Download as pptx, pdf, or txt
Download as pptx, pdf, or txt
You are on page 1of 24

MA’RUZA 10

YUKSAK SPORALI O’SIMLIKLARGA


TASNIF. MOXSIMONLAR.
QIRQQULOQSIMONLILAR.
Reja:
 I:Yuqori sporali o’simliklarning tiplari, tuban sporali
o’simliklardan farqi.

 II:Moxsimonlar tipining sinflari, tuzulishi, ko’payishi,


ahamyati.

 III: Qirqquloqsimonlar tipining sinflari, tuzulishi,


ko’payishi, ahamyati.
I:Yuqori sporali o’simliklarning tiplari, tuban sporali
o’simliklardan farqi.

 Tuban sporali o‘simliklarning jinsiy organlari bir hujayrali,sodda


tuzilgan.Tuban sporali o‘simliklar organlarga bo‘linmaydi. Yuqori sporali
o‘simliklarning ko‘pchilik vakillari organlarga bo‘linadi.Ba‘zi bir vakillari
organlarga bo‘linmaydi.Jinsiy organlari ko‘p hujayrali, murakkab
tuzilgan.Yuqori sporali o‘simliklarga 2 ta tip kiradi.

1.Moxsimonlar 2.Qirqquloqsimonlar
II:Moxsimonlar.
 Bu tipga yuqori sporali o‘simliklarning eng sodda tuzilganlari
kiradi.Shunday bo‘lsa ham ular tuban sporali o‘simliklarga nisbatan
yaxshi taraqqiy etgan bo‘ladi. Moxlar quruqlikda yashashga
moslashgan bo‘lsa ham ular asosan nam yerni yaxshi ko‘radi.
Moxlarni ariq bo‘ylarida, botqoqliklarda, zax yerlarda uchratish
mumkin. Moxlarning ba‘zi bir vakillari organlarga bo‘linmaydi.
Moxsimonlarning ko’payishi:
 Moxlarning jinsiy nasli yaxshi taraqqiy etgan. Jinsiy naslini gametofit
deyiladi. Jinssiz nasli yomon taraqqiy etgan. Jinssiz naslini sporofit
deyiladi. Moxlar 3 xil yo`lda ko`payadi.
1.Vegetativ 2. Jinsiy 3. Jinssiz
 Jinsiy va jinssiz ko`payish gallanib turadi. Oldin jinsli, so`ngra jinssiz
ko`payish bo`ladi.
 Jinsiy ko`payish natijasida spora hosil bo`ladi. Jinssiz ko`payganda
yangi o`simlik hosil bo`ladi.
Moxsimonlilar sinflari:

1.Jigarsimon moxlar 2. Poya va bargli moxlar


 Bularning ba`zi vakillarining tashqi  Ularda haqiqiy poya va barg bo`ladi.
ko`rinishi jigarga o`xshash bo`ladi. Poya va bargli moxlar moxsimonlar
Jigarsimon moxlar organlarga ichida eng ko’p tarqalgan sinf bo’lib
bo`linmagan. uning 95%ni tashkil etadi.
Jigarsimon moxlar:
 Jigarsimon moxlarga vakil qilib Marshansiyani olamiz. Morshansiya zax
yyeralarda , ariq bo`ylarida o`sadi. Uning tanasining tashqi ko`rinishi bargga
o`xshash bo`ladi. Tanasining pastki tomonidan, ya`ni epidyermisdan o`sib
chiqqan rizoidlar yordamida yyerga yopishib o`sadi. Marshansiyaning
ko`ndalang kesimida tashqi tomoni epidyermis bilan qoplangan. Epidyermisda
ustitsalar joylashgan . Ustitsaning ichkari tomonida havo kamyerasi bor.
Assimilyatsion hamda zapas oziq moddalarni to`playdigan to`qimalar
uchraydi.

