Download as docx, pdf, or txt
Download as docx, pdf, or txt
You are on page 1of 3

Ikki do‘st haqida hikoyat

Fors mamlakatida ikki do‘st Chin sari yurish qilishni istab qoldilar. Biri
azaldan qanoatli kishi bo‘lib, ikkinchisi uning aksi edi. Yo‘lda borar ekanlar,
bir katta toshni ko‘rdilar. Uning yarmi yerda-yu, yarmi yuqorida edi. Unga
«Kim mehnat qilsa, toshni aylantirib o‘z joyiga qo‘ysa, yozilgan bir yozuvni
ko‘radi va bu vodiydagi bir ostona ostida katta boylik yashiringanidan
xabardor bo‘lib, unga ega bo‘ladi. Kimki mehnat qilib, alam tortishni
istamasa, uning uchun sabr-u qanoat baridan yaxshiroq», deb yozib qo‘yilgan
ekan.
Qanoatsiz odam bu xabarni o‘qigach, boylikka ega bo‘lish uchun tosh
ostini qazishga tushdi, qanoatli esa beparvo bo‘lib o‘tirardi. U o‘sha atrofni
tomosha qilish bilan band bo‘ldi. «Mening qanoat boyligidek boyligim bor, bu
mehnatdan qanday naf tegardi? Tangri ehson beraman desa, tosh yorilib ham
boylik chiqaveradi», deb xayol surdi-da, erta turib shahar tomon yo‘naldi,
shaharga kiradigan bir necha darvoza bo‘lib, u shaharga birinchi bo‘lib kirdi.
Hamma u birinchi bo‘lib kirgan darvoza tomon intilardi.
Bu elda shunday bir odat bor ekanki, mamlakat podshosi narigi dunyoga
rixlat qilgan bo‘lsa, a’yonlar bu gapni shahar xalqidan yashirin tutishar ekan,
kimki shaharga hammadan oldin kirsa, uni podshoh saylab, boshiga toj
qo‘ydirishib, barmog‘iga oltin uzuk taqishar ekan. Bu safar ham xuddi
shunday hol yuz berib, haligi musofirni shoh etib sayladilar.
Uning tosh ostini qaziyotgan do‘sti esa og‘ir mehnatni bajarib bo‘lgach,
toshni yoniga ag‘darib qarasa, toshdagi xatda «Xomtama bu dunyoda alam
chekadi», deb yozib qo‘yilgan ekan. Xullas, qanoat qilgani podshoh bo‘ldi,
bunisini esa tama ranji xokisor qildi.
Odil Yoqubov
(1926–2009)

Odil Yoqubov 1926-yili Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyatining


Qarnoq qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatib, O‘rta
Osiyo Davlat dorilfununining filologiya fakultetida o‘qidi. O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, «Literaturnaya gazeta»ning
respublikamizdagi maxsus muxbiri, «O‘zbekfilm» kinostudiyasi va
Respublika kinematografiya qo‘mitasida bosh muharrir, G‘afur G‘ulom
nomidagi nashriyotda bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishladi. So‘ngra
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining bosh muharriri bo‘lib faoliyat
yuritdi. Yozuvchi keyingi yillarda yaratilgan «Ulug‘bek xazinasi» romanida
ulug‘ o‘zbek astronomi Ulug‘bek va uning o‘g‘li Abdullatif o‘rtasidagi
ziddiyatli kurashlarni tasvirlaydi. Romanda Ulug‘bekning iste’dodli shogirdi,
mashhur olim Ali Qushchining ham ulug‘vor obrazi yaratilgan. Boshqa bir
yirik asari – «Ko‘hna dunyo» romanida Markaziy Osiyoning ikki buyuk
allomasi Beruniy va Ibn Sino hayoti va fojiali taqdiri qalamga olinadi.
Ularning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalarini
umumlashtirishga intiladi. Shuningdek, Odil Yoqubov zamonaviy mavzularda
ham «Diyonat», «Oqqushlar, oppoq qushlar» kabi yirik asarlar yaratdi.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov «Ulug‘bek xazinasi» romani
uchun Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. «Do‘stlik», «El-yurt hurmati»
ordeni bilan mukofotlangan.
Atoqli adib Odil Yoqubov 2009-yilda 83 yoshida vafot etdi.
Abdulhamid Cho‘lpon
(1898–1938)

Buyuk ma’rifatparvar va serqirra faoliyat sohibi Abdulhamid Sulaymon


o‘g‘li Cho‘lpon 1898-yili Andijonda tug‘ilgan.
Uning otasi Sulaymonqul Mulla Muhammad Yunus o‘g‘li o‘z davrining
nozikta’b kishilaridan bo‘lib, hajviy she’rlar ham yozgan. Cho‘lpon madrasa
va rus-tuzem maktabida tahsil olgan. U, bir tomondan, an’anaviy sharqona
bilim, ikkinchi tomondan, yevropacha ta’lim va tarbiya olgan.
Cho‘lponning adabiy merosi «Kecha va kunduz» romani, «Do‘xtir
Muhammadiyor», «Buloqlar», «Uyg‘onish», «Tong sirlari», «Qor qo‘ynida
lola», «Novvoy qiz», «Oq podshoning in’omi» hikoyalari, «Yorqinoy»,
«Mushtumzo‘r», «O‘rtoq Qarshiboyev» kabi pyesalardan iborat.
Mustaqillik yillarida Cho‘lponning 100 yilligi keng nishonlanib, vafotidan
keyin unga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat
mukofoti berildi. Shuningdek, shoir «Mustaqillik» ordeni bilan taqdirlandi.

You might also like