Download as pdf or txt
Download as pdf or txt
You are on page 1of 3

Дата: /

VARIANT – 58

1. Bo’g’in bir tovush bilan ifodalangan so’z qaysi javobda berilgan?


A) insoniyat
B) odobnoma
C) johillik
D) huquqbuzar

2. Qaysi javobda asos va qo’shimchalar imlosida xatolikka yo’l qo’yilgan?


A) quloqqa
B) chelakka
C) pedagogga
D) toqqa

3. Qaysi javobda nuqtalar o’rniga bo’g’iz undoshi yozilmaydi?


A) ta…lika
B) …urmat
C) …asis
D) …alovat

4. Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovun uzdi.


Mazkur gapda vergullarning ishlatilishi qaysi javobda to’g’ri izohlangan?
A) uyushiq bo’laklar borligi uchun
B) kirish so’z gap o’rtasida kelgani uchun
C) undalma ishtirok etganligi uchun
D) ajratilgan bo’lak qatnashgani uchun

5. Qaysi javobda taqlid so’z berilgan?


A) Hey, menga qara, Shokir.
B) Ey Luqmoni Hakim, Sening dovrug’ing tutdi olamni.
C) Qo’qqisdan bog’da kabutarlar g’uv-g’uv deb qolishdi.
D) Xullas, ana shu bodomzordan so’ng qishloq boshlanadi.

TUZUVCHILAR: AZIZA MUHIDDINOVA


6. Berilgan birikmalarning qaysi birida ko’chma ma’noda kelgan so’z
ishtirok etgan?
A) kitobning jildi
B) issiq havo
C) iliq munosabat
D) daryodan o’tib

7. Belgilash olmoshi ishtirok etgan javobni aniqlang.


A) Har doim sabrlilar muvaffaqiyatga erishadi.
B) Hovlida allakimning qorasi ko’rindi.
C) Hunarli odam hech qachon kam bo’lmaydi.
D) Har narsaga jahl qilavermaslik kerak.

8. Tushum kelishigi belgisiz qo’llangan gapni aniqlang.


A) Shirinoymi bu, eson-omonmisan?
B) Ammam ko’rpa-yostiq, amakim qozon-tovoq berishdi.
C) Eshikni ochishim bilan dadam qo’lidagi gazetasini tashlab menga qaradi.
D) Bu qo’shiqda na nolish bor, na azob.

9. Tobe so’z ravish bilan ifodalangan so’z birikmasini belgilang.


A) do’konda ancha
B) shoshib yurmoq
C) jo’rttaga so’ramoq
D) shamoldan tez

10. Qaysi gapda ko’p nuqta o’rnida “tez” so’zini ham, “yaqin” so’zini ham
qo’llash mumkin?
A) Sodiqboy juda … odam, birpasda lovullab ketadi.
B) Fe’l-atvori tushunarsiz, bir qarasang, jahli … ota, bir qarasang yosh
boladek sho’x yigit.
C) Bolalar … orada yetib kelishadi, tayyor turaylik.
D) Qish …, bolalarim, o’tin g’amlab qo’yishimiz kerak.

TUZUVCHILAR: AZIZA MUHIDDINOVA

You might also like