Download as pptx, pdf, or txt
Download as pptx, pdf, or txt
You are on page 1of 25

V asrda AFINA

BuxDU tarix va madaniy me’ros fakulteti 5-3TAR21 guruh talabasi


Sherbek Hasanovning jahon tarixi fanidan tayyorlagan tqdimoti
Reja:

1. Afina dengiz ittifoqi


2. Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afina
3. Afina demokratiyasi
Afina dengiz ittifoqi

Er. aw. V asrda yunon dunyosining siyosiy va madaniy hayotining


markazi Kichik Osiyo va Egey orollaridan Bolqon Yunonistoniga
ko‘chdi. Yunon viloyatlari ichida Attika viloyatining roli oshdi. Arxaik
davridan so‘ng Yunonistonda siyosiy jihatdan kuchli o‘zgarishlar yuz
berdi. Er.aw. VI asr oxirida Sharqda qudratli Ahamoniylar davlati
shakllandi va Yunon dunyosiga o‘zining madaniy siyosiy ta’sirini
o‘tkaza boshladi. Er.aw. V asr oxirida forslar Kichik Osiyodagi barcha
yunon shaharlari va Lidiya podsholigini bosib oldilar. Forslar
Yunonistonni ham o‘z ta’sir doirasiga olishga harakat qildilar. Fors
qo'shinlari bir necha bor kontinental Yunonistonga bostirib kirdilar
(er.aw. 495, 490-y) Yunon polislari forslarga nisbatan turli
munosabatda boidilar. Fessaliya va Beotiya forslarga do‘stona
munosabatda boidilar. Sparta va Afina esa forslarga qarshi yunon
shaharlari ittifoqini tashkil qildilar.
Afina dengiz ittifoqi

Er. av. 481-yil yunon shahar davlatlari Ellin ittifoqini


tuzdilar. Dastlab ittifoqda Sparta yetakchi rol o‘ynaydi.
Sparta vakili uning ishiga rahbarlik qildi. Lekin
forslarga qarshi harbiy harakatlarda asosan flot hal
qiluvchi o‘rin egallar edi. Sparta o‘zining flotiga ega
boimaganligi sababli, ittifoqda yetakchi o‘ringa da’vo
qila olmas edi. Spartaliklardan rahbarlikni olish uchun
Ioniya orollarining Afinaga yordam so‘rab murojaat
qilishi bahona boidi. Afina atrofida bir necha yunon
shaharlari birlashib, yangi siyosiy kuch birinchi Afina
ittifoqini vujudga keltirdilar. Shu vaqtdan boshlab
Sparta va Afina ittifoqchilari o'rtasidagi raqobat er. aw.
V asrda Yunonistondagi voqealar rivojiga hal qiluvchi
ta’sir o’tkazdi.
Afina dengiz ittifoqi

Afina ittifoqi tez orada mustahkam, uyushgan


kuchli tashkilotga aylandi. Ittifoqning barcha
qatnashchilari to ia huquqli boiib, uning xazina
Delos orolidagi Apollon ibodatxonasida joylashgan
edi. Ittifoqchilar kengashiga har bir a’zo davlat
bittadan vakil yubordilar. Afina Arxesy ittifoqi
mablag'i 480 talant hajmida deb belgilanib, har bir
ittifoqchi davlat umumiy xazinaga a’zolik toiovi
(foros)ni amalga oshirar edilar. Ittifoq ichida
Afmaning harbiy-siyosiy va savdo mavqei kuchayib
ketdi. Barcha ittifoqchi yunon shaharlari o'zlarida
Afina tosh-tarozisi va oichov birliklarini joriy
qildilar, umumiy xazina Delosdan Afinaga ko'chirildi.
Afina dengiz ittifoqi

