Download as pptx, pdf, or txt
Download as pptx, pdf, or txt
You are on page 1of 13

Termiz Davlat Universiteti Tarix

fakulteti Tarix ta’lim yo'nalishi


4 bosqich 403 guruh talabasi
Ashurov Ramazonning O’rta osiyo
ko’chmanchilari tarixi fanidan
tayyorlagan
Slaydi
Buyuk ipak yo'li va uning
ko'chmanchilar dunyosi tarixi
Reja:
1. Buyuk ipak yoʻlidagi ko’chmanchilar tarixi.
2. Buyuk ipak yoʻlining ilmiy oʻrganilishining
boshlanishi
3. Buyuk ipak yoʻlida gʻarbiy Yevropa olimlarining
ishlari
Koʻchmanchilik — chorvachilikning maxsus shakli va bunday xoʻjalik bilan hayot kechiruvchi
qabilalarning turmush tarzi. "K" atamasi baʼzan kengrok, tushunchada, qatto ovchilik, baliqchilik va
terimchilik bilan kun kechiruvchi qabilalarning faoliyati va yashash yoʻsini maʼnosida ham talqin
etiladi (mas, Avstraliya aborigenlari, Amerika indeyslari va boshqalar).
Yovvoyi hayvon turlarini xonakilashtirish (Osiyo, Shim. Afrika va Jan. Yevropada) neolit (yangi tosh)
davri ovchi va terimchi jamoalari hayotida yuzaga keladi. Miloddan avvalgi 4- va 3-ming yilliklarda
(eneolit davri) Osiyoda kam suvli qirgʻoq mintaqalarda, togʻ oldi hududlarda, jilgʻalar va daryo
adoklarida yashagan aholi turar joylari atrofida, dastlab dehqonchilik va ovchilik bilan birga olib
boriladigan oʻtroq va yarim oʻtroq xonaki chorvachilik xoʻjaligi shakllanadi. Asrlar osha chorva
boshlarining koʻpayishi va chorvachilik xoʻjaligining kengayib borishi bilan togʻ yaylovlari va dashtu
biyobon oʻtloqlari oʻzlashtiriladi. Chorva mollarini keng maydonlarga tomon xaydab oʻtlatish bilan
chorvachilikning yangi shakli — podachilik — yaylov chorvachiligi paydo boʻladi.
Podachilikning oʻziga xos xususiyatlari (podani yaylovga haydash, oʻtlatish, suvlatish, qoʻriqlash,
qirqim va h.k.) chorva xoʻjaligining erkaqlar ixtiyoriga oʻtishiga va uni maʼlum darajada ixtisoslashib
borishiga olib keladi. Podachilik bilan dastavval yirik va mayda shoxli hayvonlar (qoramol, qoʻy,
echki poda va otarlari hamda yilqi uyurlariyu, tuyalar) aralash boqilgan boʻlsa, keyinchalik esa
yaylovga, asosan, mayda shoxli hayvonlar, yilqi va tuyalar haydalgan. Chunki koʻchma
chorvachilikka qoʻy va echkilar koʻproq moslashib, soʻngra yilqichilik va tuyachilik paydo boʻlgan.
Miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning boshlarida Osiyoning togʻ oldi
hududlari va dashtliklarida istiqomat qiluvchi oʻtroq va yarim oʻtroq qabilalarning bir qismi
hayotida yarim K. va K. turmush tarzi shakllanib, koʻchma chorvachilik xoʻjaligi muqimlashadi.
Miloddan avvalgi 1-mingyillikda esa, K. ayniqsa, Markaziy Osiyoda keng tus oladi. Miloddan
avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi va 1-ming yillikning boshlarida yashagan chorvador podachi
jamoalarining moddiymadaniyat yodgorliklari qad. Xorazmda (Toza-bogʻyop), Zarafshon vodiysi
(Urgut, Kattaqoʻrgʻon)da, Fargʻona vodiysi (Vodil va Karomkoʻl) da, Toshkent vohasida
(Achikoʻl) topib oʻrganilgan (qarang Andronovo madaniyati, Tozabogʻyop madaniyati).
