Download as docx, pdf, or txt
Download as docx, pdf, or txt
You are on page 1of 5

TURLI TILLARDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING O’RGANILISH

MASALASI
Termiz iqtisodiyot va serviz universitetining
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo’nalishi 2-kurs magistranti
Radjabova Sohiba Ishmamatovna
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola turli tizimli tillarda frazeologik birliklarning o’rganilish
masalasiga bag’ishlangan. Dunyo tilshunosligi jumladan ingliz va o’zbek
tilshunosligida frazeologik birliklarning olimlar tomonidan berilgan fikr-
muloxazalari izohlangan.
Kalit so’zlar: Tilshunoslik, frazeologik birlik, olamning lisoniy manzarasi,
frazeologizmlar.
ANNOTATION
This article is devoted to the study of phraseological units in different
systematic languages. In world linguistics, including English and Uzbek
linguistics, the opinions of phraseological units given by scientists are explained.
Key words: Linguistics, phraseological unity, linguistic picture of the
world, phraseology.
Har qanday til alohida olam manzarasiga ega va lisoniy shaxs ana shu
manzaraga mos ravishda ifodalarning mazmunini tuzishga majburdir. Bunda tilda
o’z aksini topgan insonning olamni o’ziga xos idroki namoyon bo’ladi. Til
insonning olam haqidagi bilimlarining shakllanishi va mavjud bo’lishidagi muhim
omildir. Inson faoliyat jarayonida obyektiv dunyoni aks ettirar ekan dunyoni bilish
natijalarini so’zda qayd etadi. Olamning lisoniy manzarasi borliq haqidagi
obyektiv bilimlarni to’ldiradi. Lisoniy shakllarda muhrlangan mazkur bilimlar
majmuasi olamning lisoniy manzarasi, deb nomlanadi. Olamning manzarasi
(lisoniy ham) tushunchasi insonning olam haqidagi tasavvurlarini o’rganish
asosida yaratiladi. Olam – o’zaro munosabatdagi inson va muhit bo’lsa, olam
manzarasi – inson va muhit haqidagi ma’lumotni qayta ishlash natijasidir. Agar
olamning obrazi bo’linmaydigan yaxlit butunlikni namoyon qilsa, olamning
manzarasi dunyo haqidagi turli darajadagi bilimlar majmuyini va uning
obyektlariga bo’lgan munosabatni namoyon qiladi.
Frazeologiya yunoncha frases – ifoda, logos – ta’lim, turg’un xarakterga
ega bo’lgan murakkab til birliklari haqidagi fan hisoblanadi. Longman taqdim
etadiki: “the way that words and phrases are used in a language”, (LDOCE, 2009)
ya’ni fraza va leksemalar tilning muayyan bir qismini tashkil etishi va birgalikda
ishlatilishini anglash mumkin.

Tilshunos propfessor Kunin ta’kidlashicha: “Frazeologik birliklar qisman


yoki to’liq ma’nosi o’zgaradigan so’zlar guruhi hisoblanadi”1.

A.K.Kamenskiy olamning lisoniy manzarasini mantiqiy (konseptual) va


lisoniy (so’zli) modeldan tashkil topgan mantiqiy-so’zli hosilasifatida umumiy
shaklda izohlagan.

Olamning lisoniy manzarasini yaratishda frazelogizmlar alohida rol


o’ynaydi. Ular xalq hayotining ko’zgusidir. Frazeologik birliklarning tabiati til
egasining bilimlari, hayotiy tajribasi va mazkur tilda so’zlashuvchi xalqning
madaniy-tarixiy ananalari bilan chambarchas bog’liqdir. Frazeologik birliklarning
semantikasi inson va uning faoliyatini tavsiflashga qaratiladi.

Frazelogizmlar vositasida yaratilgan olamning lisoniy manzarasini


tahlilida uning antropotsentrik xususiyatini ta’kidlash joiz. Olamning
antropotsentrik manzarasi frazeologizmlar yo’nalishining insonga
qaratilganligi bilan ifodalanadi. Bunda inson barcha narsalarning o’lchovi
sifatida ishtirok etadi: ko’p boshini yeb; to’la, butun boshdan oyoq; kichik
ko’z ilg’amas; tez ko’z ochib yumguncha va h.k. Olamning lisoniy manzarasi
turfa ranglar, xususan, mifologemalar, obrazli metaforik so’zlar, o’xshatishlar,
konnotativ so’zlar, stereotiplar, ramzlar va h.k. vositasida yaratiladi.

Frazeologiya tilshunoslikning alohida mustaqil sohasi sifatida shakllandi.


