Download as pdf or txt
Download as pdf or txt
You are on page 1of 17

7 –ma'ruza.

Kimyoviy – tеrmik ishlash

§1. Kimyoviy – tеrmik ishlash nazariyasi.


§2. Sеmеntitlash.
§3. Azotlash.
§4.1. Sianlash.
§4.2. Nitrosementitlash.
§5. Diffuzion metallash.
§1. Kimyoviy – tеrmik ishlash (KTI) nazariyasi

Buyumlarni kim’yoviy aktiv (qattiq,


suyuq, gazsimon) muhitlarda yuqori
KTI – bu nima? temperaturagacha qizdirish,
tutib turish jarayonidir.

KTI – maqsadi metall sirt qatlamlarining hossalari va tuzilishini


nima? termik va kimyoviy ta’sir bilan o’zgartirish;

Bu maqsadga metall sirt qatlamida juda qattiq


qanday erishmiz? kimyoviy birikmalar hosil qilib

KTI ning har xil usullari


KTI – natijasida mеtallarning korroziyabardoshligini,
nimaga mustahkamligini va qattiqligini,
erishiladi? еyilishga va ishkalanishga
qarshiligini oshiradi
Kimyoviy-termik ishlash asosida dissotsiatsiya, adsorbtsiya va diffuziya
jarayonlari yotadi.
Dissotsiatsiya – kimyoviy reaktsiyalar hamda bug’lanish natijasida
to’yintiruvchi elementni atom ko’rinishida, yani aktivlashgan holatda olish
masalan: 2NH3 → 2N + 3H2 yoki CH4 → C + 2H2

Adsorbtsiya – buyum sirtida to’yintiruvchi element atomlari ushlab olish.


Adsorbtsiya jarayoni amalga oshishi uchun to’yintiruvchi element asosiy
metall bilan kimyoviy birikma yoki qattiq eritmalarni hosil qila oloish kerak.

Diffuziya – to’yingan elementni buyum sirtidan ichiga o’tib ketishi.

KTI davomida buyum sirtida qanday jarayonlar kechadi?

qimyoviy reak-
bu atomni buyum
siyalar natijasida to’yingan element
sirti ushlab oladi
to’yintiruvchi kimyoviy birikma buyum sirtidan
elementning yoki qattiq ichiga o’tib ketadi
atomi paydo eritmalarni hosil
bo’ladi qiladi
To’yintiruvchi elementiga ko’ra KTI
ni sementitlash, azotlash,
sianlash, diffuzion metallash va
h.z.turlari ajratiladi.
§2. Sеmеntitlash

Sementitlash – kam uglerodli (0,1—0,3% С) po’latni uglerodga to’yingan


qattiq, suyuq yoki gaz muhitda qizdirish yoli bilan sirtini uglerodga
to’yintirish.

Sementitlashning maqsadi – buyum sirtning qattiqligini va yeyilishga


chidamliligini oshirish.
Bining uchun sirtda uglerod foizi 0,8—1,2% gacha yetkaziladi
(sementitlash jarayoni), keyin buyum toblanadi va past temperaturada
bo’shatiladi (termik ishlash jarayoni).

