Download as pdf or txt
Download as pdf or txt
You are on page 1of 4

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021

ISSN: 2181-1601

ARAB VA O’ZBEK TILIDA SANOQ SONLAR VA ULARNING SANALMISH


BILAN SINTAKTIK MUNOSABATI

Dinora Xoldorova
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi

ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada arab tilida “son”, o’zbek tili grammatikasiga o’xshab alohida
so’z turkumi sifatida o’rganilmasada, arab grammatikasida uning o’ziga xos
xususiyatlari ko’rsatib berilgan. Bunda o’rganilgan mavzu o’zbek tili bilan
chog’ishtirilib, o’xshash va farqli tomonlari ko’rsatib beriladi.
Kalit so’zlar: “adad”-son, “ma’dud”,“tamyiz”-sanalmish, “adad mufrad”-sodda
son, “adad murakkab”, “adad uqud”, “adad ma’tuf”.

NUMBERS IN ARABIC AND UZBEK LANGUAGES AND THEIR SYNTACTIC


RELATIONS WITH COUNTS

ABSTRACT
Although this article does not study “number” in Arabic as a separate word group,
as in Uzbek grammar, it does show its specific features in Arabic grammar. In this case,
the studied topic is compared with the Uzbek language, showing similarities and
differences.
Keywords: “adad”-son, “ma’dud”,“tamyiz”-sanalmish, “adad mufrad”-sodda son,
“adad murakkab”, “adad uqud”, “adad ma’tuf”.

O’zbek tilidan farqli ravishda, arab tilida so’z turkumi uch qismga ya’ni, ism(ُ‫)اْلسإم‬, ِ‫إ‬
‫ إ‬va harf(ُ‫)ال َح إرف‬ga
fe’l(ُ‫)ال ِف إعل‬ ‫إ‬ bo’lib o’rganiladi. Arab tilida ism(ُ‫)اْلسإم‬ِ ‫ إ‬so’z turkumiga,
o’zbek tilidagi ot, sifat, olmosh, son, ravish, fe’lning harakat nomi(masadar), sifatdosh
kabi funktsional formalari, ayrim ko’makchilar, modal so’zlar kiradi. Shunday qilib,
o’zbek tilidagi son so’z turkumi arab tilida ism(ُ‫)اْلسإم‬ ِ ‫ إ‬so’z turkumida alohida
o’rganiluvchi bo’limdir. Son deb, predmetning miqdori, sanog’i, tartibini va sonning
nomini ifodalaydigan so’zlarga aytiladi. Son-sanog’ini bildiruvchi sonlar sanoq sonlar
deyiladi. Masalan: ikki, uch, besh, yigirma kabi. Sonning bunday ta’rifi arab tiliga ham
bevosita taaluqlidir.
O’zbek tilida son boshqa so’z turkumlaridan yasalmaydi, mustaqil so’zlardan tarkib
topgan. Ularning fe’liy o’zaklari mavjud emas. O’zbek tilida sonlar ko’pincha arab (1,
2, 3, 9) va rim (I, IV, IX, X) raqamlari bilan yoziladi.
َ ‫ُأ َ َحد‬،ٌ‫احد‬
Arab tilida esa son fe’l o’zaklaridan yasaladi. Masalan: )َ‫ٌُ(و َحد‬ ِ ‫ُاثإن‬
ِ ‫َانُ(ثَنَى( َو‬
َ (ُ‫ع إش ٌر‬
)‫عش ََر‬ َ ُ. Arab tilida sonlar hind raqamlari (٠١ ٢ ٣ ٤ ٥ ٦ ٧ ٨ ٩) bilan yoziladi.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 503


SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601

Arab tilida sonlar tuzilishiga ko’ra turlari quyidagicha:


1. ُ‫( ْالعَدَدُ ْال ُم ْف َرد‬sodda son) ) ٌ‫ أ َ ْلف‬،ٌ‫ ِمئ َة‬،ٌ‫ش َرة‬ْ ‫ع‬َ ،ٌ‫سع‬ َ ،ٌ‫ أَرْ بَع‬،ٌ‫ ث َ ََلثَة‬،‫ان‬
ْ ِ‫ ت‬،ُ‫س ْبعَة‬ ِ َ‫ اثْن‬،ٌ‫احد‬ ِ ‫(و‬ َ
Sodda sonlarga 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,100,1000 sonlari kiradi.
2. ُ‫( ْالعَدَدُ ْال ُم َر َّكب‬murakkab son)ُ)َ‫ش َرة‬ ْ ‫ع‬
َ ‫س َع‬ ْ ِ‫ ت‬،‫عش ََر‬ َ َ‫ ث َ ََلثَة‬،َ‫ش َرة‬
ْ ‫ع‬َ ‫ اثْنَتَا‬،‫عش ََر‬ َ َ‫( أ َ َحد‬
Murakkab sonlar 11,12,13,14,15,16,17,18,19 sonlardan iborat.
3. ُ‫( ْالعَدَدُ ْالعُقُود‬yaxlit o’nlik son) ( َ‫سعُون‬ ْ ِ‫ ت‬، َ‫ ث َ َمانُون‬، َ‫ستِين‬ ِ ، َ‫ أَرْ بَ ِعين‬، َ‫ ث َ ََلثُون‬، َ‫ش ُرون‬ ْ ‫) ِع‬
Yaxlit o’nlik sonlar 20,30,40,50,60,70,80,90 sonlardan iborat.
4. ُ‫ْطوف‬ ُ ‫( ْالعَدَدُ ْال َمع‬bog’langan son)ُ) َ‫س ِعين‬ ٍ ‫ ث َ َم‬، َ‫ان َو ث َ ََلثُون‬
ْ ِ‫ان َو ت‬ ِ َ‫ اثْن‬، َ‫ش ُرون‬ ْ ‫احدٌ َو ِع‬ ِ ‫(و‬ َ ُ
Bog’langan sonlarga 21,22,23,24,25,26,27,28,29,31…39…99 sonlari kiradi.
Sanoq sonlar noaniq so’zlar turiga kiradi. Masalan, “5 ta sotib oldim” deyilsa, sotib
olingan 5 ta narsani nima ekanligi noma’lum bo’lib turibdi. Mana shu noma’lumlikni
ketkazish uchun, sanalayotgan narsa(sanalmish) eslatib o’tilsa, 5 raqamidagi noaniqlik
ketadi. Masalan, “5 ta kitob sotib oldim”. Arab tilida son-“adad”(ُ‫)ال َعدَد‬, ‫ إ‬sanalmish esa
“ma’dud”(ُ‫()ال َم إعدود‬3 ‫إ‬ dan 10 gacha hamda yuzlik, minglik va shu kabi sonlar uchun) va
“tamyiz”)‫((الت َّ إم ِييز‬11dan 99gacha bo’lgan sonlar uchun) deb ataladi.
Yana arab tilida o’zbek tilida mavjud bo’lmagan jins kategoriyasi, yani
muzakkar(ُ‫)المذَ َّكر‬ ‫( إ‬erkaklarga xos) va muannas(ُ‫)الم َؤنَّث‬ ‫( إ‬ayollarga xos) jinslar mavjud.
Jins kategoriyasi sonlarga ham xosdir. Masalan: muzakkar jinsda (ُ‫عش ٌَر‬ َ ُ،ٌ‫احد‬ ِ ‫)و‬,
َ muannas
jinsda (ٌُ‫ع إش َرة‬ َ ُ،ٌ‫احدَة‬ِ ‫)و‬.
َ
Arab tilida sanoq son va sanalmish alohida qoidalar asosida birikadi.
- ُ‫احدَةٌ – ْالعَدَدُ ْال ُم ْف َرد‬
ِ ‫ َو‬،ٌ‫احد‬
ِ ‫ – َو‬bir va ‫ان‬ ِ َ ‫ اثْنَت‬،‫ان‬
ِ َ‫ اثْن‬- ikki sanoq sonlari adabiy tilda faqat
ta’kidlash uchun ishlatiladi. 1- ٌ‫احد‬ ِ ‫ َو‬va 2- ‫ان‬ ِ َ‫ اثْن‬sonlari ishlatilganida sanalmishning
moslashgan aniqlovchisi vazifasida bo’lib, sanalmishdan keyin keladi va u bilan
to’rt holatda moslashadi ya’ni, jinsda, sonda, kelishikda va holatda.
- ُ‫ – ْالعَدَدُ ْال ُم ْف َرد‬3 dan 10 gacha bo’lgan sanoq son(ُ‫)العَدَد‬lar ‫إ‬ doim
sanalmish(ُ‫)ال َم إعدود‬ning ‫إ‬ birlik sondagi jinsiga teskari jinsda bo’ladi, sanalmishning
o’zi ko’plik)‫)ال َج إمع‬da ‫إ‬ bo’ladi. Son bilan sanalmish odatda izofa(ُ‫ضافَة‬ َ ‫)اْل‬ ِ birikmasini
hosil qiladi. 3 dan 10 gacha bo’lgan sanoq sonlar gapdagi vazifasiga ko’ra
kelishikda o’zgaradi.
- ُ‫ ْالعَدَدُ ْال ُم َر َّكب‬- 11 dan 19 gacha bo’lgan murakkab sanoq sonlar qoidasi:
1) 11 va 12 sanoq son(ُ‫)ال َعدَد‬larining ‫إ‬ ikkala qismi sanalmish)‫ (الت َّ إم ِييز‬bilan jinsda
to’liq moslashadi;
2) 13 dan 19 gacha bo’lgan sanoq son(ُ‫)العَدَد‬larda ‫إ‬ faqat "‫عش ََر‬ َ " o’nlik soni
sanalmish)‫ (الت َّ إميِيز‬bilan moslashadi, birliklar esa sanalmishning jinsiga teskari
jinsda bo’ladi;
3) 11 dan 19 gacha bo’lgan sanoq son(ُ‫)العَدَد‬larining ‫إ‬ sanalmish)‫(الت َّ إميِيز‬i har doim
sondan keyin kelib, birlik holatda tushum kelishigida bo’ladi(tamyizlikka
ko’ra);