Aflitaliklnr ittifoqchilarning to'lov badali hisobiga Afinada mashliur


Propiley va Parfenonni qurdilar. Afinaning bunday suiistc'molligi
ittifoqchilarning norozilik chiqishlariga sabab bo‘ldi.
Ittifoqchilarning chiqishlari Afinaliklar tomonidan qattiq jazolandi.
Masalan, jazolangan Tasos Afinaga o'zining barcha kemalarini
berishga, devorlarini buzishga, tovon to'lash va eski a’zolik
badalini to'lashni davom ettirishga majbur bo‘ldi. Plutarxning
yozishicha «Ittifoqchilar xiroj to'lovchilar va qullarga aylandilar».
Afina o'z ta’sir doirasini yunon dunyosida muntazam ravishda
kengaytirishda Spartani qarshiligiga uchradi. Forslar bilan umumiy
g‘alabadan keyin har ikki davlat o‘rtasidagi raqobat keskinlashdi.
Forslar Egey dengizidan siqib chiqarildi, u yana «Yunon quli» bo'lib
qoldi. «Kalliy» sulh shartnomasi (er.aw.447-y) dan so‘ng forslarning
dengiz floti Egey dengiziga kirishdan mahrum bo'ldi. Eron
quruqlikdagi qo'shinlarini Kichik Osiyo qirg'og'idan uzoqda saqlab
turish majburiyatini oldi.
Afina dengiz ittifoqi

Yunon-fors urushlaridan so'ng Afinadagi keskin


siyosiy kurash natijasida radikal — demokratik
kuchlar PerikI boshchiligida g'olib chiqdilar.
Periklgacha Efial’t islohot o'tkazib,
zodagonlar areopagining siyosiy mavqeini
yo'qqa chiqardi. Areopag ixtiyorida faqat
qasddan odam o'ldirish va diniy an’analarga
qarshi jinoyatlarni ko'rib sud qilish
vazifalarigina qoldi xolos. Areopagning siyosiy
funksiyalari Klisfen joriy qilgan 500 lar
kengashi va gelieyaga berildi.
Afina dengiz ittifoqi

Xalqaro savdodan manfaatdor bo'lgan Afina savdogar


hunarmandlari va dengizchilari Afinani Yunon shaharlari
ustidan yetakchiligini mustahkamlashni talab qildilar. Ular
ittifoqchilatga nisbatan qat’iy qattiq siyosatni, Afinaning
yunon dunyosiga boshchilik qilishiga qarshi turadigan har
qanday kuchlaiga qarshi keskin kurash olib borishni talab
qildilar. Afinada Kaeon tiraniyasi tugatilgandan so'ng
demokratik harakat Afina siyosiy hayotida yetakchi o'ringa
chiqdi. 500 lar kengashining ta’siri kuchaydi. Bu kengashdn
aholining kambag'al tabaqalarining ishtiroki uchun
imkoniyatlar yaratildi. Gelieda sudyalik vazifasini bajarish
uchun yoki 500 lar kengashiga a’zolik uchun ish haqi
to‘lashni joriy qilinishi hatto kambag'allaiga ham qura
tashlash yo'li bilan saylanadigan 5 ming sudyadan biri
bo'lishi imkoniyatini berdi.
Afina dengiz ittifoqi

Shahar aholisining o'rta qatlami zevgitlarga


arxont vazifasini bajarishga ruxsat berildi. Tashqi
siyosatda Afina yunon dunyosiga hukmronlik
qilish uchun faol harakat qildi Afinaning qo'shni
viloyatlarga taziyqi kuchayib Sparta bilan urush
harakatlari olib borildi. Er. aw. 445-yil Sparta
bilan 30 yil muddatga tinchlik shartnomasi
imzolandi. Ammo tinchlik 14 yil davom etib keyin
uzoqqa cho'zilgan urush barcha yunon
shaharlarini zaiflashtirgan Peloponnes urushi
boshlanib ketdi. Urush 27 yil davom etib ko'pgina
shaharlar vayron boidi. 10 minglab kishilar
qurbon bo'ldilar. Urf-odatlar, qonunlar paymol
qilindi. Yunon dunyosi shundan so'ng tushkunlikka
yuz tutdi.
Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afina

