Download as pdf or txt
Download as pdf or txt
You are on page 1of 12

OʻZBEKISTОN RESPUBLIKАSI ХАLQ TА’LIMI VАZIRLIGI

RESPUBLIKА TА’LIM MАRKАZI

IQTISODIY BILIM ASOSLARI


2021-2022-OʻQUV YILI
UMUMIY OʻRTА TА’LIM MАKTАBLАRINING
9- SINF OʻQUVCHILАRI UCHUN YAKUNIY DAVLAT
ATTESTATSIYASI OʻTKAZISH BOʻYICHA METODIK
TAVSIYA VA MАTЕRIАLLАR

TOSHKENT – 2022
202
2021-2022-o‘quv yili uchun
Imtihon materiallari Respublika ta’limi markazining navbatdagi
ilmiy-metodik kengashida muhokamaga qo‘yilib, tavsiya qilindi
(2022-yil 26-martdagi 1-son ilmiy-metodik kengash qarori). Umumiy oʻrta
ta’lim muassasalarining 9-sinf oʻquvchilari yakuniy davlat attestatsiyasini
oʻtkazish boʻyicha metodik tavsiya va materiallarni tijoriy maqsadda
kоʻpaytirib tarqatish taqiqlanadi.
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalari metodbirlashmalari yakuniy davlat
attestatsiya materiallariga 15-20% gacha оʻzgartirishlar kiritishi mumkin.

Tuzuvchi:

S.Boranbayeva – Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 166-sonli


umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali iqtisod fani o‘qituvchisi.

Taqrizchilar:
M. Hojiyeva – Respublika ta’lim markazi geografiya va iqtisod fani
metodisti.
N. Yusupxodjayeva – Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 123-sonli
umumiy o‘rta ta’lim maktabining birinchi toifali iqtisod fani o‘qituvchisi.

202
2021-2022-o‘quv yili uchun
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining IX sinfini tugatgan o‘quvchilar
iqtisodiy bilim asoslari fanidan DTS bo‘yicha ma’lum darajadagi
kompetentsiyalarga ega bo‘ladilar. O‘quvchilarning olgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini aniqlash maqsadida 2021-2022 o‘quv yilida IX sinflarda yakuniy
imtihon bilet savollariga og‘zaki javob berish usulida o‘tkaziladi.
Har bir o‘quvchi bittadan biletni tanlab oladi. Tayyorgarlik ko‘rish
uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Imtihon biletida 3 ta savol va topshiriq
berilgan. Birinchisi IX sinf iqtisodiy bilim asoslari kursida o‘tilgan mavzularga
oid nazariy savol, ikkinchisi VIII - IX sinf iqtisodiy bilim asoslari kursida
o‘rganilgan atamalardan ikkitasini mazmun-mohiyatini ochib berishga
qaratilgan topshiriq, uchinchisi esa masala orqali yechiladigan amaliy
topshiriq tarzida berilgan.
Har bir berilgan savolga javob 5 ballik tizim asosida baholanadi.
Masalan:1-savolga 3, 2-savolga 5, 3-savolga 4 qo‘yilib, baholar
umumlashtirilib so‘ngra ulardan o‘rtacha ball chiqariladi. 3+5+4 =12:3=4
O‘quvchilarni baholashda qo‘yiladigan ball ular egallashlari lozim
bo‘lgan kompetentsiyalardan kelib chiqib belgilanadi.

Nazariy savollarga berilgan javoblar baholash mezonlari

№ Baholash mezoni Ball


1. O‘quvchi tomonidan savolga javob mazmunan atroflicha ochib 5
berilgan, ilmiy xatolarga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa
2. O‘quvchi tomonidan savolga javob mazmunan umumiy 4
ravishda ochib berilgan bo‘lsa, ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan
bo‘lsa
3. O‘quvchi tomonidan savolga javob qisman ochib berilgan 3
bo‘lsa, qupol ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa
4. O‘quvchi tomonidan savolga javob berishga uringan, lekin 2
javobi mazmunan noto‘g‘ri bo‘lsa
5. O‘quvchi savolga umuman javob bera olmasa 1