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 504


SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601

4) 11 va 19 gacha (12 mustasno) bo’lgan sanoq son(ُ‫)العَدَد‬larning ‫إ‬ ikkala(o’nlik va


birlik) bo’lagi uch kelishikda ham o’zgarmasdan “fatha”da keladi.
- ُ‫ – ْالعَدَدُ ْالعُقُود‬20,30,40,50,60,70,80,90 sanoq sonlarining sanalmish)‫(الت َّ إميِيز‬i har doim
uqud sondan keyin kelib, birlik holatda tushum kelishigida bo’ladi(tamyizlikka
ko’ra). Sanalmish)‫ (الت َّ إم ِييز‬xoh muzakkar(ُ‫)المذَ َّكر‬ ‫ إ‬xoh muannas(ُ‫)الم َؤنَّث‬ ‫ إ‬jinsda
bo’lsin, uqud(ُ‫)العقود‬ ‫ إ‬sanoq sonlari bir xil ko’rinishda ya’ni, muzakkar(ُ‫)المذَ َّكر‬da ‫إ‬
bo’lib, uch kelishikda turlanadi.
- ُ‫ْطوف‬ ُ ‫ – ْالعَدَدُ ْال َمع‬21 dan 99 gacha bo’lgan sanoq son(ُ‫)ال َعدَد‬lar ‫إ‬ )‫ (و‬bog’lovchisi orqali
uyushib, avvalgi birlik qismi – ma’tuf alayhi(ُ‫علَ إي ِه‬ َ ُ ‫)ال َم إعطوف‬ ‫ إ‬va ikkinchi o’nlik
qismi – ma’tuf(ُ‫)ال َم إعطوف‬ ‫ إ‬deb ataladi. Qoidasi quyidagicha:
1) 21dan 99 gacha bo’lgan sanoq son(ُ‫)العَدَد‬lar ‫إ‬ tarkibidagi 1 va 2 birlik sonlari
sanalmish)‫ (الت َّ إميِيز‬bilan jinsda moslashadi;
2) 21dan 99 gacha bo’lgan sanoq son(ُ‫)ال َعدَد‬larida ‫إ‬ 3 dan 9 gacha bo’lgan birlik
sonlari esa sanalmish)‫ (الت َّ إميِيز‬bilan jinsiga teskari bo’ladi;
3) 21dan 99 gacha bo’lgan sanoq son(ُ‫)ال َعدَد‬lardan ‫إ‬ keyin kelgan sanalmish)‫(الت َّ إم ِييز‬i
har doim birlik son, noaniq holat, tushum kelishigida bo’ladi(tamyizlikka
ko’ra);
4) 21dan 99 gacha bo’lgan sanoq son(ُ‫)ال َعدَد‬larda ‫إ‬ birlik soni gapdagi vazifasiga
ko’ra kelishikda turlanadi, o’nlik soni esa birlik songa uyushish orqali
harakatlanadi.
- ُ‫ – ْالعَدَدُ ْال ُمف َرد‬yuz(ٌ‫ ِمائ َة‬،ٌ‫)مئ َة‬,
ْ ِ ming( ٌ‫ )أ َ ْلف‬kabi yaxlit sanoq sonlar. Yuz(ٌُ‫ُمائ َة‬، ِ ٌ‫)مئ َة‬ِ soni
muannas(ُ‫)الم َؤنَّث‬ ‫إ‬ jinsda bo’lsada, lekin u ham muzakkar(ُ‫)المذَ َّكر‬ ‫إ‬ ham
muannas(ُ‫)الم َؤنَّث‬ga ‫إ‬ ishlatiladi. Ming(ُ‫ف‬ ٌ ‫ )أ َ إل‬soni muzakkar(ُ‫)المذَ َّكر‬ ‫ إ‬jinsda, lekin
muzakkar(ُ‫)المذَ َّكر‬ ‫ إ‬va muannas(ُ‫)الم َؤنَّث‬ga ‫إ‬ ham ishlatiladi. Yuz(ٌُ‫ُمائ َة‬ ِ ،ٌ‫)مئ َة‬