Yunon-fors urushlaridan so'ng Afina tez


tiklandi. Pirey porti qayta qurilib, o'sha
davrdagi O'rtayer dengizidagi eng yirik
port hisoblangan Karfagen portiga
tenglashdi. Dengiz ittifoqiga yetakchilik
qilgan Afina yunon dunyosi dengiz
savdosida ham birinchi o'rinni egalladi.
Afina eksporti Shimoliy Qora dengiz,
Sitsiliya, Apuliya, Etruriyani qamrab
oldi. Egina, Korinf Kerkira va boshqa
shaharlar savdoda Afinani birinchiligini
e’tirof etishga majbur boidilar. Afina
ijtimoiy qatlamlarida ham tegishli
o'zgarishlar yuz berdi.
Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afina

Jamiyatda yetakchi o'rinni savdo -


hunarmandlar tabaqalari egalladilar.
Davlatni ichki va tashqi siyosatini ana
shu tabaqalar belgilar edi. Attika
dehqonlari poytaxtni g'alla bilan
ta’minlay olmas edilar, g'allani Qora
dengiz bo'yidan yoki Italiyadan olib
kelish arzonga tushar edi. Qishloq
aholisi ish topishi uchun ko'plab
shaharlarga kelib o'rnasha boshladilar
Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afina

Er.aw. V asr o'rtalaridan boshlab Afinada


hunarmandchilik va dehqonchilikda
foydalaniladigan qullarni soni ko'payib ketdi. Afina
olib borgan ko'plab urushlar natijasida Kichik Osiyo,
Frakiyava Illiriyadan qullar olib kelib sotiladigan
Xios orolidagi qul bozori iqtisodiyotining ishchi
kuchiga boigan doimiy ehtiyojini qondirdi. Qullarni
soni keskin oshib ketdi. Malakasiz qul arzon boiib,
hunarga oi^atilgan qul qimmati 100—150 draxma
baholanar edi. Perikl davri Afmasida qullarni aniq
soni nomaium. Taxminlarga ko'ra, ular 400 mingtaga
yetmagan.
Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afina

Shahardagi eng boy odamlardan biri


Nikiyning Lavrion kumush konlarida ming
quli, boy Gipponikning 600 quli boigan.
Oddiy hunarmandlaming ustaxonalarida 5
tadan 10 tagacha qul ishlagan. Qalqon
yasovchi usta Lisiyning ustaxonasida 120
qul boigan. Boy shaharliklar xo'jaligida 10—
20 qul mehnat qilgan. Hunarmandchilik
korxonalari, konlar, poliz, uzumzor va
zaytunzorlarda qullar mehnat qilganlar.
Afina shahar IHiliuiyticltilari asosan
qullardan iborat bo'lgan, qullanga
•Kiipliuvchi qurol* deb qarashgan, ularning
hech qanday ijtimoiy hiK|iK|i bo'lmagan.
Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afina

Ishlab chiqarishda qullaming ko‘payib


borishi Ы1лн erkin fuqarolar orasida
jismoniy mehnat qilish past ish qo'lga xos
mcluiat degan tushuncha keng tarqala
boshladi. Arxaik ilnvridayoq zodagonlar ish
haqi uchun kundalik og'ir ishga nnfr.it lunib
qaradilar. Er.aw.V asrga kelib, bunday
qarash aholining cikin qatlamlarining
ichida uchratish mumkin edi.
Afina demokratiyasi

Afina demokratiyasi deganda 20 yoshdan katta,


erkin tug'ilgan, to'la huquqli Afina erkaklari
uchun xos bo'lgan demokratiya to‘g‘risida so'z
borardi. Ular aholining ozchilik qismini tashkil
qilar edi. Siyosiy huquqlardan, qullardan
tashqari ayollar, boshqa viloyatlarda Afinaga
qochib kelganlar va Afinada yashab turib, erkin
bo‘lsa-da, fuqaroligi bo'lmagan meteklar
mahrum edi. Meteklar 100 mingga yaqin kishini
tashkil qilib, ular asosan savdo hunarmandchilik
bilan shug'ullanar edi.
Afina demokratiyasi

