Professional Documents
Culture Documents
Dasturchi Bòlish Un Maslahatlar
Dasturchi Bòlish Un Maslahatlar
uz
Assalomu alaykum.
Maqolalar bir - biri bilan bog'liq bo'lgani uchun, maqolalarni tartib bilan
o'qib chiqishingiz lozim bo'ladi. Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi?
Maqolalarni tartib bilan o'qib chiqing!
MUNDARIJA
1. Dasturchi bo’lishni xohlaysizmi? . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3
2. Fahriddin Azimov qanday qilib dasturlashni o’rgandi? . . . . . . . . . . . . . 7
3. Qudrat Abdurahimov va uning loyihalari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 11
4. Dunyodagi eng boy odamlar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 13
5. Ideal ish nima? . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 14
6. Talabalarim ishlaridan namunalar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 17
7. Muvaffaqiyatga erishish sirlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 20
8. Ta’limda muvoffaqiyat . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 22
9. Dasturlashni o’rgandim ham deylik, buyurtma topa olamanmi? . . . . . . 24
10. Dasturlashni o'rganish uchun zarur bo'ladigan 7 ta narsa . . . . . . . . . . . 26
2
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Bu savolga aniq bir javob berish qiyin. Chunki talab va taklif, maqsad va
imkoniyatdan kelib chiqqan holda u yoki bu dasturlash tilini tanlash mumkin.
Zamonaviy dasturlash tillarining o’ziga yarasha afzallik va kamchiliklari mavjud.
Agar Siz biror qurilmaga driver yozmoqchi bo’lsangiz, yoki qurilmalar bilan
ishlaydigan dastur tuzmoqchi bo’lsangiz C dasturlash tilini tanlashlik tavsiya qilinadi.
Web saytlar ishlab chiqish uchun PHP & MySql tavsiya etiladi.
Bank tizimi kabi katta xajmdagi va yuqori hafsizlikni talab qilinadigan tizimlarda
Java va Oracle tavsiya etiladi. Mobil telefonlarga dastur tuzishda ham Java
yetakchilik qiladi.
3
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Agar Windows amaliyot tizimi uchun dastur tuzmoqchi bo’lsangiz, visual dasturlash
tillaridan birini tanlashingiz kerak bo’ladi.
Agar buyurtmachi biror dasturlash tilida dastur tuzishlikni talab qilmasa, Siz o’zingiz
xohlagan dasturlash tilida dastur tuzishingiz mumkin. Chunki ba’zi hollarda
buyurtmachini faqat natija qiziqtiradi. Siz qaysi dasturlash tilida dastur tuzishingizni
buyurtmachiga umuman qizig’i yo’q.
Qaysi dasturlash tilini tanlasangiz ham, shu tilni professional darajada o’rganing.
Keyin boshqa dasturlash tillarini o’rganishingiz oson bo’ladi. Bir dasturlash tilini
mukammal darajada (yetarlicha) o’rganmasdan turib boshqasiga o’tish bu
adashishdir. O’rgangan tilingiz bo’yicha kamida bitta tayyor dastur tuzing. Tuzgan
dasturingiz qaysidir bir sohaning muammosini hal qilsin. Hayotda kimlardir u
dasturdan foydalansin. Shundagina Siz qaysidir dasturlash tilini o’rgandim, yoki
bilaman deyishingiz mumkin. Keyin boshqa dasturlash tiliga o’tsangiz bo’ladi.
Bir dasturlash tilini mukammal bilgan dasturchiga, boshqa bir dasturlash tilini
o’rganish qiyin bo’lmaydi.
Siz yashab turgan muhitda, Siz mukammal darajada o’rganishingiz mumkin bo’lgan
dasturlash tilini o’rganishingiz, Siz uchun eng to’g’ri yo’l.
Yo’q. Dasturchi bo’lish uchun albatta Universitetda o’qish shart emas. “Nahotki?”
deb xayron bo’layotgan bo’lsangiz kerak. Xayron bo’lmang. Siz kollej talabasi yoki
Universitetda dasturlash yo'nalishida emas, boshqa yo'nalishda o'qiyotgan
bo'lishingiz mumkin. Lekin mustaqil ravishda dasturlashni o'rganishingiz mumkin.
Maqolani o'qishda davom etsangiz, qanday qilib dasturlashni mustaqil ravishda
professional darajada o'rganishni bilib olasiz.
4
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Buning bir necha sabablari bor. Ba'zi talabalar dasturchi bo'lishni xohlashmaydi.
Diplom olish uchun o'qishayotganini aytishadi.
Misol uchun o’z ko’zim bilan ko’rgan ba’zi voqealarni keltirib o’tsam. 1999 yil men
va do’stlarim Ismoil, Ulug’bek Toshkent Davlat Texnika Universitetiga o’qishga
kirdik. Bir kuni Nabi aka talabalariga Windowsda fayldan nusxa olishni
tushuntirayotganini ko’rib qoldik. Ismoil va men xuddi osmondan tushgandek qotib
qoldik. Fayldan nusxa olish jarayonida bir papkadan xujjatlar ikkinchi papkaga qarab
otilardi. Biz bunaqa narsani ko’rgan emasmiz. Ko’zimiz ham, og’zimiz ham ochiq.
Men Ismoilga, Ismoil esa menga qaraydi. Bir birimizga bu narsani o’rganmasak
bo’lmaydi dedik.
Nabi akani “Telematika” nomli o’quv markazi bor edi. Shu o’quv kursida Ismoil va
men o’qiy boshladik. Ulug’bek esa bu narsalarni darsda o’tilsa shunda o’rganib
olaman deb kursga qatnashmadi. Ismoil va men 3 oylik kursni o'qib tugatdik.
Afsuzki, Nabi akaning vaqtlari kam bo'lganligi uchun "Telematika" o'quv markazi
hozir ishlamayapti. Shuning uchun kompyuterdan boshlang'ich bilim olish
niyatidagilarga Toshkent shaxrida boshqa yaxshi o'quv markazini tavsiya eta
olmayman.
Ma’suda: Siz meni tushunmadingiz shekilli. Men ham dasturlashni bilaman, lekin
dizayn sohasini hammasidan ko’ra yaxshiroq bilaman. Ya’ni men dasturchi emas,
dizaynerman. Dizayn bo'yicha hamma ishlarni Corel Drawda qilishni yoqtiraman.
Sizchi?
Super Domla: Bu nima deganingiz? Axir men domlaman. Biror dasturni oxirigacha
tuzishim shart emas. Talabalarga dars o’tsam bo’ldi.
Menimcha bu dialogni taxlil qilish shart emas. Birorta dasturni oxirigacha tuzmagan
dasturchi, qanday qilib talabalarga dasturlashni o’rgatishi mumkin?
Siz shu kabi Super domlalardan nimadir o'rganaman deb umidvor bo'lmang.
O'zingizga yaxshi domla topishingiz kerak bo'ladi.
6
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Agar siz yaxshi domla topa olmasangiz, yoki universitet talabasi bo’lmasangiz
dasturlashni o’rgatadigan elektron darsliklardan foydalanishingiz mumkin.
Hoziroq dastur.uz saytiga kiring va a’zo bo’ling. Kerakli ma’lumotlarni yuklab oling.
Dasturlash sohasi bo’yicha o’zingizni qiziqtirgan savollarni forum.dastur.uz da
so'rashingiz mumkin.
Bu maqola Siz universitetda o'qimagan oddiy bola Fahriddin Azimov qanday qilib
dasturlashni o’rgangani bilib olasiz. Keyingi maqolalarda esa o'ziga universitet
talabalaridan nima maqsadda o'ziga shogirt izlayotgani bilan tanishasiz.