Taniqli frazeolog olima N.N.Amosova to’g’ri ta’kidlaganidek “bu lingvistik
sohaning shakllanishi va taraqqiyoti ko’plab frazeolog olimlarning turli tillar

1
Kunin A.V, “The modern English phraseology”, “book for foreign languages”, 1996
bo’yicha olib borgan tadqiqoti samarasidir”. Tilshunoslikda frazeologiya fanining
rivojlanish tarixini uch davrga bo’lib o’rganish mumkin: 2
1. XVIII asrning o’rtalaridan XX asrning 30 yillarigacha bo’lgan davrni o’z
ichiga oladi. Bu davr frazeologik tadqiqotlarning yo’lga qo’yilishidir. Birinchi
davrda yetuk tilshunos olimlar M.V.Lomonosov,V.I.Dal,A.A.Potebnya,
F.F.Fortunatov, F.I.Buslayev, Sharl Balli, A.A.Shaxmatovlarning ilmiy faoliyati
rivojlandi va sohaning shakllanishida poydevor vazifasini o’tadi. O’sha davrda
frazeologiya, leksikologiya, leksikografiya, ya’ni amaliy lug’atshunoslik obyekti
bo’lib xizmat qilgan va asosan frazeologik birliklarning lug’atlarda aks ettirishi,
ularning ma’nosini, etimologiyasini izohlashga alohida ahamiyat berilgan.
Frazeologiya nazariyasining ilk tadqiqotchisi shvetsar-fransuz tilshunosi Sharl
Ballidir. Olim o’zining ikki yirik asari “Stilistika ocherki” (1905) va “Fransuz
stilistikasi” (1909) nomli asarlarida so’z birikmalari ya’ni frazeologizmlarni tadqiq
etuvchi maxsus boblar kiritgan edi. U o’zining asarlarida frazeologik birliklarning
ichki va tashqi belgilarini o’zaro farqlagan edi. U ilmiy tadqiqotida tildagi shunday
birliklarning structural xususiyatlari tashqi belgilari, semantik tabiati esa
uningichki belgilari hisoblanishini ko’rsatib o’tadi.
Frazeologiyaning alohida lingvistik yo’nalish bo’lib shakllanishida, jumladan
o’zbek frazeologiyasining dunyoga kelishida
V.V.Vinogradovningmuhimxizmatlari bor. Chunki sobiq sho’rolar davrida
mustamlaka xalqlari tillarfrazeologiyasi shu olim ta’limoti asosida paydo bo’ldi. 3
Shuningdek, V.V.Vinogradov rus frazeologizmlari klassifikastiyasini ingliz
frazeologizmlariga ham joriy etgan.Uning frazeologizmlar tasnif usuli ba’zi
4
hozirgi5 zamon tilshunoslariga ma’qul bo’lmasada, bu usul semantik birikishiga
6
asoslangan birinchi tasnif usulidir. G.V.Antrushina shuni ta’kidlaydiki,
frazeologizmlarda semantik tasnif muhim sanaladi. Frazeologizmlar ma’nosi uning
2
Амосова Н. Н. Основы английской фразеологии. - Изд. Ленинградского университета. – Л.,1961. –
207 с.
3
Каменецкайте Н.Л. Синонимы в английской фразеологии - Изд., Международные отношения. –
Москва, 1971. – 367с. 25.
4
5
6
tarkibiy qismlarining ma’nosidan qanchalik ko’p farq qilsa, semantic birikuv
darajasida shuncha yuqori bo’ladi.Shunga ko’ra V.V.Vinogradov
frazeologizmlarni uch sinfga tasniflaydi.
1. frazeologik chatishmalar (phraseological fusions).
2. frazeologik qo’shilmalar (phraseological units).
3. frazeologik birlashmalar (phraseological collocations or combinations).
Keyingi yillarda tilning frazeologik izimini semantic-pragmatik,
lingvokulturologik, kognitiv, ilmiy nuqta’inazardan o’rganishga kata ahamiyat
berilmoqda. Frazeologik mentallikni ifodalaydigan til birligidir. Frazeologik
ma’noning madaniy ma’no komponenti baho munosabatini anglatish u yoki bu
millatning milliy mentaliteti, ma’rifati, milliy mentaletetining yorqin fodasidir.
Frazeologik birliklar xalqlarning madaniyati haqida ma’lumot beruvchi manba
hamda milliy- madaniy o’ziga xos lingvokulturemani ifodaetuvchi yorqin til
birligidir.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

1.Абдуазизов А.А. Тилшуносликка кириш II қисм. Лексикология ва


семасиология. Грамматика. – Тошкент, 1999. – 57 б.

2.Амосова Н. Н. Основы английской фразеологии. - Изд. Ленинградского


университета. – Л.,1961. – 207 с.
3.Kunin A.V, “The modern English phraseology”, “book for foreign languages”,
1996
4.Каменецкайте Н.Л. Синонимы в английской фразеологии - Изд.,
Международные отношения. – Москва, 1971. – 367с. 25.

5. Уралова О.П. Инглиз ва ўзбек тилларида “оила” бош лексемали мақоллар


семантикаси ва структураси. Филол. фанлари фалсафа д-ри... дисс. –
Самарқанд, 2021. – Б.25.

You might also like