Polisning suveren hokimi — xalq yig'inini Afina fuqarolik


huquqiga ega bo'lgan soni ko'p bo'lmagan katta yoshli
erkaklar tashkil qilar edilar. Mansabdor shaxslar qur’a
tashlash yo'li bilan saylanar, faqat mansabga nomzodlar
afinalik bo'lishi ustidan nazorat qilinar edi. Arxont yoki
strateg vazifasini har qanday fuqaro bajarishi mumkin
degan tushuncha mavjud edi. Chunki barcha mansabdor
shaxslar yig'inda xalq irodasi va qonunlarini ifodalagan
holda tatbiq qilar edilar. Ularning funksiyasiga hech
qanday muhim vazifa kirmas edi. Oliy mansabdor
shaxslar — arxontlar hokimiyati oila va meros huquqiga
rioya qilishga g'amxo'rlik (arxont eponim) sakral vazifa
(arxont basilevs) sud jarayonlariga raislik qilish
(fesmofet) bilan cheklangan edi
Afina demokratiyasi

Arxont polemarx (qo'shin qo'mondoni) faqat


nomigagina qo'mondon bo'lib, amalda u chet elliklar
ustidan sud ishlarini amalga oshirar edi. Qurolli
kuchlarga urush va tinchlik paytida rahbarlik qilish 10
strategga tegishli edi. Ular qur’a tashlash yo'li bilan
emas, balki har bir nomzodga bevosita ovoz berish yo'li
bilan saylanar edilar. Mansabdor shaxslar faqat boshiga
mirta gulchambardan boshqa hech qanday hokimiyat
belgisiga ega emas edi. Bu uning hokimiyatini
cheklanganidan guvohlik berar edi. Ammo katta
bo'lmagan hokimiyatni ham suiiste’mol qilish mumkin
edi, shu sababli qonun bir kishini bir mansabga qayta
saylashni taqiqlar edi.
Afina demokratiyasi

Boshqaruv kollegial edi. Har bir felddan 10 strateg


saylanib, ko‘cha va inshootlarni holatini nazorat qilish
uchun 10 astinom bozor va tovarlar to'g'risida g‘amxo‘rlik
qilib sotuvchi va xaridor o'rtasidagi janjallamilO
agranomlar ajrim qilar edilar. Ijroiya hokimiyati har bir
felddan SO kishi saylanadigan 500 lar kengashipritanlar
qo'lida edi. Kengash xalq yig'iniga olib chiqiladigan
qarorlar loyihasini tayyorlar va mansabdor shaxslar
yordamida yig'in qarorlarini bajarar edi. Kengash jamoat
ishlarini tashkil qilish, konfiskatsiya qilingan mulkni
sotish, davlat saylagan komissiya orqali moliya ishlarini
nazorat qilish, kemalar qurilishi va otliq qo'shinlar, Afina
doimiy qo'shinini jangovar qobliyatini saqlash kabi ishlami
amalga oshirar edi
Afina demokratiyasi

Besh yuzlar kengashi boshqaruv masalalarini


tezkor hal qila olmas edi. Shu sababli har bir
feld o'zining 50 vakili- pritanlat orqali davlatni
yilni 1/10 qismida idora qilar edi. Pritanlar
kun davomida majlis qurganlar, ularning ...
qismi tunda qolgan. Kengash chet davlatlar
bilan yozishmalar olib borgan, elchilami qabul
qilgan. Har kun pritanlar tarkibidan qur’a
tashlash bilan kengash raisi saylanib, u davlat
xazinasini kaliti va muhrini olgan. U shu kun
xalq yig'ini bo'lsa, unga raislik qilgan
Afina demokratiyasi

ga raislik qilgan. Dastlab xalq yig'ini oyda


bir marta, keyinchalik oyda 4 marta
shaharning g'arbiy qismidagi qoyali terrasa
pniksda to'plangan. Yig'ilishlarda besh
yuzlar kengashi tayyorlagan qaror loyihalari
muhokama qilinib, so'zga chiquvchilar faqat
shu mavzudagina so'zlashlari mumkin edi.
Yig'ilish va ekklesiya « isagoriya»—so‘z
erkinligiga qat’iy rioya qilinar, qaysiki
«isotomiya*—mansablami egallashda tenglik
va «isonomiya* — qonunlar oldida tenglik
fuqarolarning siyosiy huquqlarini
poydevorini tashkil qildi.
Afina demokratiyasi