Fahriddin bilan uchrashib, gaplashib oldik. Men uning bilim saviyasidan TATU ni
tugatgan shekilli. Ba’zi bilmagan narsalarini mendan o’rganmoqchi deb o’yladim.
Dasturlash bo’yicha tushunchasi ancha yaxshi edi. Interbaseni o’rgana oladigan
darajada.
Fahriddin Azimov: 2006 yil Toshkent aloqa kollejining radio televideniya yo’nalisi
tugatdim.
7
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Fahriddin Azimov: Yo’q. Faqat aloqa kollejida o’qiganman. Nasib qilsa keying yil
harakat qilib ko’ramiz TATU ga.
To’g’ri, faqat ma’ruzalar matni bilan ish bitmaydi. Unga shu ma’ruzalar matni
bo’yicha dars o’tgan ustozi Saidolim Djo’rayev (Milliy universitet o’qituvchisi) ham
kuchli programmist.
8
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Fahriddinning bir xususiyati bor ekan. Bu xususiyat xatto menda xam bu darajada
rivojlanmagan.
Fahriddin qilayotgan ishida biror narsani bilmasa, yoki tushunmasa shu narsani
biladigan odam Toshkent shaxrining istalgan burchagida bo’lsa ham, uning vaqtini
topib o’rganishga harakat qilardi. Yoki internetdan izlaydi. Gapning qisqasi oldidagi
muammoni qanday qilib bo’lmasin hal qilishilikka harakat qiladi. Bilmagan narsasini
so’rash, o’rgatishini iltimos qilish, uning uchun vaqt ajratgan odamni mehnatini
qadrlash va rozi qilish uning uchun odatiy xol.
Xatto u haqida ushbu maqolani yozishni boshlaganimda, 2011 yil 16 fevral kuni
ertalab soat 08:15 da, menga telefonda kompyuter tarmoqlarini, protokollarni
o’rgatuvchi ustoz topib berishimni iltimos qilishi buning yaqqol dalilidir.
Afsuski, Fahriddin 2010 yil TATU ga o’qishga kira olmadi. To’lov shartnomasi
(kontrakt) asosida ham. Buning sababi u matematika va fizika fanlaridan kuchli
bilimga ega emasligida. Lekin programma tuzishni biladi.
Ko’p odamlar programmist bo’lish uchun mantiq kuchli bo’lishi kerak. Algoritmni
zo’r bilish kerak va xakazolarni bilish kerak deyishadi. Men ham shu fikrga
qo’shilaman. Lekin har narsaning chegarasi bor.
Menincha matematika, fizika yoki boshqa bir tabiiy fanni yaxshi biladigan insonning
mantiqiy fikrlashi programmist bo’lishga yetadi.
Ba’zi birovlar “Programmist bo’lish uchun, mantiqiy fikrlash juda zo’r bo’lishi
kerak” deyishadi.
Nima matematikani biladigan odamning mantiqiy fikrlashi yo’q ekanmi? Yoki yetarli
emas ekanmi?
Nima fizikani biladigan odamning mantiqiy fikrlashi yo’q ekanmi? Yoki yetarli emas
ekanmi?
9
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Siz xulosa qilishiga shoshmang. Maqolalarni oxirigacha o’qing. Ba’zi narsalarni men
keyingi maqolalarda yozishga majburman. Baribir xulosani o’zingiz qilasizku.
Shunday ekan maqolalarni o’qishda davom eting.
Algoritm masalasiga kelsak. Algoritmni ham ma’lum bir chegarasi bo’lishi kerak.
Undan yuqorisini bilishlik bu fazilat, ya’ni programmistning mahorati hisoblanadi.
Ba’zi kasalliklar borki, ularni faqat mohir vrachlar davolay oladi. Ba’zi kasalliklar
borki, ularni barcha vrachlar davolay oladi.
Ba’zi programmalar borki, ularni faqat mohir programistlar tuza oladi. Ba’zilarini esa
barcha progarammistlar tuza oladi.
Yuqoridagi maqola 18 fevral 2011 yilda yozilgan edi. U vaqtda Fahriddin student
emas edi. Endi Fahriddinni tabriklasak bo’ladi. Chunki u bu yil 2011 – 2012 o’quv
yiliga Toshkent Davlat Texnika universitetiga o’qishga kirdi. Energetika fakulteti 53
– 11 guruh talabasi. Bugun 13.09.2011 yil
10
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Men Qudrat Abdurahimov 1982 yil Xorazm viloyati Shovot tumanida tug’ilganman.
Sizning qimmatli vaqtingizni bexuda yo’qotish niyatim yo’q. Har bir maqoladan
albatta nimadir o’rganasiz.
2009 yildan buyon “Milliy Soft Master” unvoni ostida, o’zbek tilida dasturlar tuzish
bilan shug’ullanib kelamiz. “Milliy Soft Master” dasturchilar guruhida hozircha 2 ta
dasturchi ishlaydi. Do’stim Qudrat Eshmetov va men Qudrat Abdurahimov. Ma’suda
Isayeva dizayn ishlarida qarashadi. O’z bilimiga ishongan insonlarni jon - jon deb
guruhimizga qabul qilardik. Siz dasturchi bo’lishingiz shart emas. Har qanday kasb
egasi bo’lishingiz mumkin. Lekin shu kasbning ustasi, masteri, shu soha bo’yicha
professional bo’lishingiz kerak.
Agar siz kasbingizning ustasi bo’lsangiz albatta biz bilan bog’laning. Siz bilan
internetda daromad qilish sohasida hamkorlik qilishimiz mumkin.
11
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
2009 yil menda dasturlash asoslarini o’rgatuvchi intellektual o’quv dastur ishlab
chiqish ishtiyoqi tug’ildi. Bu dastur bo'lajak dasturchilarga, dasturlash mohiyatini
ochib berishi kerak edi.
O’rgatuvchi intellektual o’quv dasturni ishlab chiqish ishtiyoqi menga hech tinchlik
bermasdi. O’tirsam, tursam, yursam, ovqatlansam xatto uxlaganda xam faqat shu
haqida o’ylaydigan bo’lib qoldim. Kechalari uyqum qochib, tonggacha bu ishni
qanday qilib amalga oshirish haqida o’ylab chiqardim.
Men hozirgi kundagi barcha eng mashhur dasturlash tillarini o’rgatuvchi elektron
darslik ishlab chiqishni oldimga maqsad qilib qo’ydim. Ular quyidagilar:
1. Delphi
2. C++
3. C#
4. PHP & MySql
5. Java
Pascal dasturlash tili boshqalariga nisbatan sodda bo’lganligi uchun birinchi o’rinda
Pascalda dasturlash asoslarini o’rgatishni boshladim. Chunki, Pascal dasturlash tili,
Niklaus Birt tomonidan 1970 yil universitetlarda strukturali dasturlashni talabalarga
tushuntirish maqsadida ishlab chiqilgan. (Ko’proq ma’lumot olish uchun
http://ru.wikipedia.org/wiki/Pascal ga murojaat qiling)
2009 yil avgust oyida dastur oxiriga yetdi. Dasturlash sohasidagi ko’p yillik tajribam
va pedagogika sohasidagi 5 yillik tajribam asosida “Dasturlash asoslari” nomli,
o’rgatuvchi multimediali intellektual o’quv dasturni ishlab chiqdim.
2012 yil “C++ da dasturlash asoslari” nomli video kursni ishlab chiqish.
Diqqat tez kunda “C++ da dasturlash asoslari” nomli video kurs chiqish arafasida.
C#, Java, PHP tillari bo’yicha elektron darsliklarni ishlab chiqishni ham
rejalashtirganmiz.
12
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Assalomu alaykum.
Bu maqolada siz bilan dunyodagi eng boy odamlar haqida suhbatlashsak va ularning
faoliyatiga ozgina nazar solsak.