202
2021-2022-o‘quv yili uchun
Atamalarning mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan
topshiriq javoblarini baholash mezonlari
№ Baholash mezoni Ball
1. Ikkala atamaning mazmun-mohiyati atroflicha ochib berilgan 5
2. Bitta atamaning mazmun-mohiyati atroflicha, ikkinchisining 4
mazmun-mohiyati esa qisman ochib berilgan, yoki ikkala
atamaning mazmun-mohiyati qisman ochib berilgan
3. Bitta atamaning mazmun-mohiyati ochib berilgan, ikkinchi 3
atamaning mazmun-mohiyati esa ochib berilmagan
4. Faqat bitta atamaning mazmun-mohiyati qisman ochib 2
berilgan
5. Berilgan atamalarning mazmun-mohiyati umuman ochib 1
berilmagan

Amaliy topshiriq javoblarini baholash mezonlari

№ Baholash mezoni Ball


Masalani yechishda formulalardan to‘g‘ri foydalanib,
1. grafiklarni to‘g‘ri chizilib, jadvallar to‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa va 5
matematik jihatdan to‘g‘ri echilib javobi to‘g‘ri bo‘lsa
Formulalardan to‘g‘ri foydalanilgan, grafiklari to‘g‘ri chizilgan,
2. jadvallar to‘g‘ri to‘ldirilmagan bo‘lsa 4
3. Masalani matematik jihatdan to‘g‘ri yechib, lekin javobi 3
noto‘g‘ri bo‘lsa
Masalaning javobi iqtisodiy jihatdan noto‘g‘ri asoslangan,
4. lekin tayanch atamalar haqida fikrlar keltirilgan bo‘lsa 2
5. Masalaning javobi iqtisodiy jihatdan qisman asoslangan 1
bo‘lsa va eng maqbul yechim ekanligi isbotlanmasa

202
2021-2022-o‘quv yili uchun
1 – bilet
1. Talab. Talab miqdori
2. “Hududiy mehnat taqsimoti” va “Iqtisodiy o‘sish” atamalarining
mazmun-mohiyatini tushuntiring.
3. Oila 2020-yil I chorakda 1 200 000 so‘m, IV chorakda esa 1 500 000
so‘m daromad qildi. Bu davr ichida iste’mol narxlari indeksi 1,2 marta oshgan
bo‘lsa, bu oilaning IV chorakdagi real daromadini aniqlang.

2 - bilet
1. Monopoliya va monopollashgan bozorlar
2. “Omonat” va “Davlat byudjeti” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Korxona mablag‘ini bankka bir yilga qo‘ysa 26 % foyda qiladi,
investitsiya qilsa 28 % foyda qiladi. Uning mablagi 4 000 000 so‘m bo‘lsa, har
bir imkoniyat foydasini hisoblab chiqing va korxonaga maslahat bering.

3 – bilet
1. Taklifga ta’sir etuvchi boshqa omillar.
2. “Murosali tanlov” va “Inflyatsiya” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Korxona yalpi daromadi 50 mln so‘m, uning foydasi yalpi
daromadning 38 % ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori
2500 dona bo‘lsa, bir dona mahsulotdan qancha foyda ko‘rilgan?

4 - bilet
1. Bozor iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan xususiyatlarga tavsiya bering.
2.“Foyiz stavkasi” va “Marketing” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Korxonaning umumiy xarajatlari 280 mln so‘m, shundan 30 % doimiy
xarajat bo‘lsa, doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar miqdorini toping.

5 – bilet
1. Iste’molchilarning huquqlari va majburiyatlari.
2. “Mehnat birjasi” va “Amortizatsiya» atamalarining mazmun-
mohiyatini tushuntiring.
3. Fermer dalasiga bug‘doy eksa 40 t, sholi eksa 80 t hosil olish mumkin.
Bir tonna bug‘doyning muqobil qiymati nimaga teng bo‘ladi?