1-ustitsa
2-havo kamyerasi Д-havo kamyerasi
Г-ustitsa
Marshansiyaning ko’payishi:

 Vegetativ ko`payish kurtaklar yordamida bo`ladi. Kurtaklar marshansiyaning


ustki tomoniga joylashgan. Kurtaklar shamol yordamida uzilib ketib, bu
uzilgan kurtaklardan marshansiya o`sib chiqadi. Ya`ni kurtaklar marshansiya
tanasiga aylanadi. Marshansiya bir jinsli ikki uyli o`simlik hisoblanadi . Bitta
marshansiya onalik nusxalar hisoblanadi. Otalik va onalik marshansiyalar bir-
birlaridan quyidagicha farq qiladi:
 Otalik marshansiyaning tanasining ustidan o`sib chiqqan plastinka kamroq
qirqilgan. Onalik nusxalaridagi plastinka ko`proq qirqilgan. Otalik
nusxalaridagi plastinka dastasi tuksiz va kaltaroq. Onalik plastinkaning
dastasi tukli bo`ladi. Otalik va onalik nusxalaridagi plastinkalar ichida jinsiy
organlar taraqqiy etadi. Otalik nusxalaridagi plastinka ichida bir nechta
yumaloq shaklda antyeridiya uchraydi. Onalik nusxalaridagi plastinka ichida
arxeginiyalar taraqqiy etadi.

1-Otalik ekzemplyari
2- Onalik ekzemplyari
Arxegoniya:
 Arxegoniya ikki qismdan ibborat :
 1. Arxegoniyaning bo`yni 2. Arxegoniyaning qorni
 Arxegoniyaning qornida tuxum hujayra taraqqiy etadi. Marshansiyaning jinsli
 ko`payishi yog`ingarchilik vaqtida suv yordamida sodir bo`ladi.
 Antyeridiyalar ishlab chiqargan spermatozoidlar (otalik nusxalaridagi) suvda suzib
 yuradi. Spermotazoidlar onalik nusxalaridagi arxegoniyaning uchiga kirib yopishadi.
 Natijada arxegoniyaning uchi yoriladi. Spermatozoidlarning kirishiga yo‘l
 ochiladi.Spermotozoidlar arxegoniyaning bo‘yni orqali kirib tuxum hujayrani
 otalantiradi.Otalanish bo‘lib o‘tgandan so‘ng embrion hosil bo‘ladi.Shu bilan jinsiy ko‘payish
 tugaydi va jinssiz ko‘payish boshlanadi.
 Sporogon avval arxegoniyaning qornida joylashgan bo‘ladi.Sporogon yorilgandan
 so‘ng uning bandi,arxegoniyani yorib chiqadi.Sporalar yorilgandan so‘ng sporogon ham
 yoriladi.Natijadajuda ko‘p sporalar va ellatyeralar chiqadi.
 Ellateralar –bu jinssiz hujayra.Sporalar qulay sharoitga tushib qolsa,o‘sa
 boshlaydi.Sporalar marshansiyaga aylanadi.Sporalar tashqi ko‘rinishi jihatidan bir xil bo‘lsa
 ham,fiziologik jihatdan har xildir.Bitta sporadan otalik marshansiya o‘sib chiqsa,2-sporada
 onalik marshansiya o‘sib chiqadi.Marshansiya oldin jigar kasalligiga ishlatilgan.Hozir esa
 meditsinada ishlatiladi
1-Otalik nusxalarining 2-Onalik nusxalarining 3-ustitsa (tepadan kurinishi)
4- otalik nusxalarining ko’ndalang kesimi; anteridiyaga tulgan anteridiya
bo’shlig’i 5- anteridiy 6-onalik nusxalarining arxeginiyalar to’plami
7- Arxegoniya va uning ichidagi tuxum xujayra 8-sporogon 9-sporalar va
ellateralar
Poya va bargli moxlar:
 Poya va bargli moxlarda haqiqiy poyasi va bargi bor.
 Ildizi bo‘lmaydi.Ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi.Bu sinfga vakil qilib
―Kakku zig‘iri‖ni olamiz. Kakku zig‘iri MDHning o‘rmon zonasida, ba‘zan
botqoqliklarda o‘sadi. Bo‘yinning uzunligi 40 sm gacha boradi. Bargi
ko‘ndalang kesimida tashqi tomondan epidyermis bilan qoplangan. Bargida
mexanik va assimilyatsion to‘qimalarni uchratish mumkin.
 Barg poyali moxlar sinfi 3ta tartibni o`z ichiga oladi :

