Download as pdf or txt
Download as pdf or txt
You are on page 1of 4

“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.

995

BOSHLANG’ICH SINF DARSLIKLARIDAGI AUDIO MATNNI


INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA O’RGATISH METODIKASI

Shamsiddinova Marjona Shermuxammadovna


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti
Maktabgacha va Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi
Tel: +998932354603
E-mail: @shamsiddinovam90@gmail.com

,,So’zdan so’zning farqi bor’’ mavzusi bo’yicha (Nima degan ma’qul) audio
matni ustida ishlashni o’rgatish (3-sinf)
Annotatsiya: Ushbu maqola audio matnni tinglashni o’rgatish, audio matn
mazmuni ustida ishlash,audio matn yuzasidan savollar tuzishni o’rgatishga qaratilgan.
Ushbu jarayonlardan ko’zlangan maqsad esa o’quvchilarga suhbatlashish madaniyatini
, suhbat jarayonida muloyimlik va go’zal odob bilan javob qaytarish kerakligini
anglatishni o’rgatish. Shuningdek, o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobilyatlarini
o’stirish, keksalar, tengdoshlar,do’stlar,bolalar,ota-onalari kabi yaqinlari bilan suhbat
qurish, qolaversa, telefon orqali suhbatlashishda, xattoki,jamoat joylarda ham o’ziga
xos madaniyati borligini o’rgatishdir.
Annotation: This article is aimed at teaching listening to audio text, working on
the content of audio text, and teaching questions about audio text. The purpose of these
processes is to teach students the culture of conversation,the need to respond politely
and politely during the conversation. It is also important to develop students
independent thinking skills,to talk with relatives such as the elderly,parents,and also to
talk on the phone, even in public places is to teach.
Kalit so'zlar: odob, telefon, jamoat,suhbat, metod, dialog,sahna ko’rinishi.
Key words: manners, telephone, public, conversation, method, dialogue, stage
appearance

Inson odobining va odamiyligining asosi bu suhbatlashishdir.Suhbatlashishning


qimmatbaho gavhari esa muloyimlik va odobdir.Suhbatlashish madaniyati esa
atrofdagilarga nisbatan katta taassurot qoldirishi mumkin bo’lgan insoniy ziynatlardan
biri sanaladi. Kishining kamoloti, bilim saviyasi, xulq-atvori ham uning chiroyli va
shirin so’zlaridan namoyon bo’ladi.Suhbatlashish madaniyati jamiyatimizda muhim
o’rin egallaganligi uchun ham bu mavzu yosh tanlamaydi. Uning qonun- qoidalari
bilan esa yoshlikdan tanishib borish zarur. Biz ham ushbu maqolamiz yordamida
bolalarga suhbatlashish madaniyatini o’rgatish uchun darslikda keltirilgan audio
matndan foydalandik. Hozirgi zamonaviy ta’lim dasturiga kiritilgan audio matn ta’lim
sifatini oshirishda yordam bermoqda. Biroq, o’qituvchilar audio matn qatnashgan
www.pedagoglar.uz 99 Volume-32, Issue-2, April - 2023
“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995

darslarni to’g’ri tashkil etishda bir qancha muammolarga duch kelishmoqda. Shunday
ekan audio matn mashqlarini bolalarga sodda va qiziqarli tarzda olib borish usullarini
yaratishimiz kerak.
,, So’zdan so’zning farqi bor’’ mavzusi ustida ishlashda foydalanilgan ish
turlari:
1. Darsga tayyorlash jarayoni
2. Audio matn ustida ishlash
3. Audio matnni qayta hikoya qilish
4. Audio matn yuzasidan savollar tuzishga o’rgatish
5. Audio matnga sarlavhalar tanlab qo’yish
6. Matn mazmuni doirasida dialog tuzish