202
2021-2022-o‘quv yili uchun
6 – bilet
1. Pulning vazifalari haqida ayting.
2. “Bojxona” va “Sof monopol bozor” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Tovarga bo‘lgan talab va taklif mos ravishda Qd=13000-2p va Qs=3p-
2000 funksiyalar bilan berilgan. Agar davlat tomonidan 1 kg tovar narxi qat’iy
2000 so‘m qilib belgilansa, bozorda qancha tovarga taqchillik yuzaga keladi?

7 – bilet
1. Bozor va uning turlarini ayting.
2. “Deflyatsiya” va “Qat’iy narx” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. “Eldorado” magazini 15% ga tovarni arzon qildi. Agar muzlatkich narxi
1265000 so‘m bo‘lgan bo‘lsa u qanchaga arzonlashadi?

8 – bilet
1. Soliqlar va ularning turlarini ayting.
2. “Xususiy korxona” va “Menejment” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Siz bankdan 100 ming so‘m miqdoridagi kreditni yiliga 20 ming so‘m
to‘lash sharti bilan olgan bo‘lsangiz, mazkur kredit foiz stavkasi qanchani
tashkil qiladi?

9 - bilet
1. Cheklanganlik muammosi haqida ayting.
2. “Valyuta kursi” va “Sug‘urta‘” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Stulga bo‘lgan talab va taklif funksiyasi quyidagicha Qd=600+2p va
Qs=300+4p. Muvozanat narx va miqdorni aniqlang. Agar narx 100 so‘m bo‘lsa
qanday holat bo‘ladi?

10 – bilet
1. Firma mablag‘lari va xarajatlari haqida ayting.
2. “Korxona” va “Ishsizlik” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori 500 dona. Mahsulot
ishlab chiqarish uchun 2 500 000 so‘m doimiy, 7 500 000 so‘m o‘zgaruvchan
xarajatlar qilingan. 1 ta mahsulot uchun qilingan o‘rtacha o‘zgaruvchan
xarajat qanchaga teng bo‘ladi?

202
2021-2022-o‘quv yili uchun
11 – bilet
1. Xalqaro savdo haqida ayting.
2. “Xalqaro mehnat taqsimoti” va “Ishchi kuchi birjasi” atamalarining
mazmun-mohiyatini tushuntiring.
3. Aliyev yopiq aksiyadorlar jamiyatining 500 ta oddiy aksiya egasi.
Jamiyatda jami 4000 ta oddiy aksiya chiqarilgan bo‘lib, dividend uchun
korxona foydasining 100 mln so‘mi ajratilgan bo‘lsa, u qancha dividend oladi
?

12 - bilet
1. Ijtimoiy himoya vositalari haqida ayting.
2. “Sof foyda” va “Mehnat resurslari” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Firma birinchi yili 20 000 000 so‘m. Ikkinchi yili 30 000 000 so‘m,
Uchinchi yili 45 000 000 so‘m foyda qildi, agar uchunchi yil narx indeksi 1,5
ga teng bo‘lsa foydaning real qiymati qanchaga teng bo‘ladi?

13 – bilet
1. Iqtisodiy tizimlar haqida ayting.
2. “Xalqaro iqtisodiy integratsiya” va “Bankrot” atamalarining mazmun-
mohiyatini tushuntiring.
3. Tadbirkor 40 mln somni 2 yilga yillik 20% stavkasi bilan tijorat
bankiga qoydi. 2 yildan keyin uning puli qancha bo`ladi?

14 – bilet
1. Yalpi daromad, foyda va zarar haqida ayting.
2. “Aksiya” va “Transfer to‘lovlari” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Rustam magnitafonni 100000 so‘mga sotib uning 50000 so‘mini
omonat bankiga qo‘ydi va qolgan pulga ko‘ylak sotib oldi. Bu vaziyatlarda pul
qanday vazifani bajarmoqda?

15 – bilet
1. Ishlab chiqarish omillari haqida ayting.
2. “Oligopoliya” va “Yalpi ichki mahsulot” atamalarining mazmun-
mohiyatini tushuntiring.
3. Tovarga bo‘lgan talab va taklif mos ravishda Qd=13000-2p va Qs=3p-
2000 funksiyalar bilan berilgan. Agar davlat tomonidan 1 kg tovar narxi qat’iy
4000 so‘m qilib belgilansa, bozorda qanday holat yuzaga keladi?