Oʻrta Osiyoning qad. koʻchmanchilari va chorvachilik toʻgʻrisida yozma manbalarda (Avesto,
yunon muarrixlari Gerodot va Strabon asarlari hamda Xitoy solnomalari) koʻpgina qiziqarli
maʼlumotlar keltiriladi. Mas. Avestoda qad. Turonzaminning tabiati — qalin qor bilan qoplangan
togʻlari, bahorgi suv toshqinlari, maysali yaylovlari va qoʻyqoʻzilari taʼriflanib, choʻpon —
"Xshupan" nomi bilan alohida tabaqa vakili sifatida ulugʻlanadi. Chorvachilik "ezgu amal" deb
taʼriflanib, "chorvani" vodiylarda qoʻralarda saqlash, "yirik va mayda shoxli mol koʻp oʻgʻit bersa,
oʻsha yer aziz" degan satrlarda chorvachilikning hayotiy mohiyati borasida olqishli soʻzlar
yuritiladi va bunday xoʻjalik ezgu amal sifatida targʻib etiladi. Gerodot Pont Evksin (Qora dengiz)
boʻylarida yashovchi yilqiboqar skiflar, Turonning koʻchmanchi chorvadorlari, massaget
qabilalari haqida xabarlar bersa, Xitoy solnomalarida esa hunnu, syanbi, usun va boshqa
Buyuk ipak yo'lining ayrim tarmoqlari, tarixiy davrlardagi o'rni va roli to'g'risida Sovet davrida
ham tadqiqotlar to’xtamadi. Bu sohada A.R. Muhammadjonov (Karavanniye puti mejdu Rossii i
Buxaroy. T.Fan-1963 g.).T.Nigmatov Iz istorii russko-xivinskix vzaimootnosheniy (20-50 -x gg.
XIX 6; T.Uzbekistan-1959 g.). V.A. Shishkin (O’rta Osiyo xaiqlarining Xitoy xalqi bilan
qadimgi madaniy aloqalari, T-1959 yil); A.Yu. Yakubovskiy (Feodalnoye obshestvo Sredney
Azii i yego torgovlya s Vostochnoy Yevropoy v X-XV vv. M-1932 g.) N.B.Bankova (Rol v
Sredney Azii russko-indiyskix torgovix svyazey (pervaya polovina XVI v. - polov. XVIII v. T.
Fan-1964 g; Rossiya bilan Sharq o'rtasida iqtisodiy aloqalar tarixidan, T.Fan-1964 yil). I.
Nizamutdinov (Hindiston va O'rta Osiyo aloqalariga oid o'nlab tadqiqotlari); E.Shefer (Zolotiye
persiki Samarkanda, M. Nauka 1987). Ye.l.Lubo, Lesnichenko (Velikiy shelkoviy put //"Voprosi
istorii" , M; 1985 g; №9) kabi o'nlab mualliflarni sanab o'tish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Milliy mustaqilligi arafasida va istiqlol yillarida o'zbekistonlik
olimlar Buyuk ipak yo'li masalasiga bag'ishlab, ko'pgina maqola va kitoblar e'lon qildilar.
Jumladan, akademik olimlardan A.Asqarov va F. Buryakov ("O rabote uzbekskogo otryada
ekspeditsii YUNESKO v shelkovomu puti. // «Obshestvenniye nauki v Uzbekistane», 1991 g:
№6; str 46-64). Iqtisodchi professor N. To'xliyev ("Osiyo va bozor" T.Fan-1992 yil); akademik
E.Rtveladze (Velikiy shelkovoy put: ensiklopedicheskiy spravochnik: drevnosti i ranneye
srednevekove; T-1999 god.)
Ta'kidlash joizki, 1987 yilda BMTning fan, adabiyot. san'at bo'limi YUNESKO doirasida
"Ipak yo'li - muloqol yo'li" nomli xalqaro dastur ishlab chiqildi. Ushbu dastur doirasida
1987-1998 yillarda 11 ta ekspeditsiya uyushlirildi. Jumladan, "Marko Polo izidan" (1987 yil.
iyun- avgust, Istanbul-Pckin), "Dengiz ekspeditsiyasi" (1990 yil 23 oktyabr. 1991 yil 23
fevral) "Markaziy Osiyo respublikalari bo’ylab" (1991 yil, yozi). "Ko'chmanchi madaniyat
izlari bo'ylab ekspeditsiya" (1992 yil iyun-avgust. Mo'g'uliston), "Yevropaning ipak yo'li"
(1995 yil. Istanbul- Lion) kabi ekspeditsiyalarning materiallari chop etildi.
