Aforizm Paremiologik Birlik

You might also like

Download as docx, pdf, or txt
Download as docx, pdf, or txt
You are on page 1of 4

AFORIZM PAREMIOLOGIK BIRLIK

Quvvatov Rahmatulla Xikmatullayevich


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Termiz shahar 3-ixtisoslashtirilgan
maktabi o’qituvchisi

ANNOTASIYA
Mazkur maqola nutqda faol qo’llaniladigan aforizmlar tadqiqiga bag’ishlangan.
Maqolada aforizmlarni paremioligik birliklarning bir turi sifatida fikrlar faktik
materiallar asosida dalillangan.
Kalit so’zlar: Aforizm, paremiologik birlik, maqol, maqolsimon janrlar,
paremiyalar tizimi, paremiya.
Har bir tilda esa xalq donoligi durdonasi, pand-nasihat manbai boʻlgan va
avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan ibratli hikmatlar, naqllar bor. Fanda ularni
paremiologik birliklar (paremalar) deb atashadi. Ular tadqiqot obyekti sifatida
azaldan mutaxassislarni oʻziga jalb etib kelmoqda, chunki ushbu hikmatli soʻzlar
har birimizni doimo mehr-oqibatli, odob-axloqli, mehnatsevar, halol, adolatli,
toʻgʻri soʻz, ahil, vatan va vatanparvarlik kabi xislatlarga ega boʻlishga undaydi.
Paremalarni ilmiy oʻrganish natijasida insonlar va jamiyat hayotiga taalluqli
koʻplab muhim savollarga javob topish mumkin.

Aforizm bu umumiy haqiqatni ifodalash uchun mo'ljallangan qisqa aqlli so'z.

“O‘zbek milliy ensiklopediyasi”da paremiologiya va paremiya terminlari shunday


izohlangan: “PAREMIOLOGIYa (yun. paroimia – hikmatli so‘z, zarbulmasal va ...
logiya) – 1) ma’lum bir tildagi avloddan avlodga og‘zaki shaklda ko‘chib
yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida
paydo bo‘lgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralarni – paremiyalarni
o‘rganadigan fan sohasi; 2) muayyan tilda mavjud bo‘lgan maqol, matal, aforizm
kabi hikmatli iboralar – paremiyalar tizimi 1. T.A.Shiryayeva va boshqalar
maqollar, antimaqollar, maqolsimon iboralar, matallar, xurofiy belgilar (primeta),

1
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000-2005.
aforizmlar, devizlar (sloganlar), topishmoqlar, maksimalar, vellerizmlar kabi
birliklarni ham paremalar qatoriga kiritishadi2.