202
2021-2022-o‘quv yili uchun
16 – bilet
1. Tanlov va uning muqobil qiymati haqida ayting.
2. “Investitsiya” va “Monopoliya” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Ikki raqobatlashayotgan firma bir – birini yengish maqsadida o‘z
tovarlari narxini tushira boshladilar. “A” firma 300 so‘mlik mahsulotni 240
so‘mdan kuniga 400 ta sotishga erishdi. “B” firma esa 300 so‘m o‘rniga
mahsulotni 230 so‘mga tushirib, kuniga 500 ta mahsulot sotdi. Qaysi firma
kuniga ko‘p naf ko‘radi? Mahsulotlarning har biriga 200 so‘m harajat qilingan.

17 –bilet
1. Iqtisodiy o‘sish va rivojlanish haqida ayting.
2. “Iqtisodiy davr” va “Davlat byudjeti” atamalarining mazmun-
mohiyatini tushuntiring.
3. Talab Qd=-2p-5000, taklif Qs=p+3500 funksiyalari bilan berilgan.
Tovarning muvozanat narx va muvozanat miqdorini toping.

18 – bilet
1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi haqida ayting.
2. “Tashqi savdo” va “Giperinflyatsiya” atamalarining mazmun-
mohiyatini tushuntiring.
3. Talab Qd=-4p+800, taklif Qs=p+100 funksiyalari bilan berilgan.
Tovarning muvozanat narx va muvozanat miqdorini toping.

19 – bilet
1. Mulk va xususiylashtirish haqida ayting.
2. “Jamg‘arma” va “Ratsionallik” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. “Sherdor” firmasi 30 000 000 so‘m xarajat qilib, 42 000 000 so‘m
daromad qildi. Firma faoliyatining samaradorligi necha foizga teng?

20 – bilet
1. Aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘i haqida ayting.
2. “Savdo balansi” va “Real daromad” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Firma, bino va inshootlari qiymati 30 mln so‘m bo‘lib, 20 yil ishlatishga
mo‘ljallangan. Amortizatsiya ajratmasi har yil uchun bir xil qilib belgilangan. 5
yil o‘tgach bino va inshootlar qiymatining qancha qismi chiqarib olinadi?
202
2021-2022-o‘quv yili uchun
21 – bilet
1. Ishlab chiqarish va ekologiya haqida ayting.
2. “Byudjet profitsiti” va “Firma” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Agar 10 000 000 so‘m pul 24 % yillik foiz stavkasi bilan bankka
qo‘yilgan bo‘lsa, 4 oydan so‘ng qancha bo‘ladi?

22 – bilet
1. Davlatning iqtisodiy siyosati haqida ayting.
2. “Ist’emolchi” va “Bank” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Firma xafta davomida 2000 dona mahsulotning 25 % ni 100 so‘mdan,
45 % ini 120 so‘mdan, qolganini esa 90 so‘mdan sotdi. Firmaning bu
haftadagi daromadi qanchani tashkil qildi? Firma har bir tovarni o‘rtacha
necha so‘mdan sotgan? Firma bu haftada 56000 so‘m foyda olgan bo‘lsa,
uning bir haftalik umumiy xarajatlari necha so‘mni tashkil qilgan? Firmaning
bir dona tovar uchun sarflangan o‘rtacha sarf-xarajati necha so‘mni tashkil
qilgan?

23 – bilet
1. Iqtisodiy faoliyat tahlili haqida ayting.
2. “Muqobil qiymat” va “An’anaviy iqtisodiyot” atamalarining mazmun-
mohiyatini tushuntiring.
3. Tovarga bo‘lgan talab va taklif funksiyalari quyidagicha berilgan:
Qd= 6600 - p va Qs= 600 + 2p bo‘lsa, bu yerda p narx (so‘mda), Qd – talab
(donada) Qs - taklif (donada). Muvozanat miqdor va muvozanat narxni
aniqlab, talab va taklif grafigini chizing.