Kam uglerodli pōlat asosan o’zida juda kam (0,005%) uglerodni


eritadigan ferritdan iborat, shuning uchun sеmеntitlashni yuqori
tеmpеraturada - 930…9500C ōtkazish kerak (unda ferrit austenitga
ōtadi).
Sementitlangan qatlam qalinligi odatda 0,5-1,5 mm bo’ladi
Sementitlanadigan buyumlar - tishli g’ildiraklar, porshen halqalari
(koltsalar), val va o’qlar, roliklar, chervyaklar.
Karbyurizator (muhit) tarkibi sеmеntitlash rеjimi qatlam qalin-
Т,°С τ, soat ligi, mm
Qattiq karbyurizatorlar 930–950 4–15 0,4–1,5
Pista kōmir va
20–25 % BaCO3 3,5–5 %
CaCO3 tuzlar aralashmasi
Suyuq karbyurizatorlar 870–900 0,5 0,15–0,2
78–85 % NаСО3, K2СО3 + 10–
15 % NаСl + 6–8 % SiС tuzlar
eritmasi
Gazsimon karbyurizatorlar 900–950 2–5 0,7–1,5
15…20%CO, 40 % H2, 40 % N2,,
5 % gacha tabiiy gaz (СН4)
Qattiq muhitda sеmеntitlash uchun dеtallar karbyurizator bilan birga
maxsus qutilarga tеriladi (dеtallar quti hajmini 15-30% tashkil etish kеrak),
qopqoq bilan yopiladi va hamma tirqishlar loy bilan berkitiladi.
Quti 600-7000C gacha qizdirilgan pеchga qōyiladi va 930-9500C gacha
qizdiriladi. Jarayon tugagandan kеyin quti havoda sovitiladi.

2C+O2 = 2CO; 2CO=CO2+C; Fe + C → Fe3C

Suyuq muhitda sеmеntitlash


mayda dеtallar uchun qōllaniladi. Bu
usulning kamchiligi suyuq muhit tarkibini
tеz-tеz tiklab turish kеrak va ekologik
masalalar.

Yirik sеriyali ishlab chiqarishda


gazsimon muhitda sеmеntitlash eng
kōp tarqalgan.
Bu usul sеmеntitlangan qatlam
xossalarining birxilligini ta'minlaydi va
jarayon tez kechadi.
Sеmеntitlangan pōlatlarni tеrmik ishlash

Sementitlash natijasida uglerod sirt


qatlamda kerakli miqdorga yetkaziladi,
ammo bu yetarli emas. Sementitlangan
buyumning xossalarini keyingi termik ishlov
berish mustahkamlaydi
Toblangan va past temperaturada
bo’shatilgan po’lat qattiq va yeyilishga
chidamli bo’ladi, mahalliy chidamliylik va
egilishga chidamliylik chegaralari oshadi,
buyum o’rtasining qayishqoqligi saqlanadi.

Gaz muhitida sementilashda buyumlar muzlatiladi keyin toblanadi (a).


Mayda donali va uncha muhim bo’lmagan detallar 820…850oС ga qizdirilib
bir marta toblanadi, sirti –martensit aylanadi, ichidagi donalar qayta
kristallanadi va maydalanadi (b).
Detallar ikki marta toblanadi, agar xossalariga yuqori talablar qo’yilsa (c). 1-
toblash 880…900oС detal o’rtasining strukturasini to’g’rlash uchun, 2- toblash
sirt qatlamida mayda donali martensit olish uchun o’tqaziladi.
Termik ishlashning oxirida detallar 150…180oС da bo’shatiladi.
§3. Azotlash

Buyumni azotga boy Azotlashning maqsadi - agressiv


muhitda qizdirib, sirtini muhitlarda ishlaydigan buyum
azotga tōyintirish jarayoni sirtining qattiqligini, еyilishga va
azotlash dеb nomlanadi. korroziyaga chidamliligini oshirish

Azotlash jarayoni
Azotlash 500-650°С ga qizdirilgan germetik
pechlarda ammiak ta’sirida amalga oshadi.
Azotlashdan oldin buyum Ammiak 400°С da NH3 → 3H + N.
toblanib yuqori atomar azot metall sirtiga singib boradi va
temperaturada bōshatiladi (Fe4N) – temir nitridini hosil qiladi.