1. Darsga tayyorlash jarayoni


Ko’zlagan maqsad: o’quvchilar o’tgan darsni takrorlash, takrorlash jarayonini
bugungi dars mazmuniga bog’lash kabilarni o’rgatish. O’qituvchi darsni qiziqarli
tashkil etilishi uchun ,,Kim chaqqon’’metodidan foydalanadi,bunda o’quvchilar ikki
jamoaga ajralib doskaga ilingan savollarga tezkorlik bilan to’g’ri javob berishi kerak
bo’ladi.(Savollar: -shakli bir xil, ammo ma’nosi har xil bo’lgan qanday so’zlarni
bilasiz?shakli har xil, ma’nosi turlicha bo’lgan so’zlardani-chi?-Ma’lum bir tovush
bilan farq qiladigan so’zlardan misollar keltiring?,-Kishilarga minnatdorchilik
bildirishda qanday so’zlardan foydalanamiz?,-So’z va soz so’zlarining farqi,
o’xshashligi va ma’nosini ayting?,-Sizga qanday so’zlardan foydalanish ko’proq
yoqadi?,-Kimlar bilan qurilgan suhbat siz uchun maroqli bo’ladi?,-So’zdan so’zning
qanday farqi bo’lishi mumkin?) kabi savollar beriladi.
2. Audio matn ustida ishlash
Ko’zlagan maqsad: Audio matn mazmuniga doir qiziqarli ma’lumot berish
so’ngra Audio matnni diqqat bilan eshitish, mazmunini yoritib berish.
bu jaryonda dastlab ,,Suhbat’’ metodidan foydalanish tavsiya etiladi. O’qituvchi
o’quvchilarga audio matn nomi( Nima degan ma’qul)ni aytib, ma’lum savollar bilan
o’quvchilarga yuzlanadi. Suhbat metodidining ijobiy taraflari ko’p, balkim shuning
uchun ham bu metod darslarda juda ko’p qo’llaniladi. Bunda o’quvchilar o’z fikrlarini
bemalol ayta olish,so’zlashish paytida o’zini erkin tutib, o’ylagan fikrini og’zaki
nutqda ijro eta olish hamda o’qituvchi bilan muloqot jarayonini ko’payishiga yordam
beradi. O’qituvchi o’quvchilarga audio matn sarlavha(Nima degan ma’qul)ni aytib,
o’quvchilardan qaysi vaziyatda qanaqa so’zlar ishlatishlarini so’raydi. Bunda
o’quvchilar o’zaro fikr almashishadi va o’zlari qo’llaydigan yoki oila a’zolarida
eshitgan gaplarini o’quvchilar bilan bo’lishadi. Shundan song o’quvchilar diqqatini
audio matnga qaratishlari aytiladi va tinglanadi. Adio matn barchaga birdek eshitilishi
lozim. O’quvchilar audio matnni tinglaganlaridan so’ng o’qituvchi matn mavzmunini
qisqacha yoritib berishi kerak.