“Forbs” jurnali har yili dunyodagi eng boy 500 ta odamni ro’yxatini e’lon qiladi.
Shularning eng boy beshtasi quyidagilar: (2009 yil)
2) “Forbs” jurnali mashhur moliyachi va investr Uorren Baffetni, dunyodagi eng boy
odamlar ro’yxatida 2 – o’rinda turishligini e’lon qildi. Uning sarmoyasi 35 milliard
dollarni tashkil qiladi.
3) Uchinchi o’rinni aka – uka Karl va Teo egallaydi. Ular germaniyada arzon
maxsulotlar do’konining tarmoq strukturasini ishlab chiqishgan. ( Aldi stores). 90 yil
davomida aka ukalar birga yashashdi, ishlashdi. Ular hisob raqamlarini umumiy deb
e’lon qilishdi. Xamma narsani birgalikda boshqarishdi. Nima uchun shunday
qilayotganliklari haqida intervyu berishdan bosh tortishdi. Ular ko’p yillardan buyon
bir shaxs sifatida qaraladigan bo’lishgan. Ularning sarmoyasi 26,8 milliard dollarni
tashkil qiladi.
4) Microsoft firmasi asoschilaridan yana biri bo’lmish Pol Allen 4 – o’rinni egalladi.
Uning sarmoyasi 25,3 milliard dollarni tashkil qiladi.
E’tibor beradigan bo’lsak, dunyodagi eng boy 5 ta odamdan 3 tasining ish faoliyati
programma va programma mahsulotlarini ishlab chiqishga bog’liq.
Ular Bill Geyts, Pol Allen Microsoft firmasi asoschilari va Elloson Lourens Oracle
kompamiyasi asoschisi.
Katta boylikka ega bo’lish sirlaridan biri, bu ideal ish bilan shug’ullanishdir.
13
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Assalomu alaykum bo’lajak dasturchi. Bugun siz bilan ideal ish nima ekanligi haqida
suhbatlashamiz.
1 – Biror ishni shu darajada maromiga etkazib qilish kerakki, hech qanday
kamchilikka yo’l qo’yilmasin. Bajarilgan ishda hech qanday kamchilik kuzatilmasin.
2 – Ideal ish shuki, bir marta qilish bilan uzoq vaqt, yillar davomida daromad olinsin.
Ko’pchilik insonlar birinchi turdagi ta’rifga asosan ish qilmoqchi bo’lishadi. Ya’ni
qilayotgan ishlarini hech qanday kamchiliksiz, mukammal, ideal holda bo’lishi uchun
harakat qilishadi. Lekin har qanday ishni 100% mukammal, ideal holda ishlash inson
bolasi qo’lidan kelmaydigan ishdir.
To’g’ri, har qanday ishni imkoniyat darajasida mukammal qilishga harakat qilish
kerak. Lekin bu 100% degani emas.
Ishning 2 xil turi bor. Chiziqli va chiziqli bo’lmagan daromat keltiruvchi ish.
Misol uchun Ne’mat, biror korxonada ishlaydi. Ma’lum miqdorda oylik oladi. Ba’zan
rag’batlantirish yoki yordam puli olib turadi. Bu ish, chiziqli daromad keltiruvchi
ishga misol bo’ladi.
Nimadir ish qilasiz ( bir oy ishlaysiz ) – pulga ega bo’lasiz (oylik olasiz). Yana
nimadir qilasiz, shu ishingizga yarasha haq olasiz. Ko’pchilik insonlar shu tarzda
14
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
ishlashadi. Oladigan maoshi orqali kun kechirishadi. Agar ishlaridan ajrab qolishsa
daromadsiz qolishadi. Ishsiz qancha yashashingiz mumkin?
Chiziqli bo’lmagan daromad keltiruvchi ish orqali buni amalga oshirish mumkin.
Djoan Rouling Garry Potter romanini yozdi va butun urmlik daromadga ega bo’ldi.
Bu kitob 60 dan ortiq tillarga tarjima qilindi. 250 million nusxada sotildi. Sunday
Times gazetasining ma’lumotiga qaraganda, 2004 yil Djoan Rouling Buyuk
Britaniyadagi eng boy ayol. Uning sarmoyasi 545 million funt sterling.
Yo’q unday emas. Yer yuzida ming – minglab programmistlar bor. Ular Bill
Geytsdan boy bo’lmasalarda, o’z ishlariga yarasha nasibalarini olishdi va
olishmoqda. Men Bill Geyts xammaga mashhur bo’lganligi uchun misol tariqasida
keltirdim.
Bu ish shunday ishki, bir marta qilish bilan uzoq vaqt, yillar davomida daromad
olishga ega bo’lasiz.
15
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Ya’ni hech qayerda o’qimagan odam xam, mustaqil dasturlashni o’rganib, tuzgan
dasturiga mualliflik qilish huquqiga ega.
Yana Bill Geytsdan misol olishimiz mumkin. U 1973 yil Garvard universitetiga
o’qishga kiradi. 2 yildan keyin ya’ni 1975 yil universitetni tashlab ketadi va dastur
ishlab chiqish bilan shug’ullana boshlaydi.
Qolgan gaplar o’zingizga ma’lum. Hozirgi kunda Bill Geyts boshchiligida ishlab
chiqilgan Windows amaliyot tizimi yer yuzidgi 92% shaxsiy kompyuterlarda
foydalaniladi.
Garvard universiteti ma’muriyati “Endi Bill Geytsga diplom bermasak uyat bo’ladi”
deb hulosaga keldi shekilli. 2007 yil iyun oyidan boshlab Bill Geyts Garvard
universiteti bitiruvchisi deb qarala boshlandi.
Siz Bill Geyts bo’lishingiz shart emas, lekin ideal ish qilishingiz mumkin.
Siz qanday ideal ish qilishingiz mumkinligi haqida keyingi maqolalarda gaplashamiz.
Hozircha Siz maqolalarni o'qishda davom eting.
Assalomu alaykum.
Ba`zi yosh dasturchilar "Siz qanday dasturlar tuzgansiz?" yoki "Qanday dasturlar
tuza olasiz?" dagan ma`noda savollar berishadi.
Bu kabi savollar sizda ham paydo bo`lgan bo`lsa ajab emas. To`g`risini aytganda, Siz
uchun men nima qila olishimdan ko`ra, sizga nimani o`rgata olishim muximroq.
Shunday emasmi?
“Aziz, agar shu kungacha o`rganganlarimiz asosida mustaqil ravishda biror dastur
ishlab ko`rsatmasang bu semestr senga baxo qo`ymayman” – dedim.
“Qudrat aka, Graph moduli asosida biror rasm chizsam bo`ladimi?” – dedi.
Men ruxsat berdim. 1 – 2 xafta davomida mendan tushunmagan narsalarini so`rab
o`rgandi va oxirida menga Graph modulida mashina rasmini chizib berdi. Azizga shu
semestrda 3 yoki 4 baxo qo`yganimni hozir eslay olmayman. Quyida esa Rasulov
Aziz chizgan mashina rasmi keltirilgan.
17
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Siz uchun bu narsa oddiy ko`rinishi mumkin. Agar Siz dastrulash tillarida rasm
chizishdan xabaringiz bo`lsa, bunday deb o`ylamaysiz. Bu ancha mehnat talab
qiladigan ish. Sizga men dasturlashdan o`rta hol o`quvchim ishini taqdim etdim.
18
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Yer yuzida millionlab o'yin dasturlari bor. Shularning qatorida talabalarim ishlab
chiqqan dasturlar ham bor. Bu esa oddiy narsa emas. Xatto universiset
tugatuvchilarining hammasi ham bu dasturlarni tuza olmaydi. Bu talabalar esa oddiy
kollej talabalaridir.