Tarkibida alyuminiy, molibden, xrom, titan kabi elementlar bo’lgan


legirlangan po’latlar azotlanadi. Bu elementlarning nitridlari (azot bilan
hosil qilgan birikmalari) juda qattiq va yuqori temperaturaga chidamlidir.
Azotlanadigan po’lat markalari: 38ХМЮА, 35ХМЮА, 30ХТ2Н3Ю.
Sanoatda azotlash 500—600 °С haroratda ishlaydigan buyumlar uchun
qo’llaniladi (silindr gilzalari, tirsakli vallar, tishli g’ildiraklar, yoqilgi
qurilmalar detallari uchun).
Azotlangan qatlam qalinligi va uning qattiqligi azotlash temperaturasiga,
azotlash davomiyligiga va po’lat takibiga bog’liq.

Ishlash sharoitiga ko’ra azotlashning ikkita turi ajratiladi.

Qattiqlikni va yeyilishga chidamliligini Korroziya bardoshligini oshiradigan


oshiradigan azotlash: azotlash:

Qizdirish harorati - 500…560oС, Qizdirish harorati - 650…700oС,


tutib turish vaqti – 24-90 soat (chunki tutib turish vaqti – 10 soat,
azotlash tezligi -0,01mm/soat), to’yingan sirtda Fe3N –temir nitrida
to’yingan sirtda azot miqdori-10-12%, hosil bo’ladi,
to’yingan qatlam -h=0,3-0,6 mm, to’yingan qatlam -h=0,01-0,03 mm.
sirt qattiqligi-1000HV.

Sovitish pech bilan birga ammiak


oqimida amalga oshadi.

Azotlashdan keyin buyum


o’rtasining strukturasi - sorbit
bo’ladi va yuqori mustahkamlik
qayishqoqlik ta’minlanadi.
§4.1. Sianlash
Sianlash – po’lat sirtini
Sianlashning asosiy vazifasi
sian tuzlari eritmasida
(maqsadi) – qattiqliqni, еyilishga
(suyuq muhitda) uglerod
chidamliligini, korroziyabardoshligini
va azot bilan to’yintirish
oshirish.
jarayoni.

Sianlash Buyumlar vannalarda suyultirilgan sian tuzlarida, masalan


25% NaCN, 60% NaCl и 15% Na2C03, qizdiriladi, sian tuzlari
jarayoni
atomar uglerod va azotni ajratadi va ular buyum sirtiga
singib boradi:
2NaCNO + O2 → Na2CO3 + CO + Natom

Sianlangan qatlam qalinligi va unda uglerod, azotning foizi jarayon


haroratiga hamda jarayon davomiyligiga bo’liq.

Sianlangan qatlam yemirilishga chidamli bo’ladi, uning qattiqligi 58-62


HRC teng bo’ladi. Mustahkamligi va korroziya bardoshligi oshadi.

Jarayon 0,5-2 soat davom etadi.


Yuqori temperaturali sianlash Past temperaturali sianlash

Qizdirish harorati - 800…950oС, Qizdirish harorati 540…600oС,

Sianlangan qatlamda 0,6…1,2 % C Sianlangan qatlamda 0,6-0,7%C,


va 0,2…0,6 % N bo’ladi, 0,8-1,2 %N bo’ladi,

To’yingan qatlam - h=0,15-2 mm. To’yingan qatlam h=0,02-0,04 mm,

Sianlangan po’lat toblanadi va past Jarayon davomiyligi – 1,5-3 soat


haroratda bo’shatiladi
Qattiqlik 900…1200 HV
Sementitlashga qaraganda jarayon
tez kechadi, detallar kam qiyshayadi, Asosan tezkesar po’latlardan
qattiqlik va yeyilishga chidamlilik tayorlangan asboblar va yuqori xromli
oshadi po’latlar uchun qo’llaniladi.
§4.2. Nitrosementitlash

Nitrosementitlash – po’lat yoki cho’yan sirtini gaz muhitida uglerod va


azot bilan to’yintirish jarayoni.
500—700°С da – quyi temperaturali nitrosementitlash,
840—930°С da – yuqori temperaturali nitrosementitlash.