1.Yashil moxlar. Sfagnum moxlar. 3. Andrea moxlari


(Bryales) (Sphagnales) (Andreales)
Yashil moxlar:
 Yashil moxlar tartibiga kakku zig`iri va Respublikamizda uchraydigan Funariya
moxi kiradi. Kakku zig`iri ikki uyli, ko`p yillik o`simlik bo`lib poyasi tik
o`suvchi qizg`ish rangda bo`ladi . Funariya ham boshqa moxlar kabi o`rmon
zonalarida o`sadi. Uning bargi poyasiga zich o`rnashgan bo`lib bo`yi 3 sm ga
teng. Poyasi och-yashil rangli bo`lib yashil gilamlar tashkil qiladi poyaning
yyer osti qismida rizoidlar ko`p bo`ladi. Kakku zig‘irida haqiqiy poya va barg
bor, ildiz bo‘lmaydi, ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Kakku zig‘iri uch
xil yo‘lda ko‘payadi.

Funariya Kakku zig’iri


Kakku zig’iri ko‘payishi:

 Kakku zig‘iri uch xil yo‘lda ko‘payadi.


 1.Vegetativ 2.Jinsli 3.Jinssiz
 Vegetativ ko‘payish rizoidlar yordamida bo‘ladi. Oldin jinsli, so‘ngra
jinssiz ko‘payish bo‘ladi. Kakku zig‘iri marshansiyaga o‘xshash bir jinsli,
ikki uylik o‘simlik hisoblanadi. Bitta nusxalarda arxegoniyalar taraqqiy
etadi. Bitta nusxalarda anteridiya taraqqiy etadi. Onalik kakku
zig‘irining bo‘yi uzun, otalik kakku zig‘irining bo‘yi bir oz kaltaroq
bo‘ladi. Otalik nusxalarida antyeridiyalarni o‘rab turgan qizil bargchalar
parafizalar bo‘ladi. Bu qizil bargchalarni perianti deyiladi. Anteridiya
uzun xaltachaga o‘xshash bo‘ladi. Antyeridiyalar ikki xivchinli ,
harakatchan spyermatazoidlarni vujudga keltiradi. Arxegoniyaning shakli
kolbaga o‘xshash bo‘lib ular ham parafizalar bilan o‘ralgan. Otalanish
protsesi suvning yordamida bo‘ladi. Suvda suzib yurgan
spyermatozoidlar kelib arxegoniyaga yopishadi. Bo‘yni orqali
kirib,tuxum hujayrani otalantiradi. Natijada embrion paydo bo‘ladi.
Embrion ko‘p hujayrali sporogonga aylanadi. Sporogon band tashkil
etadi. Shu holicha u qishlaydi. Kelgusi yili sporogon bandi cho‘zilib ketib
,poyadagi bargdan uzoqlashadi. Sporogonning yuqori tomonida
Bu qalpoqcha sporogonni sovuqdan va issiqdan saqlaydi.Bu qalpoqchalar
bahorda tushib ketadi. Qalpoqcha ostidagi qalpoqcha esa sporogonning ichki tomonini
yopib turadi. Sporogon ichida sporangiya hujayralari taraqqiy etadi. Sporongiya
hujayralarining reduksion bo‘linishi natijasida sporalar vujudga keladi.