Ming marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi. Siz talabalarim tuzgan dasturlar
bilan tanishib chiqing. Bu dasturlarni dastur.uz saytidan yuklab olishingiz mumkin.
Bundan tashqari, universitetda o’qiydigan shogirtlarim tuzgan dasturlarning tekinlari
bilan tanishishingiz mumkin. Buyurtma asosida qilingan dasturlarni saytga joylashga
buyurtmachilar ruhsat bermaydi.
19
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Oldingi maqolalarda siz bilan dunyodagi eng boy odamlar va ularni faoliyati, ideal
ish nimaligi, talabalarim tuzgan ba’zi dasturlar bilan tanishib chiqdik.
Bir oldingi maqolada “Siz dasturchi bo’la olasizmi? degan savolga javob izladik.
Kimdir, oldingi maqoladagi oddiy masalalarni yechishni bilishlik programmist
bo’lishga kifoya qilarkanmi? desa.
Biz HA deb javob beramiz. Mening uslubim bo’yicha kamida shu bilimlarni bilish
kerak. Bulardan ko’proq bilish, albatta juda yaxshi.
Bu maqolada siz bilan muvaffaqiyatga erishishning eng asosiy sirilari bilan tanishib
chiqamiz.
Bu jumlalarning ma’nosini tushunish uchun sizga bir qiziq masal aytib beraman.
Qurbaqalar musobaqasi haqida. Hey shoshmang – shoshmang. Maqolani oxirigacha
o’qib ko’ring, keyin xulosa qilasiz. Ok.
QURBAQALAR MUSOBAQASI
Tomoshaga kelgan hayvonlar ot, mushuk, eshak … kimga muxlislik qilishlarini aniq
bilishmasada, bor ovozda baqirishardi. Ularni kim birinchi kelishi emas, qurbaqalar
bu tepalikka chiqa olishi yoki chiqa olmasliklari qiziqtirar edi.
Qurbaqalar bir sakrab bir to’xtab, bir sakrab bir to’xtab musobaqani davom
ettirishyapti. To’xtaganda ba’zilari og’zini ochar, ba’zilari yutinib qo’yardi.
“Bari bir birinchi bo’lib bora olmaysan. O’zingni qiynab nima qilasan” – deya baqirdi
tulki.
Tulki gapini eshitgan ba’zi musobaqa qatnashchilari, o’zlaridan bir necha qadam
oldindagi raqiblarining ko’pligini ko’rishib, musobaqani to’xtatishdi.
Vaqt o’tishi bilan muxlislar qurbaqalar bu tepalikka chiqa olmaydi degan fikrga borib
qolishdi. Qurbaqalarning ruhiyatini tushiradigan olqishlarni yog’dirishda davom
etishdi.
“Bularning ota bobolari bu tepalikka chiqqan emas. Bular chiqa olarmidi?” deya
hayqirdi ot.
Hamma hayron. Yo’lning teng yarmi hali oldinda edi. Endi qolgan hayvonlarga
qo’shilib boshqa qurbaqalar xam uning ustidan kula boshlashdi.
Nihoyat qosh qorayganda qurbaqa manzilga yetib kelib xammani hayron qoldirdi.
Chunki g’olib qurbaqa jismonan baquvvat emas edi.
21
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Agar manfiy firklar ta’siriga tushib qolsangiz ushbu maqolani qayta – qayta o’qing.
Forumlarga kirib musbat fikr aytuvchilar bilan suhbatlashing. Yoki
dasturchi@mail.ru ga xat yozishinigiz mumkin. Ha, xech hijolat bo’lmasdan xat
yozishingiz mumkin.
TA’LIMDA MUVOFFAQIYAT
Oldingi maqolalarda siz bilan dunyodagi eng boy odamlar va ularni faoliyati, ideal
ish nimaligi va talabalarim ishlaridan namunalar bilan tanishib chiqdik. Bu maqolani
o’qishdan oldin yuqorida sanab o’tilgan maqolalar bilan tanishib chiqishingiz kerak
bo’ladi.
22
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Agar siz fizika fanini yaxshi bilsangiz, demak fizika fani o’qituvchisini yaxshi
ko’rgansiz, xurmat qilgansiz.
Agar biror fanni yaxshi bilmasangiz, shu fan o’qituvchisiga nisbatan muhabbatingiz,
xurmatingiz bo’lmagan. Biror fanga qiziqsangiz xam o’qituvchi tufayli shu fanni
yaxshi o’rgana olmagan bo’lishingiz mumkin.
Siz yoqtirmaydigan inson biror narsani 100% to’g’ri gapirsa ham, siz unga biroz
shubxa bilan qaraysiz.
Siz yaxshi ko’radigan inson xato gapirsa ham uning fikriga qo’shilasiz, yoki
qo’shilishga majbur bo’lasiz.
Ustozlar xam o’zlari yaxshi ko’radigan talabasiga nimadir o’rgata oladi. Talaba
qancha iqtidorli bo’lmasin, ustozining unga muhabbati tushmasa xech narsa o’rgata
olmaydi.
Agar siz menga ishonsangiz, men tuzgan dasturlar orqali dasturlashni o’rganishni
boshlasangiz bo’ladi.
23
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Bu savolga javob berish bir oz qiyin, chunki savol beruvchining yuzidan menga
hoziroq 100$ lik buyurtma topib berasan degan nigohni o’qib olish mumkin.
Men sizga 1 – 2 ta hayotiy misol keltiraman, shundan o’zingiz xulosa chiqarib olasiz.
Bu maqolada talabalarimni xijolat qilmaslik uchun ismlarini yozmayman.
Talaba: Bilasizku Qudrat aka, programma tuzishni o’rganganim bilan talab yo’q.
Talaba 2 – 3 sekund o’ylanib turdida: “To’g’ri aytasiz Qudrat aka” – deb javob berdi
va sekingina kulib qo’ydi. Uning yuzida tabassum va uyalish xissi bor edi.
Yuqoridagi voqea sizga umumiy gapdek tuyulishi mumkin. Lekin siz xulosa qilishga
shoshilmang. 2 – voqeani ham oxirigacha diqqan bilan o’qib chiqing. Keyin o’zingiz
chiroyli bir xulosa qilasiz. Kelishdikmi? :)
2010 yil, kuz fasli. TATU da 4 – kurs talabalariga “Axborot Tizimlarini Loyihalash”
fanidan dars beraman.
Bunaqa savollarga 2 og’iz gap bilan javob berib bo’lmaydi. To’g’rirog’i men javob
bera olmayman.
24
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Qudrat: “Topa olsang, bor” – dedim. Boshqa narsa deya olmadim. Chunki men har
bir talabamni ish yoki buyurtma bilan ta’minlashdan ojizman. Yaxshiroq biladigan
talabalarga o’z buyurtmalarimdan ba’zilarini berdim. Buni ko’rgan boshqa talabalar
ularga ham ish topib berishimni istab qolishdi. Lekin ular hali tayyor emas edi.
Mashina xaydashni o’rgatgan ustoz har bir shogirdiga yo’lovchi topib berishga
mas’ul emas. Kirakashlik qilib kamroq pul topgan odam yoki mijoz topa olmagan
odam, mashina xaydashni o’rgatgan ustozini ayblashi to’g’ri emas. Bu narsa ham
shunga o’xshash.
Eng qiziq joyi bir necha kundan keyin sodir bo’ldi. Shogirdim Fahriddin Azimov
telefon qilib qoldi:
Fahriddin Azimov : Assalomu alaykum Qudrat aka. Yaxshimisiz?
Qudrat Abdurahimov: Vaalaykum assalom. Rahmat.