ِ va
ming(ُ‫ف‬ ٌ ‫ )أ َ إل‬yaxlit sanoq sonlar gapdagi vazifasiga ko’ra kelishikda turlanadi, lekin
ularning sanalmishi esa birlik(ُ‫)الم إف َرد‬ ‫ إ‬sonda va izofalik(ُ‫ضافَة‬ َ ‫)اْل‬ka
ِ ko’ra qaratqich
kelishigida - “majrur”(ُ‫)ال َمجإ رور‬ ‫ إ‬bo’lib keladi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, o’zbek tilidan farqli o’laroq, arab
tilidagi sanoq son mavzusi, son(ُ‫)ال َعدَد‬ ‫ إ‬va sanalmish(ُ‫ال َم إعدود‬، ‫(الت َّ إم ِييز إ‬ning o’zaro birikishida
murakkab qoidalarni o’z ichiga qamrab oladi. Arab tilida sanoq son mavzusi eng muhim
mavzulardan biridir. Arab tili o’rganuvchilari, birgina shu sanoq son mavzusini nazariy
qoidalarini yaxshilab o’rganib, uni amaliyotda tatbiq etishganda, bir necha mavzuni
o’rganib olishganiga o’zlari guvoh bo’lishadi. Chunki arab tilida sanoq son mavzusi,
ismlarning jins kategoriyasi – muzakkar (ُ‫)المذَ َّكر‬ ‫ إ‬va muannas(ُ‫)الم َؤنَّث‬, ‫ إ‬son kategoriyasi –
‫ إ‬ikkilik(‫)المثَنّى‬
birlik(ُ‫)الم إف َرد‬, ‫ إ‬va ko’plik)ُ‫) إال َج إمع‬, holat kategoriyasi – aniq holat(‫ )النَّ ِك َرة‬va
noaniq holat(ُ‫)ال َم إع ِرفَة‬, ‫إ‬ kelishik kategoriyasi – bosh kelishik(ُ‫)الر إفع‬, َّ tushum
kelishigi(ُ‫صب‬ ‫)النَّ إ‬, qaratqich kelishigi(ُ‫)ال َجر‬ ‫إ‬ kategoriyalarini, moslashgan va
moslashmaqan aniqlovchi(izofa) (ُ‫ضافَة‬ َ ‫)اْل‬,
ِ tamyiz)‫ (الت َّ إميِيز‬kabi mavzular bilan uzviy

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 505


SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601

bog’liqdir. Qolaversa, o’rganilayotgan mamlakat tilining grammatik tizimini chuqur


o’rganish tilni mukammal egallashda muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES
1. Abdujabborov A. Arab tili. – T.: 2007.
2. Erkaboyeva N. O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami. –T.: 2015.
3. Amin Abdulg’oniy. An-nahv al-vodih. Qohira, 2010.
4. As- Sayyid ibn Husan ad-Dib. Al-hivar fi sharh al-ajrumiyya. Iskandariya, 2015.
5. Shayh Mustafo al-G’alayiniy. Jami’ ad-durus al-arabiyya. Qohira, 2007.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 506

You might also like