Sporalar etilgandan so‘ng sporongiya devoriy yoriladi. Sporogonning qopqoqchasi ochilib,
sporolar tarqalib ketadi. Sporalar juda mayda, sariq rangli bo‘ladi. Sporalar qulay joyga
tushib qolsa, kakku zig‘iriga aylanadi.
Sporalar fiziologik jihatidan har xil. Bitta sporadan otalik kakku zig‘iri, ikkinchi sporadan
onalik kakku zig‘iri vujudga keladi
TORF HOSIL QILUVCHI MOXLAR:
 Sfagnum bir-biriga o‘xshash bo‘lgan 300 dan ortiq turga ega. Asosan u MDH
ning shimol va g‘arbida, minyeral moddalari kam bo‘lgan suvlarida, nam va
botqoqliklarda o‘sadi. Tarkibida Ca tuzlari bor suvga chidayolmaydi.
Shuning uchun ham ohakli tuproqda o‘smaydi. Sfagnum namlikmimg 99% ini
o‘ziga shimib. Natijada sfagnum o‘sgan yer botqoqlikka aylanadi.
Sfagnumning yuqori tomoni asta sekin o‘sib boraveradi. Pastki tomoni esa asta
sekin qurib boradi. Natijada qurigan tomoni yig‘ilib torf botqoqligiga aylanadi.
Torf bakteriyalarini o‘ldirish hususiyatiga ega. Shuning uchun u tibbiyotda yara
bog‘lovchi material ya‘ni paxta sifatida ishlatiladi. Torf yoquv ashyosi, hamda
o‘g‘it sifatida qo‘llaniladi.
III:QIRQQULOQSIMONLAR TIPI.
 Qirqquloqsimonlar toshko‘mir davrida yer yuzida ko‘p tarqalgan
o‘simlik hisoblanadi.U davrda daraxtsimon paporotniklarning juda
katta o‘rmonlari bo‘lgan.Bu daraxtlarning balandligi 20-30m
bo‘lgan.Yyerdan qazib olingan bu o‘simliklarning toshga aylangan
qoldiqlari va ularning tosh ko`mir davrining o`simligi ekanligini
bildiradi. Hozirgi vaqtda ham Avstraliya, Yangi Zelandiya , Braziliya
mamlakatlarida o`sadigan tuzilgan turlari uchraydi. Bularning tashqi
ko`rinishi palmaga o`xshaydi. Qirqquloqsimonlilar moxlardan shu
bilan farqlanadiki, ularning sporofit nasli yaxshi taraqqiy etgan.
Moxsimonlarda ildiz bo`lmaydi, qirqquloqsimonlilarda haqiqiy ildiz
bo`ladi. Qirqquloqsimonlilar quruqda o`ssa ham , ular soya salqinni
yaxshi ko`radi. Qirqquloqsimonlilar orasida suvda o`sadigani ham
uchraydi.
 Masalan: suv qirqqulog`i. Qirqquloqsimonlilarning o`tkazuvchi
to`qimalari yaxshi taraqqiy etgan. Ularda floema va ksilema
elementlarini ko`rish mumkin. O`tkazuvchi to`qima elementlari
konsentrik, yani ksilema markazida joylashgan.
Qirqquloqsimonlilar sinflari:
 Qirqquloqsimonlilar 3 sinifga bo`linadi:
 1. Qirqquloqlar 2. Qirqbo`g`inlar 3. Plaunlar