www.pedagoglar.uz 100 Volume-32, Issue-2, April - 2023


“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995

3. Audio matnni qayta hikoya qilish


Ko’zlagan maqsad: Matndan tushungan xulosalarini oğzaki nutq bilan ijro etish,
mustaqil fikrlash jarayonini aks ettirish
Odatda matnni qayta hikoya qilishda ko’pchilik o’qituvchilar o’quvchilarning
biridan so’rash bilan cheklanishadi. Bu holat sinfdagi barcha o’quvchilarning darsda
faol qatnashmasligiga sabab bo’lib qoladi. Shuning uchun biz bu jarayonni ,,UCH
QARSAK’’ metdodi bilan qo’llashni tavsiya qilamiz. Bunda birinchida o’tirgan
o’quvchi qayta hikoyani boshlab beradi va bir qarsak chaladi. Undan keyingi ikki
o’quvchi ham bittadan qarsak chalib navbatni to’rtinchi o’quvchiga berishadi. Uchta
qarsakdan keyin navbat olgan to’rtinchi o’quvchi matnni qayta hikoya qilishni davom
ettiradi. Jarayon shu tarzda davom etadi. O’yinimiz esa oxirgi o’quvchi bilan
nihoyalanadi.
4. Audio matn yuzasidan savollar tuzish
Bunda o’quvchilar tuzgan savollari matn mazmunini yoritishi, savollar voqealar
rivojidan tashkil topishi, badiiy qahramonlarning xususiyatlarini aks ettirishi kerakligi
o’quvchilarga tushuntiriladi. Shundan so’ng o’qituvchi tomonidan namuna siaftida
savol tuzilishi kerak. Bu holat o’quvchilar uchun topshiriqning tushunarlilik darajasini
oshirib beradi. (Masalan; Yangi uy xarid qilgan kishiga qanday tilak bildirish kerak?).
Ushbu topshiriqni yozma tarzda amalga oshirish maqsadga muvofiq, chunki
o’quvchilar bir-birlarining fikrini tez o’g’irlashadi va bu holat o’quvchilarning
mustaqil fikrlash jarayoniga to’sqinlik qiladi. Buning uchun o’qituvchi oldindan
tayyorlangan rangli kartochkalarni o’quvchilarga tarqatib, belgilangan vaqt ichida
savollar tuzib, tuzgan savollarini yozishlari kerakligini aytadi. O’qituvchi berilgan
vaqt tugaganidan so’ng o’quvchilardan savollar yozilgan kartochkalarni yig’ib oladi.
Yig’ib olingan ushbu kartochkalar albatta bir chetda qolib ketmasligi zarur. Darsning
oxirida o’tkaziladigan savol-javob jarayonini ushbu kartochkalar orqali o’tkaizshni
tavsiya qilamiz.
5. Audio matnga sarlavhalar tanlab qo’yish
Audio matnga sarlavha tanlab qo’yish o’quvchilardan ijodkorlik qobilyatini talab
qiladi. Chunki o’quvchilar qo’ymoqchi bo’lgan sarlavha ma’no,mazmun hamda shakl
jihatdan ham matnga mos bo’lishi kerak bo’ladi. Bu jarayon o’quvchilarning lug’at
boyligini oshirishga ham yordam beradi,sababi matnga mos so’z va jumlalarni
topadilar.Biz bu jarayonni ,,MEN SARDOR BO’LAMAN’’ metodi orqali o’tkazishni
tavsiya qilamiz. Bunda audio matnni ma’noli qismlarga ajratib, qismlar soniga qarab
jamoa tarkibi belgilab olinadi. Ushbu jamoalarga mos sarlavha topgan o’quvchi esa
jamoa sardori unvonini oladi. Jarayon esa barcha jamoalarga sardor tayinlanguncha
davom etadi.
6. Matn mazmuni doirasida dialog tuzish
Ushbu topshiriq darsni takrorlash va mustahkamlash jaryonlari uchun juda qulay
hisoblanadi. Chunki o’rganganlarini amalda qo’llash ta’lim sifatini oshiradi. Ma’lumki
dialog bir necha kishi tomonidan tuziladi. Bu esa darsda ko’proq o’quvchilarning faol
bo’lishini talab qiladi. Shuning uchun biz bu shartni sahna ko’rinishi orqali amalga

www.pedagoglar.uz 101 Volume-32, Issue-2, April - 2023


“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995

oshirishni tavsiya qilamiz. Sinf o’quvchilarini besh gruhga ajratib ularga oldindan
tayyorlangan sahna ko’rinishi mavzularini beramiz. Mavzular nomi yozilgan
kartochkalar teskari qilib qo’yiladi va gruhlardan bir o’quvchi kelib o’z mavzularini
tanlab ketishadi. ( Tavsiya: mavzu nomlari -
Bozorda,ko’chada,uyda,maktabda,oshxonada)kabi mavzular beriladi. O’quvchilar
o’zlari tanlagan mavzular bo’yicha dialog asosida sahna ko’rinishlarini namoyon
qiladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 3-sinf Ona tili va o’qish savodxonligi darsligi. Toshkent 2022-yil
2. Uforum.uz
3. Hazratqulov M., Ona tili va o’qish savodxonligi metodikasi. Darslik.-
Toshkent:Innovatsiya-Ziyo,2022.

www.pedagoglar.uz 102 Volume-32, Issue-2, April - 2023

You might also like