Paremalarning turlari boʻyicha tadqiqotchilarning turli xil fikrlarini tahlil


qilib, Y.Osheva taʼkidlaydi: “Hozirgi paytda olimlar ilgarigiga qaraganda
paremalarga ancha koʻproq birliklarni kiritishmoqda. Masalan, “paremalar
toʻplamlari maqol va matallardan tashqari prislovye, tez aytish, pribaútki,
topishmoq, rivoyat, irim-sirim, qishloq xoʻjaligi xurofiy belgilari va baʼzan hamma
tush taʼbirlarini ham oʻz ichiga olmoqda”3.
Maqolsimon janrlar tarkibi ham kengaymoqda: ularga nafaqat maqollar va
matallar, balki maqolsimon oʻxshatma, maqolsimon mubolagʻa, maqolsimon
savollar, qoʻshaloq formula va vellerizmlar, nafaqat rus xalqi maqollari va
matallari balki quyidagi oʻtkir iboralar ham: mish-mishlar, prislovye, ertaklarning
muqaddimalari, prigovorkalar, topishmoqlar, xurofiy belgilar (primetalar), hazil-
mazah (draznilki) va sanoqlar (schitalki), yaʼni xalqning hamma gapi, “maqol,
matal, topishmoq, prislovye, pribautka, pobasenki (qiziq hikoyacha), poverye
(rivoyat), istaklar va baʼzi bir boshqa turlari” kiradi 4.
G.G.Matveeva va M.A.Seryogina paremiyalar xossasining uch turini
aniqlashadi. Olimlarning fikricha, ular u yoki bu fikrlarni “paremiya”
tushunchasiga kiritishga imkon beradi. Ular quyidagilar: sintaktik (struktura
(tuzilish) belgisi (to‘liq va to‘liqsiz gap) va forma (lo‘ndalik va ritmlilik); semantik
(tilda barqarorligi, nutqda qayta tiklanishi, to‘liq yoki qisman istioralilik, semantik
jihatdan ko‘p ma’nolilik); pragmatik (umumma’lumlik (el orasida ishlatilib
yurilishi), pand-nasihatlilik (didaktiklik), ongli tanlov birligiga taalluqligi,
vaziyatlilik va pragmatik jihatdan ko‘p ma’nolilikni paremiyalarga xos xususiyat
sifatida ajratadi. Mualliflar “paremiyalarga xos ba’zi bir belgilar bilan
tavsiflanmaydigan” aforizmlar, qisqa so‘zlar va frazalar, topishmoqlar, maqol-
2
Ширяева Т. А., Багиян А.Ю., Натхо О.И. Мудрость веков в языке бизнеса. Паремии в англоязычном
научно-популярном деловом дискурсе. Когнитивно-дискурсивный аспект / Т. А. Ширяева – М: «Бук»,
2017. – С.22.
3
Семененко Н.Н. Лингвокультурологическое описание структуры и семантики паремии: Дис. ...канд. филол.
наук. – Белгород, 2002. – С.91.
4
Уралова О.П. Инглиз ва ўзбек тилларида “оила” бош лексемали мақоллар семантикаси ва структураси.
Филол. фанлари фалсафа д-ри... дисс. – Самарқанд, 2021. – Б.25.
matallar, qiziq hikoyachalar, hukmlagichlar, xalq poetik hazillarini, pustobaykalar
(pribautkalar)ni paremiyalar qatoriga kiritishni maqsadga muvofiq emas, deb
hisoblaydilar. Ular tahlil etilayotgan paremiya termini uchun quyidagi ta’rifni
taklif etadilar: “Paremiya – ixchamlik va ritmiklikka ega bo‘lgan, to‘liq va to‘liqsiz
tugallangan gap ko‘rinishida berilgan sintaktik qatlam tilning podsistemalari
(kichik tizimlari)dan biridir. Paremiyalar uchun tilda barqarorlik, nutqda qayta
tiklanish, qisman va to‘liq qayta anglash, shuningdek, semantik jihatdan ko‘p
mazmunlilik xosdir. Paremiyalar umumxalq til birligi, xalq tomonidan keng
qo‘llaniladi, didaktik maqsadlarda ishlatiladi. Nutqiy vaziyatlarga bog‘liq holda
qo‘llanuvchi ongli tanlov birligi ekanligi, paremiyalarni pragmatik jihatdan ko‘p
ma’noli qiladi. Ularga maqol, matal va maqol matalsimon vositalar majmui kiradi”
Aforizmlar ixcham shaklli, chuqur mazmunli, bo’lganligi sababli
paremilogik birliklar qatoriga kiritish mumkin.
O.P.Uralovaning “Ingliz va oʻzbek tillarida “oila” bosh leksemali maqollar
semantikasi va strukturasi” nomli dissertatsiyasida paremiya, maqol, matal,
frazeologik birliklarning lisoniy-madaniy maqomiga murojaat qilinib, ingliz va
oʻzbek tillaridagi maqol, matal va frazeologik birliklarni qiyoslash natijasida
ularning struktur, leksik-grammatik oʻxshashligi hamda farqli tomonlari ochib
berilgan boʻlib, hikmatli soʻzlarni paremalar tizimiga kiritadi 5.
Yuqorida tadqiq etilgan tadqiqotlardan koʻrinib turibdiki, aforizmlarni
paremiologik birlik sifatida kiritish munozarali boʻlib turibdi. Biz yuqorida
hikmatli soʻzlarni paremiologik birlik deb qaragan (G.L.Permyakov,
T.A.Shiryayeva, Y.Osheva, Jakob Kets, Villiyam Lili, P.U.Bakirov, O.P.Uralova,
Z.R.Narmuratov) kabi jahon, ingliz, oʻzbek tilshunos olim va olimalarning
fikrlariga qoʻshilgan holda aforizm – bu insonlarni iymonli, insofli, oqibatli, ona
yurtiga, oʻz eliga sadoqatli boʻlishi singari axloqiy, maʼnaviy, qadriyatlar,
tuygʻularni shakllanishiga undaydigan paremiologik birlik deb hisoblaymiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
1.Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000-2005.
5
Уралова О.П. Инглиз ва ўзбек тилларида “оила” бош лексемали мақоллар семантикаси ва структураси.
Филол. фанлари фалсафа д-ри... дисс. – Самарқанд, 2021. – 144 б.
2.Ширяева Т. А., Багиян А.Ю., Натхо О.И. Мудрость веков в языке бизнеса.
Паремии в англоязычном научно-популярном деловом дискурсе.
Когнитивно-дискурсивный аспект / Т. А. Ширяева – М: «Бук», 2017. – С.22.
3. Семененко Н.Н. Лингвокультурологическое описание структуры и
семантики паремии: Дис. ...канд. филол. наук. – Белгород, 2002. – С.91.
4.Уралова О.П. Инглиз ва ўзбек тилларида “оила” бош лексемали мақоллар
семантикаси ва структураси. Филол. фанлари фалсафа д-ри... дисс. –
Самарқанд, 2021. – Б.25.
5.Матвеева Г.Г., Серёгина М.А. К определению термина “паремия” (на
матерале русского и немецкого языков) //Вестник Пятигорского гос. унта. №
3, 2009. – С. 175–178. (https://elibrary.ru/item.asp?id=13051381)

You might also like