Fahriddin Azimov: Bir narsa so’ramoqchi edim, vaqtingiz bormi?
Qudrat Abdurahimov : So’ra, bemalol.
Aytuvdimku sizga, bir ikkita buyurtmam bor deb. Kompyuter ustaxonasi, internet
kartochkalar, ….
Shunga qarashgani kerak edi. Mayli, pulini ham imkoniyatga qarab kelishib
ketarmiz…
TATU 4 – kurs talabasi, ertaga qo’liga dasturchi degan diplomni oladigan talaba
“Dasturlashni o’rganaymi - yo’qmi? Talab bormi – yo’qmi?” deb yuribdi.
2010 yil TATUga xatto to’lov shartnomasi (kontrakt) asosida ham o’qishga kira
olmagan inson, Fahriddin, dasturlashni o’rganib, buyurtma olib dastur ham tuzyapti.
Xatto o’ziga shogird ham izlayapti.
Men sizga 2010 yil dekabr oyida bo’lgan voqealarni yozdim. Xulosa qilish
o’zingizga.
25
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Siz bilan quyidagi bir xil ma'nodagi savollarga javob izlashga harakat qilamiz:
Siz yaxshi dasturchi bo'lishingiz uchun kerak bo'ladigan asosiy 7 ta narsa quyidagilar:
Agar Siz kompyuterga ishlashni yaxshi bilmasangiz yoki biror sonning 19 foizini
bilmasangiz, unda oldin shu bilimlarni egallashingiz kerak bo'ladi. Keyin dasturlash
bilan shug'ullanishingiz mumkin.
O'zbekcha kitoblar juda ko'p bo'lmasa ham, juda yaxshi bo'lmasa ham bor. Yo'q
emas. Ularning ba'zilarini men http://dastur.uz ga joylaganman. Ko'chirib
foydalanishingiz mumkin.
Shaxsan meni o'zim Pascal va Delphi bo'yicha o'quv qo'lanmani yozib chiqdim va
saytimga joylab qo'yganman. C++ Builder va C++ da dasturlash asoslari bo'yicha
26
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
ma'ruzalar matnini tayyorlayapman. Ularni 2012 yil Navro'z bayramidan keyin, aprel
- may oylarida http://dastur.uz ga joylashni rejalashtirganman.
"Shart emas hammasini tarjima qilishim. Yetadi shu 500 ta misol. Xali shuni o'rganib
chiqishsin bo'lajak dasturchilar" - degan xayollar o'tdi boshimdan.
Ba'zi narsalarni o'rganishda video kurs kitobdan ko'ra yaxshiroq samara beradi, ba'zi
o'rinlarda esa kitob yaxshi. Xech qachon video kurs kitobni o'rnini bosa olmaydi va
kitob ham ba'zi masalalarda video kurs o'rnini bosa olmaydi. Har ikkalasining ham
o'z o'rni bor.
Sizda paydo bo'lgan savollarning 99% ga GOOGLE amaki javob bera oladi. Yoki
Yandex amakidan ham yordam so'rashingiz mumkin. Sizda paydo bo'lgan savolning
javobni o'zingiz topishga harakat qiling. Boshida albatta qiynalasiz. Muammolarni
27
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
"Manabuni tushuntirib yubor, aytib yuborsang nima bo'ladi. Biror joying kamayib
qoladimi? yana nima balolardir" degan bilan ish bitmaydi.
Undan ko'ra " 5 minut vaqting bormi o'rtoq? Yoki keyinroq kelaymi? Qachon kelsam
bo'ladi? 1 ta savolim bor edi" - shaklida ishlatilsa juda zo'r bo'lardi.
Bundan tashqari savol berish odoblari ham bor. Shunga amal qilinsa boshqalarni ham
bezor qilib qo'ymaysiz. Oldin savolga javobni o'zingiz izlang. Keyin bu savolga
javob berishi mumkin bo'lgan bir nechta odamdan so'rab o'rganing. Ularning fikrini
solishtiring.
Ko'p narsani biladigan insondan ixtiyoriy kitobdan topish mumkin bo'lgan, yoki ko'p
inson bilishi mumkin bo'lgan narsani so'ramang. Odobsizlik hisoblanadi. U kishining
vaqtini olmang. Unday insonlardan o'ziga xos qiyin masalalar so'raladi. Har xil
mayda savollarni so'rayvermang. (Dars vaqtida so'rash mumkin. Darsdan tashqari
xollarda vaqtini olmang)
7. Vaqt va sabr;
Dasturlash asoslarini o'rganish uchun 1 yil - 2 yil vaqtingiz ketadi. Bu har kimning
o'ziga bog'liq. Men yuqorida aytib o'tgan masalalarni o'rganish uchun sizning 1 yil
vaqtingiz ketishi mumkin. Yoki undan ham ko'proq ketishi mumkin. Asosiysi qancha
vaqtingiz ketsa ham shu masalalarni kami 80% o'zlashtirishingiz kerak bo'ladi. Bu ish
oson bo'lmaydi. Birinchi marta ishlab chiqqanda 500 ta masalani o'rganishingiz
mumkin. Bu yaxshi ko'rsatkich. Yana bir marta masalalarni boshidan ishlab
chiqqanda Siz o'rgangan masalalar soni 600 taga yetdi. Bu ham yaxshi ko'rsatkich.
Gapning qisqasi dasturlashni o'rganganda falonchi mendan oldin ketdi, men keyin
qoldim degan gap shart emas. Siz o'zingizni - o'zingiz bilan solishtiring. Men oldingi
oyda 200 ta masalani yechishni bilardim. Xozir 250 ta masalani yechishni bilaman.
Shu tartibda Siz kamida 800 ta masalani yechishni o'rganing. Agar 1000 tasini ham
yechishni o'rgansangiz juda zo'r bo'ladi. Oldidan aytib qo'yaman, vaqt ko'p ketadi,
ancha qiynalasiz. Qiynalgan vaqtlaringizda qarang, Sizda atigi 400 ta masala qolibdi.
600 tani yechishni o'rganibsiz. Endi qolgan 400 tasini ham bir g'ayrat qilib o'rganib
chiqing.
28
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Siz bu 1000 ta masalani o'rganish bilan dasturlashni 1/5 qismini o'zlashtirgan bo'lasiz.
Men Sizni quyidagi 3 ta narsa bilan ta'minlashim mumkin. Qolganlari esa o'zingizga
bog'liq.
Assalomu alaykum bo’lajak dasturchi! Endi nazariy qismdan amaliy ishga o’tish
vaqti keldi.
Men Delphi, C++, C#, Java, PHP bo’yicha ham elektron darslik qilishni oldimga
maqsad qilib qo’yganimni oldingi maqolalarda aytganman. Pascal va Delphi bo'yicha
video kurs chiqqanidan ham xabaringiz bor. Endi navbat C++ ga keldi. Xo'sh, "Nima
uchun C++ ni o'rganishim kerak?" degan savolga javob izlasak. Buning bir nechta
sabablari bor.
C++ tili Bern Stroustrup (Bjarne Stroustrup) tomonidan 1979 yil ishlab chiqilgan.
Boshida Sraustrup yangi tilni "C with Class" deb nomladi. Keyinchalik 1983 yilda bu
nom C++ ga o'zgartirildi. C++ oddiy C dasturlash tiliga yangi imkoniyatlarni,
funksiyalarni, ob'ektga yo'naltirilganlik xususiyatlarini olib kirdi.
C++ dasturlash tili, C dasturlash tili asosida qurilgan va uning barcha imkoniyatlarini
o'zida saqlaydi. Qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, C++ da yozilgan dastur kodida C
ning kodlarini ishlatish mumkin.
