Kondensator Qoplamalarining O'zaro Elektrostatik Ta'sir Kuchi

You might also like

Download as pdf or txt
Download as pdf or txt
You are on page 1of 2

KONDENSATOR QOPLAMALARINING O`ZARO ELEKTROSTATIK TA`SIR KUCHI.

@FizikaLife. 12.06.2018
Ko`pchilik holatlarda zaryadlangan kondensator qoplamalari orasidagi ta`sir kuchini Kulon qonuni
bo`yicha hisoblashga harakat qilishadi. Bu yanglish fikr! Keling huddi shu holatni ko`rib chiqamiz.
Ishni zaryadlangan cheksiz tekisliklar elektr maydonidan boshlaymiz.

Zaryadlangan cheksiz yakka tekislik bir jinsli elektrostatik maydon hosil qilishi aniq (a va b rasm). Uning elektr
σ
maydon kuchlanganligi E0 = kabi hisoblanadi. Huddi shunday moduli bir xil va ishorasi teskari
2 ⋅ε0 ⋅ε
zaryadlangan ikkita parallel cheksiz tekisliklar berilgan bo`lsin. Ularning maydonlari tekisliklar tashqarisida
qarama-qarshi, orasida esa bir yo`nalishda yo`nalgan bo`ladi. Maydonlar teng kuchliligidan tekisliklar
σ
tashqarisida maydon nolga, tekisliklar orasida esa o`zaro qo`shilib, E = 2 E0 = ga teng bo`ladi. Bu
ε0 ⋅ε
ifodalardagi ε barchamizga ma`lumki, muhitning dielektrik singdiruvchanligini anglatadi. Lekin dielektrik
muhit chekli o`lchamdagi modda bo`lishi ham mumkin (d rasm).
Musbat zaryadlangan cheksiz yakka tekislik ikkala tarafida ham E0 bir jinsli
elektr maydon hosil qiladi. Bu maydonga dielektrik modda kiritilsa, maydon
ta`sirida dielektrik qutblanadi. Tekislikning hususiy maydoni dielektrik ichida ham
E0 ga teng bo`ladi. Dielektrik qutblanganligi sababli dipollar tashqi maydonga qarshi
yo`nalishda ichki maydon hosil qiladi. Maydonlar teskariligidan dielektrik ichida
natijalovchi maydon E=E0-Eichki ga teng bo`ladi va shu sababli dielektrikda elektr
E0 E
maydon ε marta susayadi: = 0 = ε . Demak maydon faqat dielektrik
E0 − Eichki E
ichida susayadi. Uning tashqarisida emas! d-rasm.
Zaryadlangan yassi kondensatorni ham parallel tekisliklar deb qarash mumkin. Lekin uning qoplamalari
chekli tekisliklar. Ular bir jinsli elektr maydon hosil qila olmaydi. Ammo
kondensator qoplamalari orasidagi masofa kichikligidan maydonni bir jinsli deb
qarash mumkin. Faraz qilaylik, bizga zaryadlangan kondensator berilgan bo`lsin.
Metall qoplamalar qarama-qarshi zaryadlangani uchun ular o`zaro tortishishadi.
Natijada ikkala qoplamada ham ichki sirtga juda yupqa x qatlamda zaryadlar
yig`iladi. Bu zaryadlar ta`sirlashuvi qoplamalarning o`zaro ta`sirini ifodalaydi.
Elektrostatik ta`sirni hisoblashda -q2 zaryadlar to`plami, +q1 zaryadlar
σ
to`plamining E1 = elektr maydonida joylashgan deb qaraymiz:
2 ⋅ε0
σ q1
F = q2 ⋅ E1 = q2 ⋅ = q2 ⋅ ; q1 = q2 = q ekanligidan qoplamalarning
2 ⋅ε0 2 ⋅ε0 ⋅ S
q2
o`zaro elektrostatik ta`sir kuchini quyidagi ifodadan hisoblaymiz: F = ; bunda: q-kondensator zaryadi,
2 ⋅ε0 ⋅ S
