilib, Platon ―g‘oyalar dunyosi
―narsalar dunyosini vujudga keltirishini nazarda tutuvchi ob‘ektiv idealizm falsafiy
tizimini yaratgan. Platon g‘oyalar va narsalarni bir-biridan ajratib bo‘lmasligini qayd
etsa-da, lekin buyuk mutafakkir uchun ―g‘oyalar dunyosi birlamchidir. Aristotel
―Metafizika asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi sifatidagi g‘oyalar
haqidagi ta‘limotini rad etadi. U mohiyat-g‘oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan
tashqarida mavjud emas, degan tezisni
ilgari suradi. Platon fikrlariga e‘tiroz bildirar ekan, Aristotel umumiylik faqat ayrim n
arsada mavjud deb hisoblaydi:
―Ayrim narsa bo‘lmasa, umumiylik ham bo‘lmas edi‖. ―Metafizika‖da Aristotel fals
afa borliq va uning atributlarini, borliqning oliy tamoyillari yoki sabablarini
o‘rganishini qayd etadi. Bular ―umumiy metafizika‖ muammolaridir. Ammo
―xususiy metafizika‖ ham mavjud bo‘lib, u ―harakatsiz substantsiya yoki birinchi
boqiy dvigatel‖ni o‘rganadi.
Birinchidan, o‘rta asrlar G‘arb va SHarq falsafasi avvalo feodal jamiyat falsafasi bo‘li
b, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi. Feodal
tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va dehqonlarning
shaxsiy mehnatiga asoslangan xususiy xo‘jaligi mavjud bo‘lgan. Feodal ishchini
sotishi va sotib olishi mumkin bo‘lgan, lekin ishchini o‘ldirish huquqi unga
berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi ularni ijtimoiy-
Psixologik va mafkuraviy jihatdan mustahkamlashni talab qilgan. Feodal madaniyatni
mafkuraviy jihatdan ta‘minlovchi integratsion asos din bo‘lgan. Ikkinchidan, o‘rta
asrlarda din G‘arbda ham, SHarqda ham feodal jamiyatning hukmron
mafkurasi hisoblangan. Bu davrda cherkov eng yirik kuch bo‘lgan. SHuningdek, u
siyosiy jihatdan ham o‘ta markazlashgan tashkilot sanalgan. Dindorlar amalda birdan-
bir o‘qimishli odamlar bo‘lgan. YUris‘rudentsiya, tabiatshunoslik va
falsafaning mazmuni cherkov ta‘limoti bilan muvofiq holatga keltirilgan.
Muqaddas kitob aqidalari falsafiy mulohazalarning tayanch nuqtasiga aylangan. Bu da
vrda bilim emas, balki e‘tiqod, fan emas, balki din afzal ko‘rilgan. Teotsentrizm,
ya‘ni Xudoga, uning mohiyatiga dunyoning birinchi
sababi va birinchi asosi sifatida yondashish o‘rta asrlar falsafasiga xos xususiyatdir. M
asalan, o‘rta asrlarda Xitoyda dao haqidagi ta‘limot din ehtiyojlariga to‘la
moslashtirilgan: dao tabiiy qonun sifatida emas, balki ilohiy qonun
sifatida namoyon bo‘lgan.
Buddizm falsafasi asosiy e‘tiborni borliqning o‘tkinchiligi va yo‘qlikning haqiqiyligi,
jonning boqiyligi va abadiy ma‘naviy dunyoni anglab etish yo‘lida o‘zlikni kamolotga
yetkazish orqali uning o‘z shakl-shamoyilini o‘zgartirishi muammolarini
o‘rganishga qaratgan. Konfutsiychilik feodal tuzumni oqlash uchun buddizm va
daosizmning idealistik va daosizm g‘oyalarini o‘zlashtirgan: odamlar o‘zlarining
«yomon» niyatlarini jilovlab, taqdirga bo‘ysunishlari lozim. Hokimiyatga
bo‘ysunish, uni ardoqlash va hurmat qilishni talab etuvchi «Osmon qonuni» haqidagi t
a‘limot konfutsiychilikda eng muhim ta‘limotga aylangan.

You might also like