Djess Libertining fikricha C++ va Java dasturlash tillari bir - biriga juda o'xshash.
"Bulardan birini o'rgangan dasturchi ikkinchisini 90% o'zlashtiradi." deb yozadi
Liberti o'zining "C++ за 21 день" nomli kitobida (kitobning 29 - betiga qarang).
29
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Umuman olganda har bir dasturlash tilining o'xiga xos afzalli va kamchiliklari,
ishlatiladigan o'rni bor.
Savol: Men Javani (C# ni) o'rganishni xohlayman. C++ ni o'rganmasdan to'g'ridan -
to'g'ri Javani (C# ni) o'rganishni boshlashlik afzal emasmi?
Javob: Java yoki C# ni to'g'ridan - to'g'ri o'rganishni boshlashlik afzal bo'ladi, agar
sizga haqiqiy ma'noda bu dasturlash tillarini o'rgata oladigan odamni topsangiz.
1. Ma’ruzalar matni;
2. Video ma’ruza;
3. 1000 dan ortiq masalalar to’plami;
4. 1000 dan ortiq masalaning yechimi;
5. Dastur taxlili;
1) Ma'ruzalar matnini ishlab chiqish uchun bir yildan ortiq vaqt ketdi. Ba'zi
tushuntirish qiyin bo'lgan mavzularni bir nechta kitobdan o'qib chiqib keyin yozishga
tog'ri keldi. 1000 ta masalani yechish uchun ushbu ma'ruzalar matni kifoya qilishi
kerak edi. Ba'zi masalalar uchun kerak bo'ladigan funksiyalarni tushuntirish uchun
ma'ruzaga o'zgartirishlar kiritildi. Shuning uchun ma'ruzalarda qo'shilgan
masalalarning sanalariga e'tibor beradigan bo'lsangiz har xil va bir - biridan juda
uzoq.
2) Video ma'ruzalar ishlab chiqildi. Chunki, ba'zi narsalarni video orqali tushuntirish
oson va qulay. Lekin ba'zi mavzularni, narsalarni ma'ruzalar matnidan o'qish,
o'rganish qulay. Shuning uchun har ikkalasi ham tayyorlandi. Bular bir birlarining
kamchiliklarini to'ldiradi.
Bir o'zim tarjima qila olmaganimdan keyin do'stlarim Farxod Abdirimov va Dilobar
Nigmanovalardan yordam so'radim. 3 kishi bir bo'lib harakat qilib tarjimani oxiriga
etkazdik :)
31
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Video kursda faqat C++ dasturlash tili emas. Dasturlashning mag'zi, mantig'i, asoslari
o'rgatildi. Barcha dasturlash tillarida asos, mantiq, algoritm bir hil bo'ladi. Barcha
dasturlash tillarini birlashtirib turuvchi asos o'rgatildi.
32
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Xatto, video kursning asosiy qismlari bo'lgan ma'ruzalar matni va masalalar taxlilini
inobatga olmasdan, faqat 1000 ta masalaning yechimini o'zini olib qaraylik, maylimi?
Qanchaga o'rgatadi?
Agar Siz har bir masala uchun 0,5$ berishni taklif qilsangiz, unda
Siz masalalarning teng yarmi 500 tasini o'zingiz mustaqil o'rgandingiz deb
hisoblasak, 500 tasini yechib berishini iltimos qilishingizga to'g'ri keladi. Demak,
Shu oddiy talabalar bilishi kerak bo'lgan 1000 ta masalaning dasturini tuzishni
bilmasangiz,
Yuqoridagi savollarga o'zingiz javob bering. Demak, Siz uchun xozirgi kundagi eng
to'g'ri yo'l C++ video kursini a'lo darajada o'rganish.
33
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Dastrurlash san`atini
Har qanday yuqori darajali dasturlash tillari asoslarini 3 oyda o`rgana olasiz
1 – Savol: C++ da dasturlash asoslari video kursini to’la o’rganish uchun qancha
vaqt ketadi?
Javob: Har qanday ishni boshlash qiyin bo’ladi. Agar Siz “Dasturlash asoslari”ni
sabr bilan mukammal o’rgansangiz, C++da ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashni
o'rganish oson bo'ladi.
34
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
35
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Botirxon Ziyatov "Kelajak Ovozi 2011" ko’rik tanlovi g'olibi. TATU 3 - kurs
talabasi.
Qudrat, Toshkentda eng mashhur bo'lgan Kalanov nomli kompyuter kollejida, ko'cha
bezorilaridan iborat guruhlarda kuchli programmist shogirtlar tayyorlay oldi va
Qahramon Zuparov kabi talabchan direktor nazariga tushdi.
36
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
P.S. www.dastur.uz sayti bilan tanishib boring. Siz uchun qiziqarli elektron darslik
va ma’lumotlarni berib boramiz.
P.S.S. Agar Siz o’z kasbingiz ustasi (Masteri) bo’lsangiz, biz bilan bog’laning. Siz
bilan hamkorlik qilishdan biz hursand bo’lamiz.
37
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Bular quyidagilar:
Turbo Pascalda dasturlash asoslari intellektual o`quv dasturni ko’rib chiqishni nafaqat
bo’lajak dasturchilarga, balki “Dasturlash asoslari” fani o’qituvchilariga ham tavsiya
etamiz.
38
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Dastrurlash san`atini
Har qanday yuqori darajali dasturlash tillari asoslarini 3 oyda o`rgana olasiz
Men Delphi, C++, C#, Java, PHP bo’yicha ham elektron darslik qilishni oldimga
maqsad qilib qo’yganimni oldingi maqolalarda aytganman.
1. Men 1999 yildan buyon Pascal va Delphi bilan shug’ullanaman. 10 yillik tajribaga
egaman.
Windows tizimi uchun dastur tuzishda, Delphi eng tezkor vosita ekaniga bir dalil
keltirsak. Dalilimiz asosli ekanini tasdiqlash uchun ruscha matnni o’zini keltiramiz.
http://ru.wikipedia.org/wiki/RAD_(программирование)
Embarcadero RAD Studio — среда быстрой разработки приложений (RAD для
Microsoft Windows фирмы Embarcadero Technologies.
Текущая версия Embarcadero RAD Studio 2010 объединяет Delphi 2010 и C++
Builder 2010 в единую интегрированную среду разработки. В данной версии
также реализована поддержка таких технологий .NET, как WinForms, WPF,
ADO.NET, ASP.NET и LINQ.
2006 yil noyabrda Borland firmasi dasturiy vositalar bilan ishlash bo’limlarning
barchasi o’zining qaramog’idagi bo’lgan CodeGear firmasiga o’tganligini e’lon qildi.
Umuman olganda Delphi 7 ning o’zida Windows uchun har qanday dasturni tuzish
mumkin. Shuning uchun Delphining keyngi versiyalarida asosiy urg’u .NET va
boshqa texnologiyalarga qaratilgan.
Eng asosiysi, men hozirgi kunda boshqa dasturlash tillariga nisbatan Delphini
ko’proq bilaman. Shu kungacha http://dastur.uz saytida e’lon qilingan barcha
dasturlar Delphida tuzilgan. Shuning uchun birinchi Pascal va Delphi bo’yicha
elektron darslik qilishni tanladim.
40
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
41
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
78$ to’rt yillik kontrakt puli yonida xech qancha qiymatga ega emas. O’zingiz
hisoblab ko’ring! 78$ ni O’zbekiston Markaziy Bankining dollarga nisbatan joriy
kundagi qiymatiga ko’paytiring va solishtirib ko’ring.
Bu narsalarni o’rganish uchun mening 10 yil umrim ketdi. Qancha asab ketdi. Ba’zi
narsalarni 6 oy izlaganman. Shu 10 yilda o’rganilgan ilimlarni Siz 1 yilda
o’rganishingiz mumkin.