24 – bilet
1. Iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari haqida ayting.
2. “Makroiqtisodiyot” va “Aralash iqtisodiyot” atamalarining mazmun-
mohiyatini tushuntiring.
3. Eng yuqori darajadagi foyda olish uchun ishlab chiqarilishi kerak
bo‘lgan mahsulot miqdorini aniqlang.

202
2021-2022-o‘quv yili uchun
Q P TC TR Pf
1 8000 3000
2 6000 5000
3 5000 6000
4 4000 10000
5 3000 17000

25 – bilet
1. Iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari haqida ayting.
2. “Mulk” va “Inson kapitali” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Quyidagi jadvalda berilgan ma’lumotlardan foydalanib, firma
faoliyatini tahlil qiling va jadvalni to‘ldiring;

Firmaning yillik iqtisodiy 1-yil 2-yil 3-yil


ko‘rsatkichlari
Islab chiqarilgan mahsulot miqdori 16000 18000 21000
(dona)
Yalpi daromad (mln.so‘m.) 120 200 300
O‘zgaruvchan xarajatlar 40 50 70
(mln.so‘m.)
O‘zgarmas xarajatlar 30 30 30
(mln.so‘m.)
Narx indeksi 1.0 1.25 1.5
Mahsulot narxi
Umumiy xarajatlar
O‘rtacha umumiy xarajat
Foydaning nominal miqdori
Foydaning real miqdori
Samaradorlik

26 – bilet
1. Davlatning iqtisodiy vazifalari haqida ayting.
2. “Yalpi ichki mahsulot (YaIM)” va “Kredit foiz stavkasi” atamalarining
mazmun-mohiyatini tushuntiring.
3. Bozorda tovarga bo‘lgan talab Qd=-4p+900, taklif esa Qs=2p+300
funksiyalari berilgan. Tovarning bozordagi muvozanat narxi va muvozanat
miqdorini toping ?

202
2021-2022-o‘quv yili uchun
27 - bilet

1. Tovarning bozor narxi haqida ayting.


2. “Intellektual mulk” va “Muvozanat narx” atamalarining mazmun-
mohiyatini tushuntiring.
3. Munisa 600 ming so‘m pulini 1 oy muddatga yilik 18% ga stavkasi
bilan bankga qo‘ydi. Bankga qo‘yilgan pul 1, 2, 3 oyda saqlansa, qancha bo‘lib
qaytadi?

28 - bilet
1. Taklif va taklif qonuni haqida ayting.
2. “Tabiiy monopoliya” va “Auksion” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Mamlakatning import hajmi 350 million dollarni, eksport hajmi esa
400 million dollarni tashkil qiladi. Bu holatda tashqi savdo balansi nimaga
teng?

29 - bilet
1. Soliqlar va ularning turlari haqida ayting.
2. “Tabiiy resurslar” va “Raqobat” atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
3. Jadvalda 5 xil narxdagi mahsulot uchun talab va taklif ko‘rsatkichlari
berilgan. Berilgan ma’lumotlar asosida jadvalni to‘ldiring :
Narx Talab Taklif Talab Taklif Savdo Savdo
miqdori miqdori ortiqchaligi ortiqchaligi hajmi tushumi
1000 1800 200000
1100 1250 450
1200 1100 600 720000
1300 900 0 1170000
1400 400 700

202
2021-2022-o‘quv yili uchun
30 - bilet
1. Tadbirkorlik haqida ayting.
2. “To‘la bandlik” va “Pirovard mahsulot” atamalarining mazmun-
mohiyatini tushuntiring.
3. Firma hafta davomida 3200 dona mahsulotning 15% ini 400 so‘mdan,
35% ini 350 so‘mdan, qolganini 320 so‘mdan sotdi. Firmaning bu haftadagi
yalpi daromadi qancha? Agar ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari
820000 so‘mni tashkil etsa, firmaning haftalik foydasi qanchani tashkil etadi?
Firma har bir tovarni o‘rtacha necha so‘mdan sotgan?

202
2021-2022-o‘quv yili uchun

You might also like