1990 yillarda Buyuk ipak yo'lini o'rganishga qaratilgan xalqaro ilmiy anjumanlar
o'tkazildi. Ushbu anjumanlarda Buyuk ipak yo'lining tarixi, buguni, kclajagi haqida ilmiy
xulosalar berildi, o'nlab taklif va mulohazalar ishlab chiqildi.
"Qadimgi va O'rta asrlarda Markaziy Osiyoda buyuk ipak yo'li tarmoqlarining
shakllanishi va rivojlanishi" (1990 yil. oktyabr. Samarqand) "Ipak yo'lida joylashgan
davlatlarning eposi" (1993 yil, 3-7 iyun, Finlyandiya) "Buyuk ipak yo'lida til va yozuvlar"
(1994 yil, 30 sentyabr-1 oktyabr. kipr). «Ipak yo'lining uyg'onishi: madaniy sayohat va
O'zbekistonda an'analarning uyg'onishi» (1996 yil, 21-22-fevral. Buxoro) kabi ilmiy
anjumanlarning materiallari to'plam sifatida chop etildi. Salmoqli maqola va tadqiqotlar
respublika davriy matbuoti orqali jamoatchilikka yetkazildi.
Bir qator mamlakatlarda Buyuk ipak yo'lini o'rganadigan maxsus ilmiy markaz va institutlar ochildi.
(Ularda xizmat qilayotgan ilmiy xodimlar ko'p tomlik Buyuk ipak yo'li tarixini yaratish yo'lida ter
to'kmoqdalar. Birinchi maxsus institut 1970-yillardayoq Yaponiyada tashkil etilgandi. Hozir, Hindiston,
Xitoy, Shri - Lanka, O'zbekiston (Samarqandda) kabi davlatlarda ham shunday nomdagi institutlar
faoliyat olib bormoqda. Yaponiyaning Kamakura shahridagi maxsus oliygoh «Buyuk ipak yo'lining
arxeologiyasi va san'ati» nomli jurnal chop etadi. Ushbu jurnal yer yuzining turli mamlakatlari olimlari
tomnnidan yuborilgan sara maqolalarni o'z sahifalarida e’lon qiladi va u bir yilda 4 marta chop etiladi.
2. Insoniyat tarixida va yuzlab xalqlar hayotida muhim o'rin tutgan Buyuk ipak yo'lini o'rganish. bu
xalqaro savdo-sotiq yo'li haqida tadqiqotlar olib borish xorijda ham, ona yurtimiz O'zbekistonda ham
qiziqish uyg'otib kelgan.
Zamonamiz olimlarining fikriga ko'ra, Buyuk ipak yo'li ushbu tarmoqlar bo'ylab yurigan savdogar, elchi,
ayg'oqchi, olim, quvg'in va sayyohlami ham birdek qiziqtirgan.
Ulug' vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy X asrdayoq O'rta Osiyo, Hindiston va Xitoyni bog'lovchi
savdo yo'llari ularda qad ko'targan tarixiy shaharlar tavsifi haqida. «Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar», «Hindiston» nomli asarlarida ma'lumot bcrib o'tgandi.
Venetsiyalik savdogar Marko Polo (XIV asr. Italiya) Sharq mamlakatlari bo'ylab Xitoyga savdo yo'llari
orqali yetib borgan. Xitoy imperatorining saroyida tabib bo'lgan M.Polo o'zining «Marko Polo kitobi»da,
«Paxtayo'li», «Ipak yo'li», «Oyna yo'li» kabi atamalarni qo'llagan.
