Fizika 11-Sinf Yozma Ish Kriteriya

You might also like

Download as pdf or txt
Download as pdf or txt
You are on page 1of 4

Baholash kriteriyasi

1-qism: Har bir topshiriq 7 balldan baholanadi


Massasi m bo’lgan o’q M massali ballistik mayatnikka urilib tiqilib qoldi. O‘q
kinetik energiyasining qancha qismi issiqlikka aylandi?

Baholash kriteriyasi:
1. Chizmasi chizilgan bo’lsa +1.5 ball
2. Impuls saqlanish tenglamasi to’g’ri tuzilgan bo’lsa +1.5 ball
3. Energiya saqlanish tenglamasi to’g’ri tuzilgan bo’lsa +2ball
4. Sarf bo’lgan energiya qiymati topilgan bo’lsa +2 ball
Jami: 7 ball

2-qism: Har bir topshiriq 7 balldan baholanadi


h= 1.2 m chuqurlikka ega bo’lgan suv havzasining gorizontal tubida yassi
ko’zgu yotibdi. Tushuvchi nur ko’zgudan qaytgandan so’ng suvga kirish
joyidan qancha l masofada yana suv sirtiga qaytib chiqadi? Nurning suvga
tushish burchagi α=300, suvning sindirish ko’rsatkichi n=4/3

Baholash kriteriyasi:
1. Chizma to’g’ri chizilgan bo’lsa +1 ball
2. Yorug’likning sinish qonuni yozilgan bo’lsa +1 ball
3. Tenglamalar to’g’ri tuzilgan bo’lsa +2 ball
4. Sinish burchagi topilgan bo’lsa +2 ball
5. Yechimi +1 ball
Jami: 7 ball
3-qism: Har bir topshiriq 10 balldan baholanadi
Zanjir ikkita ideal g’altak, ikkita kondensator va batareyadan iborat.
G’altakning induktivligi L1 = 10 mGn, L2 = 20 mGn kondensatorlarning sig’imi
C1= 10 nF , C2 = 5 nF va batareyaning EYuK ξ = 40 V . Dastlabki kalit 1-
holatda turibdi. t=0 onda kalit 2-holatga o’tkaziladi. Zanjirda vujudga keladigan
xususiy elektromagnit tebranishlar chastotasi aniqlansin.

Baholash kriteriyasi:
1. Berilganlar yozilgan va birliklari ko’rsatilgan bo’lsa + 1 ball
2. Kondensatorlarni ulash formulasi yozilgan bo’lsa + 1.5 ball
3. G’altaklarni ulash formulasi yozilgan bo’lsa + 1.5 ball
4. Topson formulasi keltirib chiqarilgan va yozilgan bo’lsa +3 ball
5. Chastota formulasi yozilsa +2 ball
6. Yechimi + 1 ball
Jami: 10 ball
4-qism: Har bir topshiriq 10 balldan baholanadi
Gorizontal dag’al (silliq emas) sirtda joylashgan jismga gorizontal yo’nalgan
o’sib boruvchi F = b·t1 kuch ta’sir etmoqda, b- doimiy kattalik. Rasmda
tezlanishni kuchning ta’sir etish vaqtiga bog’liqlik grafigi keltirilgan. Sirpanish
ishqalanish koeffitsiyentini aniqlang. g = 10 m/s2.

Baholash kriteriyasi:
1. Jism dastlab tinch holatda qolganlik sababi tushuntirib berilsa + 2 ball
2. Asosiy tenglamalar yozilsa +3 ball
3. b - doimiy kattalik topilsa +3 ball
4. sirpanish ishqalanish koeffisiyenti to’g’ri topilsa +2 ball
Jami: 10 ball

5-qism: Har bir topshiriq 16 balldan baholanadi


Vakuumda joylashgan R radiusli ingichga yarim halqa τ chiziqli zichlik bilan
bir tekis zaryadlangan. Halqaning egrilik radiusi markazidagi elektr maydon
kuchlanganligini toping.

Baholash kriteriyasi:
1. Chizma chizilsa +2 ball
2. Asosiy formulalar yozilgan bo’lsa +3 ball
3. Tenglamalar to’g’ri yozilgan bo’lsa +4 ball
4. Yechimi va javobi +3 ball
5. Kuchlanganlik o’sish chegarasi va burchak o’zgarishi to’g’ri topilsa +4 ball
Jami: 16 ball

You might also like