Nitrosementitlashning maqsadi - metallning yeyilishga va zanglashga


chidamliligini, mustahkamligini va buyumlarning uzoq muddar ishlashini
hamda ishonchliligini oshirish

Nitrosementitlash muhiti - 70-80% tabiiy gaz (CH4) va 20-30% ammiak


(NH3). Gazlar parchalanadi C va N buyum sirtiga singiydi.

Sianlashdan va nitrosementitlashdan Sianlashning asosiy kamchiligi


kеyin buyumlar toblanadi va sian tuzlarining yuqori zaxarligi.
180-2000C da bōshatiladi,
qattiqligi 58-64 HRCga yеtadi. Niitrosementitlash xavfsizlik va
arzonligi bilan ajralib turadi.
§5. Diffuzion metallash

Diffuzion metallash – bu po’lat sirtini yuqori haroratda har xil metallar


bilan to’yintirish. To’yintirilgan qatlam qalinligi:10 mkm - 3 mm

Diffuzion metallash jarayonida metallar temir bilan qattiq


eritmalarni hosil qiladi.
Sirt alyuminiy bilan to’yintirilsa jarayon nomi alitirlash (900-1200°С
qizdirish kerak),
xrom bilan to’yintirilsa - nomi xromlash (1000-1200°С) ,
kremniy bilan to’yintirilsa –nomi silitsiyalash (1050-1100°С)

Alitirlangan buyumlarning olovbardoshligini oshiradi –


buyumlarni 1200°С.temperaturada ishlatish mumkin.
Silitsiyalash buyumlar olovbardoshligini 800-850°С, qirilishga
qarshigini, kislotalar ta’siriga chidamliligini oshiradi.
Xromlash buyumlar qattiqligini (HV 1600-1800),
olovbardoshligini, zanglashga chidamliligini oshiradi.
Po’latlar sirtini xrom, alyuminiy, kremniy bilan to’yintirib, ularning
olovbardoshligini 1000-1100 °С, yeyilishga chidamlilik 6 marta
oshadi, po’latlar temperaturani tez o’zgarishiga chidamli bo’ladi.

Qattiq muhitda (Mo, W, Nb kukunlari bilan) metall sirtini to’yintirish


Fe, Ni, Ti, kabi metallar uchun qo’llaniladi. Buyumlar vakuumda
yoki inert gazlar muhitida 1000—1500°C da qizdiriladi

Bug’ muhitda (Zn, Al, Cr, Ti bug,lari bilan) metall sirtini to’yintirish
Fe, Ni, Ti, kabi metallar uchun qo’llaniladi
bu jarayon yopiq konteynerlarda past bosimda amalga oshadi.

Gaz muhitda metall sirti Al, Cr, Mn, Mo, W, Nb, Ti larning
gazsimon kim’yoviy birikmalar bilan toyintiriladi va bu jarayon yopiq
pechlarda 700—1000°С amalga oshadi.

Suyuq muhitda metall sirti Al, Cr, Zn, Cu bilan toyintiriladi va bu


jarayon pech-vannalarda 800—1300°С amalga oshadi.
Nazorat savollari:

1. Kimyoviyi-tеrmik ishlash nima? KTI davomida buyum sirtida qanday


jarayonlar kechadi?
2. Sеmеntitlash nima? Maqsadi, jarayonlari va rejimlari. nimadan iborat?
Qanday po’latlar uchun qo’llaniladi va qanday muhitlarda bajariladi?
3. Sеmеntitlangan pōlat qanday tеrmik ishlanadi?
4. Azotlash dеgani nima ? Maqsadi, jarayonlari va rejimlari. nimadan
iborat?
5. Sianlash dеgani nima ? Maqsadi, jarayonlari va rejimlari. nimadan
iborat?
6. Nitrosementitlash dеgani nima ? Maqsadi, jarayonlari va rejimlari.
nimadan iborat?
7. Diffuzion metallash dеgani nima ? Maqsadi, jarayonlari va rejimlari.
nimadan iborat?

You might also like