XVI-XVIII asrlarda bu yo'llardan lurli maqsadlarda otgan kishilar o'z xotiralari va esdaliklarida
savdo-sotiq ahamiyati to'g'risida ko p bor to'xtalib o'tadilar. Biroq Buyuk ipak yo'lini jiddiy
tadqiq qilish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanib. birinchi tadqiqotchi sifatida asli venger,
lekin ingliz arxeologi va sharqshunosi sifatida tanilgan Aurel Steyn (1862-1943) nomi bilan
bog'liqdir. U Taklamakon, Tarain vohasi, Xo'tan, Turfan, Dunxuanni bir-biri bilan bog'lovchi
savdo yo'llarining tarmoqlarini 1906-1909 yillarda kashf etdi. Ushbu tadqiqoti bilan jahonga
mashhur bo'lgan A.Steyn Dunxuandan «Ming budda» g'orlarini o'rganib, IV-XI asrlarda Xitoy,
Hindiston, O'rta Osiyo madaniy ta'sirini aks ettiruvchi osori-atiqalarni 1907 yilda Buyuk
Britaniya muzeyiga topshirdi. Uning tadqiqotlarida VII-X asrlarda ipak to p holatida tashilgani,
Xan davrida ipak matolar eni -0.5 metr, uzunligi 9 metr bo'lganligi, Dunxuanda ipak
tayyorlanadigan joy, uning o'lchami, og'irligi, bir to p ipak narxi, ipak parchalarining sifati bilan
bog'liq qiziqarli ma lumotlar uchraydi.
Ingliz, nemis, fransuzlar o'zlarining mustamlakachilik siyosati bilan bog ’liq maqsadlarini
amalga oshirish yo'lida sayyoh va savdogarlardan foydalandilar. Bu yo’llardan yurishlar
maqsadi o'zgacha bo'lsada, lekin ular olim va ziyoli kishilar edi. Jumladan, 1860-yilda inglizlar
topshirig'i bilan Qoraqum orqali asli hindistonlik Muhammad ibn Hamid yo'lga chiqqan. U
Taklamakon vohasini tekshirih, qum ostida qolgan bir qator shaharlar qatnov yo'li haqida
ma'lumot to'playdi.
Yoki mojar olimi va sayyohi Herman Vamberi ham savdo karvonlariga qo'shilib Buxoro
amirligi xududiga kirib kelgandi. U Mashhadda (Eron) ingliz vakolatxonasi a'zolari Alison
va Tomsonlardan ko'rsalma olgan. Amir Muzaffar o'z qabulida bo'lgan H. Vamberiga
cho’loq oyoq bilan qanday Buxoroga yetib keldingiz? qabilidagi kesatiq savolni beradi. Aql-
idrokli H. Vamberi ushbu savolga javob bera turib: Sizning yurtdoshingiz, «Xorazni faxri»,
«arablar va g'ayriarablar ustozi» deb nom olgan Zamaxshariy cho'loq oyoq bilan butun
musulmon davlatlarini kezib chiqib, mashhurlik rutbasiga erishgan. Sohibqiron Amir Tenuir
cho'loq oyog i bilan yer yuzining yarmini zabt etgan», degan dalillarni keltiradi. Amir
Muzaffar uni ikki marta aql-idrokiga qoyil qolib, to’n va sarupolar bilan siylashdan nariga
o'tolmaydi. Ipak yo'li bo’ylab savdo-sotiq magistrallaridan o'tgan H. Vamberi «Angliya
qirolligi geografiya jamiyati»ning a'zosi edi. Unga ushbu jamiyat 1913-yilga qadar, ya'ni H.
Vamberi o'limigacha katta miqdorda nafaqa 10' lab turgan.
Nemis geomorfologiya maktabining asoschisi Berlin geografiya jamiyati a'zosi, geograf va
geolog Paul Fon Vilgelm Rixtgofen (1833-1905) 1877-uilda Berlindagi Rayner nashriyotida
«Xitoy: shaxsiy sayohat va keyingi chuqur tadqiqotlar natijasi» nomli ko'p lomlik
monografiyasini chop etlirdi. Mazkur kitobida «Buyuk ipak yo'li» ataniasini qo'llab. ushbu
E’tiboring uchun rahmat

You might also like