O Tkazgichlarning Qarshiligini Hisoblash

You might also like

Download as docx, pdf, or txt
Download as docx, pdf, or txt
You are on page 1of 2

O‘tkazgichlarning qarshiligini hisoblash

1. Nima uchun elektrlashtirilgan temir yo‘llarda relslarning tutashgan joylariga payvanddangan,


jgutlar tarzidagi yo‘g‘on mis simlar o‘rnatiladi?
2. Uzunligi 1 m bo‘lgan temir simning qarshiligi uzunligi va ko‘ndalang kesim yuzi xuddi shunday
bo‘lgan alyuminiy simning qarshiligidan necha marta katta?
3. Ayni bir materialdan kilingan kesim yuzi bir xil bo‘lgan ikkita sim bor. Birinchi simning
uzunligi 20 cm, ikkinchisiniki 1 m. Qaysi simning karshiligi katta va necha marta katta?
4. *Alyuminiy va mis simning massasi va kesim yuzi bir xil. Simlardan kaysi birining qarshiligi
katta?
5. *Bir jinsli ikkita sim bo‘lib. ulardan biri ikkinchisidan 8 marta uzun. ikkinchisining ko‘ndalang
kesim yuzi birinchisinikidan ikki marta ortik. Simlardan qaysi birining qarshiligi katta va necha
marta katta?
6. *Ikki bo‘lak temir simning massasi bir xil. Ulardan birining uzunligi ikkinchisining uzunligidan
10 marta ko‘p. Qaysi bo‘lak simning qarshiligi katta va necha marta katga?
7. *Cho‘zadigan dastgoxda sim cho‘zilgandan keyin uning uzunligi uch marta ortdi. Bu simning
karshiligi qanday o‘zgaradi.
8. *Cho‘zadigan dastgoxda sim cho‘zilgandan keyin uning uzunligi 4 marta ortdi. Cho‘zilgunga
qadar simning qarshiligi 20 Ω bo‘lgan bo‘lsa, cho‘zilgandan keyin uning qarshiligi kanday
bo‘lgan?
9. Formuladan foydalanmasdan uzunligi 10 m, ko‘ndalang kesim yuzi 1 mm 2 bo‘lgan temir
simning qarshiligini; uzunligi 100 m, ko‘ndalang kesim yuzi 1 mm2 bo‘lgan mis simning
qarshiligini aniklang.
10. Ko‘ndalang kesim yuzi 0,65 cm2, uzunligi 5 km bo‘lgan tramvay uchun ishlatiladigan mis
simning qarshiligini xisoblang.
11. Uzunligi 5 m, ko‘ndalang kesim yuzi 0,8 mm 2 bo‘lgan nixrom simdan yasalgan reostatning
qarshiligi kanday?
12. Telefonga tok keltirish uchun ishlatiladigan shnur elastik bo‘lishi uchun u ingichka mis
simlardan tayyorlanadi. Har birining ko‘ndalang kesim yuzi 0,05 mm2 bo‘lgan, 20 ta ingichka
simdan tayyorlangan uzunligi 3 m bo‘lgan shnurning qarshiligini xisoblang.
13. Ko‘ndalang kesim yuzi 2 mm2, uzunligi 8 m bo‘lgan iikel simning karshiligi nimaga teng?
14. Moskva bilan Leningrad orasidagi masofa 650 km ga yaqin. Ular orasiga ko‘ndalang kesim yuzi
10 mm2 bo‘lgan temir sim (telegraf simi) tortilgan. Telegraf simining qarshiligini aniqlang.
15. Ko‘ndalang kesim yuzi 0,1 mm2, uzunligi 150 cm bo‘lgan kumush simning qarshiligini aniqlang.
16. Ko‘ndalang kesim yuzn 1 mm2, uzunligi 50 m nikelin simdan tayyorlangan reostatning
qiskichlaridagi kuchlanish 45 V bo‘lsa, reostatdan o‘tuvchi tok kuchini aniqlang.