“Delphi Expert” orqali dastur tuzishni o’rgandingiz ham deylik. Bu Sizga nima
beradi?
Siz o’z diplom loyihangizni Delphida qilishingiz, yoki kimningdir diplom ishi
dasturini tuzib berishingiz haqida gaplashib o’tirmaymiz.
Misol uchun Siz quyidagi dasturlarni tuzish orqali daromad qilishingiz mumkin.
42
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Hozirgi kunda xorijiy tillarni o’rganishga talab juda katta ekanini bilasiz.
Afsuzki, hozircha o’zim tuzib chiqqan 1 – 2 dasturdan bochqa o’zbek tilida xorijiy
tillarni haqiqiy ma'noda o’rgatuvchi dasturlar yo’q. ( Learn By Heart, English for pre
- intermediate)
O’zbek tilida, ingliz tilini o’rgatuvchi dasturlarni har xil medotlar bilan ishlab chiqish
mumkin. Bu degani, bitta ingliz tilini o’rgatish uchun 10 xil yoki undan ham ko’proq
dastur ishlab chiqish mumkin. Agar ingliz tilini yaxshi bilmasangiz, minglab ingliz
tilini yaxshi biladigan o’qituvchilar bor. Shular bilan hamkorlik qilishingiz mumkin.
Ingliz tili o’rnida boshqa ixtiyoriy til ham bo’lishi mumkin.
Ingliz tilini o’rgatuvchi dasturingizni o’rtacha 5$ dan soting. Siz uchun 4$ sof foyda
keltirsin.
Agar siz o’z dasturingizdan 100 nusxa sotsangiz, 400$ sof foyda qilasiz.
Endi Siz dasturingizni 200, 300, … nusxada sotsangiz qancha foyda qilishingizni
o’zingiz hisoblab ko’ring.
Hali bu bir dastur orqali ko’rgan foydangiz. Agar bir nechta dastur tuzsangiz qancha
bo’lishini yana bir hisoblab ko’ringchi!?
Yoki Siz buxgalteriyaga doir dastur tuzishingiz ham mumkin. Buxgalteriya sohasida
albatta yangiliklar bo’lib turadi. Bu asa Sizning qo’shimcha daromad manbaingizdir!
Siz hech ham buzgalteriyaga oid "1C" yoki "БЭМ" kabi professional dasturlardan
cho'chimang. Chunki dastur qanchalik mukammallashsa, undan foydalanish
shunchalik murakkablashadi.
Siz tor doira uchun buxgalteriya dasturini tuzing. Ya'ni biror korxonani talab va
taklifi asosida, aynan shu korxona uchun dastur ishlab chiqing. Shunda bu korxona
har qanday professional dasturni qo'yib, o'zining ehtiyojlarini to'la qondiradigan va
sodda bo'lgan Sizning dasturingizni tanlaydi.
Shu dasturning o'zini yoki qisman o'zgatrirish orqali boshqa korxonaga ham taklif
qilishingiz mumkin.
43
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
44
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Amaliyot qismida
Har bir masala uchun yuqoridagi narsalarni kiritish uchun insonda tog'dek
sabr va kasbiga fidoyilik kerak bo'ladi.
Bir kun kelib bu bola hech kim qilmagan ishni qiladi deb o'ylamagandim.
Bo'lajak yosh dasturchilar, Siz ham bir kun kelib hech kim qilmagan ishni
qilishingiz, hammani hayron qoldirishingiz mumkin. Buning uchun Siz
Qudrat yurgan yo'ldan yurishingiz kerak bo'ladi.
45
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
46
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
P.S. www.dastur.uz sayti bilan tanishib boring. Siz uchun qiziqarli elektron darslik
va ma’lumotlarni berib boramiz.
P.S.S. Agar Siz o’z kasbingiz ustasi (Masteri) bo’lsangiz, biz bilan bog’laning. Siz
bilan hamkorlik qilishdan biz hursand bo’lamiz.
47
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Ba’zi mutaxassislar ingliz tilini bilish uchun grammatikani yaxshi bilish lozimligini
uqtirishsa, ba’zilari so’z boyligini oshirishni uqtirishadi.
Bu ikkala fikr ham to’g’ri. Lekin, ingliz tilini bilmaydigan biror kimsa, ingliz tilida
gaplashuvchi davlatga borib qolsa, nima bo’ladi?
Ingliz tili grammatikasidan hech qanday dars olmasa ham, 6 oy bir yil ichida
inglizcha gaplashishni o’rganib oladi.
Buni hech kim inkor qila olmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, ingliz tili bo’yicha
so’z boyligining ko’p bo’lishi, grammatik qoidalarni bilishdan ko’ra muhimroq degan
xulosaga kelish mumkin.
Ingliz tili grammatikasini o’zingiz xohlagancha o’rganing. Biz esa, ingliz tilidagi so’z
boyligingizni oshirishning eng samarali metodini Sizga taqdim qilayotganimizdan
hursandmiz.
“Learn By Heart” dasturi - ingliz tilini o’rgatuvchi, o’zbek tilidagi ilk dasturlardan
biri.
48
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
“Learn By Heart”
narxi 15$
15$ qimmat deb o’ylayapsizmi? Menimcha bu narx arzon. Keling yaxshisi hisoblab
ko’raylik.
4499 / 15 = 299,9
25-kadr effekti shundan iboratki, agar sekundiga 24 kadr tezligida 25-kadr qo`yilsa,
unda u ko`z o`ngida qabul qilinmaydi, ammo ong ostida muhrlanib qoladi.
Ommaviy axborot vositalari ong ostiga ta`sir ko`rsatish harakatlari haqida xabar
berganda, katta shov - shuvlar bo`lib ketdi. Tez orada ko`pgina mamlakatlar
49
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
1986 yil оliy nеrv faоliyati va nеyrоfiziоlоgiya ilmiy tekshirish instituti olimlari 25 –
kadr effektidan insoniyat manfaati uchun foydalanishlik haqida bosh qotirishdi.
Siz internetga kirib 25 kadr qanchalik mashhur ekanini aniqlashingiz mumkin. 9 may
2010 yil men quyidagicha natijalarni oldim:
"frame 25" jumlasi. Результатов: примерно 352 000 000 (0,24 сек.)
"25 кадр программа" jumlasi. Результатов: примерно 526 000 (0,21 сек.)
Learn By Heart dasturi esa, shu metod asosida ishlovchi o’zbek tilidagi eng birinchi
dastur.
50
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
51
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
1 – savol: Dasturni kimdir harid qilsa, undan nusxa olib foydalanish mumkinmi?
Javob: Dasturdan nusxa olish mumkin. Lekin foydalanib bo’lmaydi. Chunki har bir
xaridorga, to’g’rirog’i har bir kompyuterga alohida dastur kaliti beriladi. Bu kalit
boshqa kompyuterlarda ishlamaydi. Agar dasturni hariq qilgan odamning bir nechta
kompyuteri bo’lsa, faqat bittasiga kalit beriladi. Qaysi kompyuterga dasturni
o’rnatishni haridorning o’zi hal qiladi.
Javob: Bu metod hammaga bir hilda ta’sir qiladi. Chunki, inson ong osti hammaniki
bir xildir. Agar Siz ingliz tilini yaxshi bilsangiz ham, so’z boyligingizni va dunyo
qarashingizni kengaytirish uchun bu dasturdan foydalansangiz bo’ladi.
Har xil sabablar bilan dasturdan foydalanishni orqaga surmang. Chunki, ertaga Sizni
nima kutayotganini hech kim bilmaydi. Bir oydan keyin qandaydir grand asosida chet
elga o’qishga yoki ishga tanlov e’lon qilinishi mumkin. Shunda Sizning so’z
boyligingiz pand berib qo’ymasin.
