Download as doc, pdf, or txt
Download as doc, pdf, or txt
You are on page 1of 2

Termiz davlat Pedagogika instituti Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi

o‘qituvchisi Xudoyberdiyeva Oyjamol Muzaffarovnaning Xorijiy til va adabiyoti


ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 202-guruh talabalariga O’qish va yozish amaliyoti fanidan
“Describing ceremonies, festivals, Writing a descriptive essay ” mavzusida o‘tgan
darsini Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilari
tomonidan tahlili to‘g‘risida kafedra
Bayonnomasi
06.12.2023-yil Termiz.sh.
Qatnashdilar: Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri M. Qodirova
hamda pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari: M. Muqumov, N. Xolmatova, S.
Yadigarova, Z. Egamnazarova hamda H. Ibragimova.
Kafedra mudiri M. Qodirova so‘zga chiqib O. Xudoyberdiyeva tomonidan o‘tilgan
dars bo‘yicha o‘qituvchining o‘zidan darsdan qoniqqanligi yoki qoniqmaganligi,
ko‘zlangan maqsadga erishgani yoki erishmaganligi, yutuq va kamchiliklari to‘g‘risida
fikr-mulohazalarini so‘radi.
O‘qituvchi O. Xudoyberdiyeva so‘zga chiqib, o‘tgan dars mavusi bo‘yicha
talabalar bilim darajasini aniqlanganligini, keyin yangi mavzu bo‘yicha fikrlarini bildirib
mavzu qiziqarli va ilmiy ma’lumotlarga boy bo‘lganligi, yangi pedagogik va axborot
texnologiyadan foydalangan holda dars mavzusini mazmun-mohiyati va maqsadini
hamda belgilangan vazifalarni sifatli va mazmunli tushuntirilganligi va ba’zi kichik
kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligini, lekin dars mavzusi maqsad va vazifasini talabalar
ongiga yetkazishda ko‘zlangan maqsadga erishganini bildirib fikrini tugatdi.
Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Muqumov so’zga chiqib o’qituvchi
O. Xudoyberdiyeva tashkiliy qismni yaxshi boshlaganligi, o’tilgan mavzu “Induktiv va
Deduktiv” metodidan foydlanganligi, dars davomida texnologik vositalar, ko’rgazmalar
va tarqatmalardan foydalanilgan holatda yaxshi tashkil etilganligini aytib o’tdi.
O’qituvchining axborotlar uzatishi yaxshi, nutqi ravon, auditoriyani boshqara oldi.
Talabalar mavzu yuzasidan to’liq ma’lumotga ega bo’ldi. Shu bilan birga quyidagi kichik
kamchiliklar va takliflarni aytib o‘tdi:
-O’qituvchi dars davomida talabalarni tinchlantirishda biroz qiyinchilikka uchradi,
ya’ni ular mavzu yuzasidan amaliy mashg’ulotlar bajararayotganlarida shovqin yuzaga
keldi, ularni katta emas individual va kichik guruhlarga bo’lgan holda mashq
bajarishlarishlarini tavsiya etaman;
-O’qituvchi nutqida ba’zi o’rinlarda qisqa to’xtashlar qo’lladi, keyingi navbatlarda
bunga ahamiyat qaratishini taklif etaman.
Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi N. Xolmatova so’zga chiqib o’qituvchi O.
Xudoyberdiyeva tashkiliy qismni yaxshi boshlaganligi, dars mavzusi taqdimotda yaxshi
yoritilgani, dars texnik vositalar, ko’rgazmali qurollar va tarqatmalardan foydalanilgan
holatda yaxshi tashkil etilganligini aytib o’tdi. O’qituvchining mavzu yuzasidan
ma’lumot berishi yaxshi, nutqi ravon, auditoriyani boshqara oldi. Talabalar mavzu
yuzasidan to’liq ma’lumotga ega bo’ldi. Men dars davomida jiddiy kamchiliklarni
sezmadim, tavsiyalarim yo’q.
Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi S. Yadigarova so’zga chiqib o’qituvchi N.
Boboqulova tashkiliy qismni yaxshi boshlaganligi, dars DTS talablariga va MT
talablariga javob beradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan AT dan foydalandi.
Vaqt me’yorlariga amal qildi. O’qituvchining axborotlar uzatishi yaxshi, nutqi ravon,
auditoriyani boshqara oldi. O’qituvchining imidji namunali. Talabalar mavzu yuzasidan
to’liq ma’lumotga ega bo’ldi. Dars davomida passiv talabalarni ham tarqatma materiallar
berib darsga jalb qila oldi.
Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi Z. Egamnazarova so’zga chiqib o’qituvchi
O. Xudoyberdiyeva tashkiliy qismni yaxshi boshlaganligi, Respublikamizda bo’layotgan
yangiliklar va referendum to’g’risidagi ma’lumotlar bilan talabalarni tanishtirganligi, dars
mavzulari taqdimotda yaxshi yoritilgani, dars texnik vositalar, ko’rgazmalar,
tarqatmalardan foydalanilgan holatda yaxshi tashkil etilganligini aytib o’tdi.
O’qituvchining mavzu yuzasidan ma’lumot berishi yaxshi, nutqi ravon, auditoriyani
boshqara oldi. Talabalar mavzu yuzasidan to’liq ma’lumotga ega bo’ldi. Shu bilan birga
quyidagi juz’iy kamchiliklar va takliflarni aytib o‘tdi;
Kafedra mudiri M. Qodirova so‘zga chiqib o‘qituvchi O. Xudoyberdiyeva
darsning tashkiliy qismini yaxshi boshlagani, o‘tgan dars mavusini mustahkamlab yangi
mavzuni boshlanishida o‘zini erkin tutishi, yangi pedagogik va axborot texnologiyadan
foydalanganligi, fikrlar izchil va sistemali bo‘lishi, darsda talabalarning faolligi
auditoriyani boshqarishi va nazoratga olganligi va mavzuni maqsad va vazifasini
talabalar ongiga singdirilganligi bilan birga quyidagi juz’iy kamchiliklar va takliflarni
aytib o‘tdi:
-O’qituvchi dars davomida “to’g’rimi?”, “shundaymi?” so’zlarini nutqida ishlatdi.
Bu so’zlarni talabalarga nisbatan nutqida ishlatishi xato, bunga keying darslarizda
ahamiyat qaratasiz.
Xulosa: Yuqorida Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi professor-
o’qituvchilari tomonidan tomonidan ko‘rsatilgan juz’iy kamchiliklar darsning sifatiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidlab o‘tdilar.
Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilari
tomonidan o‘tilgan dars bir ovoz bilan qoniqarli baholandi.

Kafedra mudiri: M. Qodirova


Kotiba: G. Qurbonova

You might also like