17. Kuchlanish 6,8 V bo‘lgan holda ko‘ndalang kesim yuzi 0,5 mm 2, uzunligi 100 m bo‘lgan mis
simdan o‘tadigan tok kuchini aniqlang.
18. Tok kuchi 250 mA bo‘lgan xolda ko‘ndalang kesim yuzi 0,025 mm 2, uzunligi 150 cm bo‘lgan
temir simning uchlaridagi kuchlanishni aniqlang.
19. Nikelin simdan tayyorlangan reostat cho‘lg‘amining qarshiligi 36 Ω. Simning ko‘ndalang kesim
yuzi 0,2 mm2 bo‘lsa, uning uzunligi qanday?
20. G‘altakka o‘ralgan neyzilberg' simning karshiligi 100 Ω. G‘altakka ko‘ndalang kssimi 0,3 mm2
bo‘lgan necha metr sim o‘ralgan? (Neyzilberg simning solishtirma qarshiligi 0,2 Ωm.)
21. Qarshiligi 34 Ω ga teng bo‘lishi uchun ko‘ndalang kssim yuzi 0,5 mm 2 bo‘lgan mis simdan
qanday uzunlikda olish kerak?
22. Agap simiing karshiligi 0,65 Ω, ko‘ndalang kesim yuzi 0,34 mm 2 bo‘lsa, elektr qo‘ng‘iroq
g‘altagiga uzunligi necha metr bo‘lgan mis sim o‘ralgan?
23. Agar cho‘g‘ holatdagi ko‘mirning karshiligi 50 Ω m, ko‘mir tolaning ko‘ndalang kesim yuzi 0,03
mm2 va lampaning qarshiligi 200 Ω bo‘lsa, lampaning ko‘mir tolasining uzunligi qanday bo‘lishi
kerak?
24. Kuchlanish 120 V bo‘lganda elektr choynakning isitgich elementidagi tok kuchi 4 A. Agar
simning ko‘ndalang kesim yuzi 0,24 mm2, cho‘lg‘amning uzunligi 18 m bo‘lsa, cho‘lg‘am
yasalgan materialning solishtirma qarshiligini va isitgich elemsntining qarshiligini toping.
25. 120 V kuchlanishli zanjirga ulanadigan, bir metrining qarshiligi 6 Ω bo‘lgan simdagi tok kuchi
1,25 A dan oshmasligi uchun simdan necha metr olish kerak?
26. Ko‘ndalang kesim yuzi 0,1 mm2 bo‘lgai nikelin simdan tayyorlangan spiralda (elektr isitgichning
spiralida) kuchlanish 220 V bo‘lganda tok kuchi 4 A. Simning uzunligi kanday?
27. Uzunligi 90 m bo‘lgan mis simning qarshiligi 2 Ω ga teng. Simning ko‘ndalang kesim yuzini
aniklang.
28. 4 m uzunligining qarshiligi 10 Ω bo‘lnai reostat tayyorlash uchun qanday kesimli nikelin sim
olish kerak?
29. Uzunligi 1 m va ko‘ndalang kesim yuzi 0,25 mm2 bo‘lgan konstantan simning qarshiligi 2 Ω.
Konstantanning solishtirma qarshiligini aniklang.
30. Qarshiligi 6 Ω bo‘lgan reostat tayyorlash uchun olingan ko‘ndalang kesim yuzi 2 mm 2 bo‘lgan
temir simning massasini aniqlang.
31. Uzunligi 2 km va karshiligi 8,5 Ω bo‘lgan mis simning massasi qanday?
32. Qarshiligi 10 Ω bo‘lgan rsostat tayyorlash uchun ko‘ndalang kesim yuzi 1 mm 2 bo‘lgan qanday
massali nikelin sim olish kerak? (Nikelinning zichligi 8,8 g/sm3.)
33. Qarshiligi uzunligi 1 km va ko‘ndalang kesim yuzi 4 mm 2 alyuminiy simning karshiligiga teng
bo‘lishi uchun ko‘ndalang kesim yuzi 2 mm2 li temir simdan kanday uzunlikda olish kerak?
34. Qarshiligi ko‘ndalang kesim yuzi 2 mm2 bo‘lgan temir simning karshiligiga teng bo‘lishi uchun
ko‘ndalang kesim yuzi qanday bo‘lgan alyuminiy sim olish kerak?

You might also like