Afina davlati mehnat qobiliyatini yo'qotgan


fuqarolar va Vatan uchun jonini fido qilgan
fuqarolarning bolalari to'g'risida g'amxo'rlik
qilgan. Aksincha davlat uchun xavfli deb
hisoblangan fuqarolarni xalq yig'ini quvg'in qilishi
mumkin bo'lgan. Afina demokratiyasi ostrakizm
vositasi bilan obro'li, ta’sirga ega bo'lgan mashhur
fuqarolarni o'z yakka hukmronligini o'rnatishdan
xavfsirab, uni quvg'in qilgan. Xalq yig'ini
vakolatiga Afina fuqaroligiga qabul qilish,
meteklar ishi, chet davlatlaiga elchilar yuborish
kirgan. Urush vaqtida strateglar xalq oldida
o'zlari o'tkazgan urush harakatlari to'g'risida
hisobot berganlar, harbiy mag'lubiyat uchun hatto
strateglarni o'lim jazosiga hukm qilinish xavfi
kuchli bo'lgan
Afina demokratiyasi

Afinada mansabdor shaxslar katta hokimiyat va


obro'ga ega bo’lmaganlar, aksincha yig’inlarda
so’zga chiqishni biladigan, qonunlar loyihasini
qabul qilishga xalqni ko’ndira oladigan, hech
qanday mansabga ega bo’lmagan kishilar xalq
ishonchiga sazovor bo’lganlar. Ular demagoglar deb
atalgan. Afina davlati o’z fuqarolarining ma’naviy
barkamolligiga jiddiy e’tibor bergan. Fuqarolarni
teatrga kirish, bayramlarga ishtirok etish
imkoniyati yaratilgan. Tomoshalarga kambag’al
kishilarning kirishi uchun davlat teriokon – teatrga
kirish uchun ikki obol miqdorida pul to’lovini joriy
qildi. Perikl taklifi bilan joriy qilingan nafaqa oddiy
fuqaroga teatrga kirish imkonini berdi.
Afina demokratiyasi

Er. aw. VI—V asr boshlarida sport


musobaqalari zodagonlar uchun ko‘ngil
ochish bo‘lsa, Afina demokratiyasi uni oddiy
fuqarolami ham sport bilan
shug'ullanishlariga sharoit yaratishga harakat
qildi. Zallar, hammomlarga ega bo'lgan
gimnasionlar, mashq qiladigan ko'p sonli
palestralar har qanday Afina fuqarosi uchun
ochiq edi. Lekin boy afinaliklar vchun
gimnasion va palestalar alohida edi. Barcha
sport inshootlari davlat ixtiyorida edi. Sport
inshootlari ishini tashkil etish va boshqarish
xalq yig'ini tomonidan tayinlangan lavozim
safronist qo'lida edi.
Afina demokratiyasi

Sport Afinada kishini o'z-o'zini idora


boshqarishga o'rgatish, adolatli o'yin
qoidasiga rioya qilish, o'z ruhini ko'tarishga
xizmat qilishi kerak edi. Afinaliklar boshqa
yunonlar kabi ko'pgina yugurish bilan
(mash’ala yoki boshqa yuk bilan uzun
masofaga, to'la harbiy anjomda yugurish)
shug'ullanganlar. Shu bilan birga
aravalarda poyga, sakrash, nayza yoki disk
uloqtirish, qo'l jangi, kurash va kamondan
otish keng tarqalgan.
TAMOM
Foydalanilgan adabiyotlar:
Boynazarov F. A. Qadimgi dunyo tarixi. Т.: 2004. Арский Ф. H. Перикл. М., 1971.
Бергер А. К. Политическая мысль древнегреческой демократии. М.: 1966.
Бузескул В. П. Афинская демократия. Общий очерк. Харьков, 1920.
История древнего мира/Под ред. И. М. Дяконова, В. Д. Нероновой, И. С. Свенцицкой.
М., 1983, т. II, лекция 9.
Лурье С. Я. Эксплуатация афинских союзников.-Вестник древней истории, 1947, № 2.
Сахненко Л. А. Аристофан и афинские союзники.- Вестник древней истории, 1979, № 3.
R.Rajabov. Qadimgi dunyo tarixi. Toshkent – 2009 264-270-betlar

You might also like