53
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Qudrat Eshmetov
Urganch Davlat Universiteti
Dasturlash Markazi
DАSTURCHISI va KOMPYUTER USTАSI
Аssalomu alaykum! Ha, Men jiddiy gapiryapman, Siz haqiqatan ham O’z qo’llaringiz
bilan kompyuteringizdagi har qanday muammoni
XАL QILISHINGIZ MUMKIN!
Mana 7 yildirki Men o’z soham bo’yicha ishlab kelmoqdaman. Va men Sizga
Muhandis-dasturchi yoki Muhandis-elektronchi sifatida o’z Malaka va
Tajribalarimdan kelib chiqib maslahat berishim mumkin!
Haqiqatan ham har bir kompyuter foydalanuvchisi juda yaqin kelajakda o’z
texnikasini o’zi ta’mirlay boshlaydi. Chunki ta’mirlash ishlari ham xuddi foydalanish
va ishlatishdek engillashib ketmoqda. Dastlab, bu ishlarni kimdandir yoki
qayerdandir o’rganishingiz lozim bo’ladi. Lekin kompyuterda nima ko’p?
Programma. Yana nima ko’p? Shu programmalarning “kasalliklari”,
mauammolari ko’p. Hamma narsani o’rganishning va o’sha muammolar uchun
turli xil yechim topishning esa iloji yo’q deb o’ylashingiz mumkin. Ha, Siz haqsiz.
Lekin universal diagnoz degan narsa ham mavjudki, bu metoddan biz kompyuter
ustalari tez-tez foydalanib kelmoqdamiz. U ham bo’lsa Siz biladigan yoki eshitgan
ish – Windows va kerakli programmalarni kompyuterga qayta o’rnatish! Bu esa 1-
54
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
2 soat vaqtimizni oladi. Xo’sh, nima qilish kerak?! Vaqtni tejash yo’lini qilish kerak
– Windows va programmalarni qayta o’rnatishni juda tez va aniq ishlaydigan usulini
bilish kerak xolos!!!
davomi sifatida texnik ta’minotga qaratilgan amaliy ishlar orqali bilimlar beriladi.
Keling, hozir men Sizni U bilan tanishtiraman:
Videokursdagi ma’lumotlarni 1-2 oy ichida o’zlashtirish mumkin va videodarslar
o’zbek tilida taqdim etilgan. Videokurs maxsus dastur orqali himoyalangan va u har
bir kompyuter uchun alohida kalit yordamida ochiladi. Ya’ni videokurs faqat Sizning
kompyuteringizda ishlaydi. Boshqa kompyuterga nusxa ko’chirish va ishlatish esa
ta’qiqlanadi. Kurs 7 ta bobga ajratilgan va o’z navbatida har bir bob o’z mavzulariga
ega. Quyida esa har bir bobda nimalar o’rgatilishi berilgan.
Men hozir bunday qilmayman. Tuzatib beraman-da, qo’liga disk berib: “Mana bu
videodarslarni bo’sh vaqtingizda ko’ring. Endi bu yordamida o’zingiz ham 10 daqiqa
ichida kompyuteringizga programmalarni o’rnatishingiz mumkin” – deyman. Yoki:
“Kompyuterni keyingi safar boshqaga emas, yana menga olib kelsangiz, qisqa
muddatda taxt qilib beraman” - deyman. Mening ustaxonam yo’q, shunchaki
tanishlarimning iltimosini rad qila olmayman va bu ish menga zavq bag’ishlaydi. 10
daqiqa!!!
18 oyda, ya’ni 1 yarim yilda esa 26 ming so’m xarajat qilinar ekan.
58
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
• Boshqa birovga endi kompyuterimni ko’rib ber, ya’ni dasturiy ta’minlab ber
demaysiz. O’z qo’llaringiz bilan kompyuteringizni dasturlay oladigan darajaga
chiqishingiz mumkin. Аlbatta, buning uchun videokursni to’la o’zlashtirishdan
tashqari O’zingiz salgina aql ishlatiladigan joyida “bosh qashib yuborishingiz”
lozim bo’ladi.
• Ortiqcha pul xarajat qilmaysiz. Аgar birovga dasturiy ta’minlatgach, albatta,
uni pul bilan rozi qilish yoki xizmatini qilishingiz lozim bo’ladi. Endi esa
ortiqcha xarajat va urinishning keragi yo’q.
• Vaqtingizni tejaysiz. Hatto ko’pgina kompyuter ustalaridan ham ishni tez
amalga oshira olasiz. Menga ishoning, atigi 10 - 15 daqiqa ichida
kompyuteringizni dasturiy ta’minlashingiz mumkin!
• “O’zingda yo’q – olamda yo’q” demaysiz. Kompyuteringizni dasturiy
ta’minlash uchun barcha disklarga ega bo’lasiz.
• Kamida yangi zamonaviy bilimga ega bo’lasiz. Yoki yangi kasb egasiga
aylanasiz. Ya’ni boshqalarga yordam berishingiz, kompyuter ustasi kasbidan
halol daromad qilishigiz mumkin.
• O’quv qo’llanmaga (Spravochnikka) ega bo’lasiz, ya’ni agar biron joyi
esingizdan chiqib qolsa, darrov videodarsning shu joyini ko’rib Mening
izimdan takrorlashingiz yoki o’zingiz boshqacha metod va usullarni dasturiy
ta’minlashda qo’llashingiz mumkin. Yoki shunga o’xshash vaziyatlarda bu
videodarslar sizga bir ko’makchi bo’la olishi mumkin.
Sizga Yuqoridagi 5 ta narsadan yana boshqa nima kerak!? Bilim olish imkoniyati
bo’lsa, dasturiy ta’minlash uchun ish qurollariga ega bo’lsangiz...
59
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
Qudrat Eshmetov.
To’g’risini aytsam, kursning boshqa foydasi yo’q jihatlarini topa olmayabman. Balki
keyinchalik ro’yxatga yana qo’sharman.
Savollar va javoblar
2-savol: Bizga qanday kafolat bera olasiz? Haqiqatan ham, Men 15 daqiqa ichida
shaxsiy kompyuterimga barcha programmalarni-yu katta Windows tizimini shu
darajada tez – atigi 15 daqiqa ichida o’rnatish usulini o’rgana olamanmi? Аxir bu
narsalar kamida 2-3 gigabayt bo’ladi-ku va ma’lumotlarni diskdan kompyuterga
nusxalash uchun esa hech bo’lmaganda 25-30 daqiqa vaqt ketadi.
Javob: Аgar texnikangiz normal holatda ishlayotgan bo’lsa va Siz meni
ko’rsatmalarimga to’la amal qilsangiz, Men Sizga 100 emas 200% kafolat beraman.
J Ya’ni, agar 15 daqiqada barcha dasturlar va Siz aytgan katta Windows tizimini
o’rnatishning iloji bo’lmasa, Men sizga pulingizni to’laligicha qaytaraman. Ishni
bajara olishingiz qobiliyat va tirishqoqligingizga bog’liq, albatta.
60
Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz
P.S. Bundan tashqari www.dastur.uz saytida Siz aziz yurtdoshlarimiz uchun yana bir
nechta o’quv kurslarini elektron variantlarini tayyorlaganmiz.
P.P.S. Bizni doim www.dastur.uz sayti orqali kuzatib boring va o’zingizga kerakli
ma’lumotlarni kompyuteringizga yuklab oling.
P.P.P.S. Zamonaviy kasb egallang va daromad qiling! Аlbatta, biz Sizga yordam qila
olsak mamnun bo’lamiz. Bizni va o’zingizni mamnun qilishda davom eting!
61