 Qirqquloqsimonlarning turlari 8000 dan oshadi. Qirqquloqlar yyer sharining cho`l zonasidan
tashqari hamma yyerida tarqalgan. Havosi nam bo`lgan joylarda , o`rmonlarda, ba`zilari
tog`li joylarda o`sadi. Ba`zi qirqquloqlar madaniy o`simliklar orasida begona o`t sifatida
uchraydi.
 Masalan: Gruziyada choy plantatsiyasida orlyak deb atalgan qirqquloq uchraydi. Uning
bargi shu darjada katta bo`ladiki, odam ko`rpa o`rnida yopib yotsa bo`ladi.
Qirqquloqlarning urug`langan tuxum hujayrasidan vujudga kelganva rivojlangan sporafit
moxlarnikiga nisbatan ancha yirik, tashqi va ichki tuzilishi ham murakkab bo`lib, unda
barg, poya va ildiz bo`ladi. Ba`zi qirqquloqlarning sporafiti ancha yirik bo`lib, tashqi
Qirqquloqlar:
 Qirqquloqlarning urug`langan tuxum hujayrasidan vujudga kelgan va
rivojlangan sporafit moxlarnikiga nisbatan ancha yirik, tashqi va ichki tuzilishi
ham murakkab bo`lib, unda barg, poya va ildiz bo`ladi. Ba`zi
qirqquloqlarning sporafiti ancha yirik bo`lib, tashqi ko`rinishidan gulli
o`simliklarga o`xshaydi.
Qirqbo`g`imlar:
 Qirqbo`g`inlar poyasida bo`g`im va bo`gim oraliqlari bo`lishi bilan xarakterlidir.
 Bo`g`imida mayda reduksiyalangan barglar bo`ladi. Qirqqbo`g`inlar ariq bo`ylarida,
nam yerlarda , madaniy o`simliklar orasida begona o`t sifatida uchraydi. O`rta
Osiyoda o`sadigan vakillaridan biri dala qirq bo`g`imi (Equisetum arvense) dir. Dala
qirqbo`g`imining ildizpoyasida tugunaklar bo`lib, yoz davomida zapas oziq moddalar
(krahmal) saqlashga moslashgan.
Dala qirqbo`g`imining ko’payishi:
 Dala qirqbo`g`imi yoz faslida 2 xil novda chiqaradi. yerta bahorda qoramtir-
to`q jigarrangli novda o`sib, bo`yi 8-12 sm ga etadi. Bu tik o`suvchi bahorgi
novda oziq moddalar bilan to`yingan bo`lib, ularning poyasi bo`g`im va
bo`g`im oraliqlarga bo`linganligi bilan xarakterlidir . Har qaysi bo`g`mda
tangacha simon, nishtarga o`xshash reduksiyalangan burglar joylashadi. Yozgi
novdalar yashil rangda bo`lib, asosan,assimlyatsiya qilishga moslashgan.
Qirqbo`g`im o`simligida ham gallanib ko`payish kuzatiladi. Sparangiylar
sporali boshoqchalarida 6-8 tadan joylashadi. Sporangilar ichida ko`p
miqdorda elaterali sporala pishib yetilgandan so`ng, tashqariga chiqib
sochiladi. Spora to`q yashil rangli shar simon hujayradan iborat bolib, qalin
po`st bilan o`raladi, uni spiral shaklda o`ralgan 2 ta tasma elaterlar o`rab
turadi. Bir xil sporalar o`sib urg`ochi gametofit, 2 xillari esa erkak gametafit
hosil qiladi. Urg`ochi o`simta ancha yirik bo`lib, unda arxegoniya etiladi.
erkak o`simta mayda bo`lib,unda anteridiy hosil bo`ladi. Otalanish suv
yordamida bo`ladi. Otalangan tuxum hujayralardan zigota, undan esa yangi
qirqbo`g`im hosil bo`ladi.
Plaunsimonlar:
 Plaunlarning poyasi dixatomik ravishda shoxlanishi bilan boshqa sinflardan
farq qiladi.Plaunsimonlarga uncha katta bo`lmagan ko`p yillik yashil o`tlar,
poyasining uzunligi 1-3 metrgacha etadigan yer bag`irlab o`sadigan
o`simliklar kiradi. Plaunsimonlarda sporafit nasl ustun bo`ladi.
Plaunsimonlarning ko’payishi:
 Jinssiz ko`payish sporalar yordamida , jinsiy ko`p ayish jinsiy organlar
yordamida bo`ladi. Plaunsimonlilarda oldin jinssiz , so`ngra jinsiy ko`payish
bo`ladi. Moxlarda aksincha bo`ladi. O`simtalar bir uyli ikki jinsli yoki ikki uyli
bir jinsli bo`lishi mumkin . Otalanish protsessi yog`ingarchilik vaqtida
bo`ladi. Otaslangan tuxum hujayradan jinssiz nasl- sporafit o`sib chiqadi.
Sporafit – bu ildiz , poya, bargli haqiqy o`simlikdir. Jinssiz nasli – sporofitda
sporangiya hujayralarining reduksiyon yo`lda bo`linishi natijasida sporalar
hosil bo`ladi. Sporalar shamol yardamida tarqaladi. Agar sporalar bir xil
bo`lsa undan ikki jinsli o`simta o`sib chiqadi. Sporalar har xil bo`lsa ikki uyli
bir jinsli o`simta o`si chiqadi. Sporalar katta va kichik bo`lishi mumkin.
Kichik sporalarni mikrospora, katta sporalarni makrospora deyiladi.
Mikrosporalar mikrosparangiyalarda makrosporalar esa makrosporalarda
taraqqqiy etadi. Mikrosporadan otalik o`simtasi o`sib chiqadi. Bu otalik
o`simtada antyeridiyalar taraqqiy etadi. Makrosporadan onalik o`simtasi o`sib
chiqadi. Unda arxegoniyalar taraqqiy etadi. O`rmon qirqqulog`ining ildiz
poyasidan gijja haydaydigan ekstrakt tayyorlanadi. Qirqbo`g`imning poyasi
siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Apteka plaunning sporasi detskaya
pudra va pilyula tayyorlashda , bir-biriga yopishib qolmasliga uchun sporadan
sepiladi. Og`ir sanoatda metallarni quyishda , qolipga sporasi solib qo`yiladi.
1-etilgan o’simlik 2-sporofill 3-sporangiy
4-sporalar 5-gametofit 6-antiridiy
7-spermatazoidlar 8-arxegoniy
9-tuxum xujayra 10-zigota 11-o’simta

You might also like