S-kondensator qoplamalari yuzasi.
Endi qoplamalarning o`zaro elektrostatik ta`siri qoplamalar dielektrik muhitga to`liq tushirilganda
qanday bo`lishini ko`rib chiqaylik. Buning uchun dielektrik muhit elektrostatik maydonni susaytirishini bilsak
σ σ q1 q2
yetarli: F = q2 ⋅ E1 ; E1 = ; F = q2 ⋅ E1 = q2 ⋅ = q2 ⋅ ; q1 = q2 = q ⇒ F = .
2 ⋅ε0 ⋅ε 2 ⋅ε0 ⋅ε 2 ⋅ε0 ⋅ε ⋅ S 2 ⋅ε0 ⋅ε ⋅ S
Bundan tashqari dielektrik bilan bog`liq yana bir holat borki, bu ko`pchilik uchun doimo muammo
tug`diradi. Dielektrik modda faqat qoplamalar orasiga to`ldirilib kiritilsachi? Bunday holatni yuqoridagi kabi
tahlil qilib bo`lmaydi! Haqiqatda ham q1 zaryadli qoplamaning elektrostatik maydoni
σ
E1 = kabi hisoblanadi. Lekin q2 zaryadli qoplama dielektrik ichida emas.
2 ⋅ε0 ⋅ε
σ
U dielektrikdan tashqarida! Dielektrik ichida maydon E1 = kabi hisoblansa,
2 ⋅ε0 ⋅ε
σ
-q2 zaryadlar to`plami dielektrikdan tashqarida bo`lgani uchun ular E1 = kabi
2 ⋅ε0
hisoblanadigan elektrostatik maydonda joylashgan deb qarashimiz shart! Aynan shu
holatdan qoplamalar o`zaro elektrostatik ta`sir kuchini huddi birinchi holatdagidek hisoblaymiz:
σ q1
F = q2 ⋅ E1 = q2 ⋅ = q2 ⋅ ; q1 = q2 = q ekanligidan qoplamalarning o`zaro elektrostatik ta`sir
2 ⋅ε0 2 ⋅ε0 ⋅ S
q2
kuchini quyidagi ifodadan hisoblaymiz: F = .
2 ⋅ε0 ⋅ S
Zaryadlangan kondensator qoplamalarining o`zaro elektrostatik ta`sirlashish kuchi bo`yicha quyidagi
xulosalarni chiqaramiz:
a) Zaryadlanib tok manbaidan uzilgan kondensatorda qoplamalar orasidagi masofa o`zgartirilsin yoki
qoplamalar orasiga dielektrik kiritilsin. Bu holatda kondensator zaryadi o`zgarmasligini inobatga olgan holda
q2
F= ifodaga ko`ra qoplamalar orasidagi elektrostatik ta`sirlashish kuchi o`zgarmaydi. Bu shartdan
2 ⋅ε0 ⋅ S
kelib chiqadiki, dielektrik modda qoplamalar orasiga qanday qalinlikda kiritilsa ham qoplamalar ta`sirlashish
q2
kuchi o`zgarmaydi. Agar qoplamalar dielektrik muhitga to`liq tushirilsagina F = ifodaga ko`ra
2 ⋅ε0 ⋅ε ⋅ S
ta`sirlashish kuchi o`zgaradi.
b) Tok manbaiga ulangan kondensatorda qoplamalar orasidagi masofa o`zgartirilsin yoki qoplamalar orasiga
dielektrik kiritilsin. Bu holatda kondensator kuchlanishi o`zgarmasligini va faqat sig`im o`zgarishini inobatga
q2 C 2 ⋅U 2 ε 2 ⋅ ε 02 ⋅ S 2 ⋅U 2 ε 2 ⋅ ε 0 ⋅ S ⋅U 2
olish kerak: F = = = = . Demak tok manbaiga ulangan kondensator
2 ⋅ε0 ⋅ S 2 ⋅ε0 ⋅ S 2 ⋅ε0 ⋅ S ⋅ d 2 2⋅d2
ε 0 ⋅ S ⋅U 2 ε 2 ε2
qoplamalarining o`zaro elektrostatik ta`sir kuchi quyidagicha: F = ⋅ yoki F ∼ .
2 d2 d2
q2 C 2 ⋅U 2 ε 2 ⋅ ε 02 ⋅ S 2 ⋅ U 2 ε ⋅ ε 0 ⋅ S ⋅U 2
Agar qoplamalar dielektrik muhitga to`liq tushirilsa F = = = =
2 ⋅ε0 ⋅ε ⋅ S 2 ⋅ε0 ⋅ε ⋅ S 2 ⋅ε0 ⋅ε ⋅ S ⋅ d 2 2⋅d2
ε 0 ⋅ S ⋅U 2 ε ε
kabi hisoblashlarga ko`ra: F = ⋅ 2
yoki F ∼ .
2 d d2

Mualliflar: R. Boynazarov, T. Jumaniyazov, U. Rasulov.

You might also like