O Tkazgichlarni Ketma-Ket Ulash

You might also like

Download as docx, pdf, or txt
Download as docx, pdf, or txt
You are on page 1of 3

O‘tkazgichlarni ketma-ket ulash

1. Reostat zanjirga 287-rasmda ko‘rsatilgandek ulangan. Reostat jilgichini o‘ngga, chapga surganda
ampermetrning ko‘rsatishi qanday o‘zgaradi? Javobingizni asoslang.
2. *Reosgat jilgichi pastga surilsa, ampermetrning ko‘rsatishi kanday o‘zgaradi (288-rasm)?
3. Reostat karshiligi R ning chegaralari 0 ... 10 Ω bo‘lsa, zanjirdagi qarshilikni qanday chegarada

o‘zgartirish mumkin. Qarshilik R=20 Ω. 289-rasm


4. Rsostat jilgichi pastga surilsa (290-rasm), o‘lchov asboblarining ko‘rsatishi qanday o‘zgaradi?
(Yuqoriga surilgandachi?)
5. *Agar reostat jilgichi o‘ng chetki xolatidan chap chetki xolatga surilsa, ampermetr va V 1
voltmetrning ko‘rsatishi qanday o‘zgaradi (291-rasm)?

6. *Ampermetrning ko‘rsatishi ortishi uchun reostat pereklyuchatelini o‘ngga surish kerakmi yoki
chapgami (292- rasm)?

7. *Birinchi va ikkinchi voltmetrning ko‘rsatishi mos xolda 1,5 va 3 V ga


teng (293-rasm.) Zanjirdagi tok kuchi 0,5 A. Reostat jilgichi o‘ngga va
chasha surilsa, asboblarning ko‘rsatishi qanday o‘zgaradi?
8. Qarshiligi 3,9 Ω bo‘lgan radiolampaning cho‘g‘lanish tolasiga 2,41 Ω
qarshilik kegma-ket ulangan. Ularning umumiy qarshiligini aniqlang.
9. Kegma-ket ulangan karshiligi 15 Ω bo‘lgan ikkita lampa va
reostatning umumiy karshiligi 54 Ω. Reostatning qarshiligini aniqlang.
10. *Ikkita (8 va 1 kΩ) qarshilik ketma-ket ulangan (294-rasm.) Agar zanjirdagi tok kuchi 3 mA ga
teng bo‘lsa, A va C nuqtalar orasiga ulangan voltmetrning ko‘rsatishini aniqlang. A va B, B va C
nuqtalar orasiga ulangan voltmetr nimani ko‘rsatadi?
11. Elektr lampaning cho‘g‘lanish tolasining qarshiligi 2,5 Ω (295-rasm.) Agar cho‘g‘lanish
tolasidagi kuchlanish 5 V, batareya qisqichlaridagi kuchlanish 9 V ga teng bo‘lsa,
ampermetrning ko‘rsatishini va reostatning qarshiligini aniqlang.

12. Elektr zanjir qismlari berilgan (296-rasm.) Zanjirning bitta o‘tkazgichdagi kuchlanish uning xar
bir qismidagi boshka o‘tkazgichdagi kuchlanshpga karaganda necha marta katta?
13. Kuchlanishi 220 V bo‘lgan yoritish tarmog‘iga elektr plita va cho‘g‘lanish lampasi ketma-ket
ulangan. Plitaning qarshiligi 40 Ω, lampaning qarshiligi 484 Ω. Lampa va plita qisqichlaridagi
kuchlanishni aniqlang. Ulanish sxemasini chizing.
14. Tok manbai qutblariga ikkita - mis va temir sim ketma-ket ulangan. Temir simning qarshiligi mis
simning qarshiligidan ikki marta katta. Qaysi simning uchlaridagi voltmetr katta kuchlanishni
ko‘rsatadi? Necha marta katta kuchlanishni ko‘rsatadi?
15. *V1 voltmegr 12 V kuchlanishni ko‘rsatmoqda (297-rasm.) Ampermetrning va V2 voltmetrning
ko‘rsatishi qanday?

16. *Birinchi voltmetrning ko‘rsatishi 24 V (298-rasm.) Ampermetrning va ikkinchi voltmetrning


ko‘rsatishi qanday?
17. *Agar xar bir lampa 6 V ga mo‘ljallangan bo‘lib, ular kuchlanishi 127 V bo‘lgan tarmokka
ulanadigan bo‘lsa. Archa girlyandasini tayyorlash uchun qarshiligi bir xil bo‘lgan lampalardan
nechtasini ketma-ket ulash kerak?
18. 110 V ga mo‘ljallangan, qarshiligi bir xil bo‘lgan ikkita lampani kuchlanishi 220 V bo‘lgan
elsktr tarmoqqa ulash sxemasini chizing.
19. * Zanjirga R,= 5 Ω, R,= 6 Ω, R = 12 Ω karshilikli uchta o‘tkazgich ketma-ket ulangan (299-

rasm.) Agar voltmetrning ko‘rsatishi 1,2 V bo‘lsa, ampermetr qanday tok kuchini ko‘rsatadi va
AV nuktalar orasidagi kuchlanish qanday?
20. Kuchlanish 100 V bo‘lgan zanjirga elektromagnit g‘altagi ulangan. Reostat ketma-ket ulanganda
zanjirdagi tok kuchi 10 A dan 4 A ga kamaydi. Zanjir sxemasini chizing va reostat qarshiligini
aniqlang.
21. Elektr lampa bilan reostat ketma-ket ulangan. Agar zanjir kisqichlaridagi kuchlanish 12 V bo‘lsa,
zanjir sxemasini chizing, reostat va lampa karshiligini aniqlang. Reostatga ulangan voltmetr 8 V
ni ko‘rsatmokda. Zapjirdagi tok kuchi 80 mA.
22. Isitish asbobi 120 V kuchlanishga va 2 A tok kuchiga mo‘ljallangan. Isitish asbobidan tok kuchi
kerakli qiymatdan oshib ketmasligi uchun kuchlanish 220 V bo‘lgan zanjirga ketma-ket qilib
qanday qarshilik ulash kerak?
23. Zanjirga R,= 5 Ω va R,= 10 Ω qarshilikli ikkita o‘tkazgich ulangan (300-rasm) V1 voltmstr 12 V
ni ko‘rsatmoqda. Ampermetr va V2 voltmetrning kuchlanishini aniqlang.
24. Pereklyuchatel 1 holatga ulanganda (301-rasm) ampermetr 1 A tok kuchini ko‘rsatadi, 2 xolatga
ulanganda esa 4 A tok kuchini ko‘rsatadi. Agap zanjir qisqichlaridagi kuchlanish 12 V bo‘lsa,
xar bir o‘tkazgichniig qarshiligini aniqlang.

You might also like